Qattiq disk - rasmi

Material tavsifi

Qattiq disk Reja: 1. Qattiq disklardagi jamlagichlarning asosiy komponentlari va ko'rsatkichlari 2. Qattiq disklardagi jamlagichlarning ishlash tamoyili 3. Diskni bo'lish va formatlash 4. Windows oilasi operatsion tizimlarining fayl tizimlari 5. Partition Magic dasturi yordamida yangi bo'limlar yaratish 6. Qattiq diskni o'rnatish Qattiq magnit disklardagi jamlagich (QMDJ) yoki vinchester hamda HDD (Hard Disk Drive) kompyuterlar diskli xotirasining asosiy qurilmasi hisoblanadi. Protsessor va tezkor xotira bilan birgalikda vinchester kompyuterning quvvatini belgilaydi. Undan katta hajmli (o'nlab va yuzlab Gigabayt) axborotni saqlash, kam vaqtda ega bo'lish (millisekund birliklar), ma'lumotlarni uzatishning katta tezligi (sekundiga o'nlab-yuzlab megabayt), yuqori ishonchlilik, o'rtamiyona narxlar va bir qator foydali xususiyatlar talab qilinadi. Egiluvchan disklardan (disketa) farqli ravishda, ularni bukib bo'lmaydi, shuning uchun qattiq disk nomi kelib chiqqan. Ko'pchilik qurilmalarda ular yechilmaydigan bo'ladi, shuning uchun ham ba'zida bunday jamlagichlarni qayd qilingan (fixed disk) jamlagichlar deb ataladi. 1. Qattiq disklardagi jamlagichlarning asosiy komponentlari va ko'rsatkichlari Qattiq disklardagi jamlagichlarning ko'plab har xil turlari mavjud, lekin deyarli ularning hammasi bir xil asosiy bog'lamalardan tashkil topgan. Bu bog'lamalarning konstruksiyasi, shuningdek, qo'llanilayotgan materiallar sifati turli xil bo'lishi mumkin, lekin ularning asosiy ishchi tavsiflari va ishlash tamoyillari bir xil. Qattiq disklardagi jamlagichlar tipik konstruksiyasining asosiy elementlariga (1-rasm) quyidagilar kiradi: disklar; o'qishyozish moslamalari; kallak uzatmasi mexanizmi; disk uzatmasi dvigateli; boshqaruv sxemali bosma plata; G'ilofning yuqori qismi Disklar Shassi O'qishyozish moslamalari 1-rasm. Qattiq diskdagi jamlagichlarning asosiy bog'lamalari. razyom va kabellar; - konfiguratsiya elementlari. Odatda, disklar disklar uzatmasi dvigateli, kallaklar va kallaklar uzatmasi mexanizmi hda (Head Disk Assembly - disklar va kallaklar bloki) deb nomlangan germetik g'ilofda joylashadi. Bu blok yagona bog'lamadek qaralib, uni hech qachon ochishmaydi. HDA blokiga kirmaydigan boshqa bog'lamalar (bosma plata, old panel, konfiguratsiya elementlari va montaj detallari) yechiladigan hisoblanadi. Qattiq disk ko'rsatkichini umumiy ko'rsatkichlarga, ichki tashkiliy ko'rsatkichlarga, tezlik va unumdorlik ko'rsatkichlariga ajratish mumkin. Umumiy ko'rsatkichlarga quyidagi ko'rsatkichlar kiradi: Formatlangan sig'im (formatted capacity) Gigabayt (Megabayt) o'lchanadi va saqlangan foydali axborotning hajmini, ya'ni barcha foydalaniladigan sektorlarning ma'lumotlar maydoni yig'indisini ifodalaydi. Formatlanmagan sig'im (unformatted capacity) xizmat axboroti (sektorlar sarlavhasi, ma'lumotlar maydonining nazorat kodlari) bilan birga diskning barcha treklariga yoziladigan maksimal bitlar sonini ifodalaydi. Formatlangan va formatlanmagan sig'imlarning o'zaro nisbati trek formati (sektor o'lchami) bilan aniqlanadi. Amalda faqat disk sektorining standart o'lchami (512 bayt) uchun ko'rsatiladigan formatlangan sig'im qiziqtiradi, ba'zida esa foydalaniladigan sektorlar soni ko'rsatiladi. Shpindel aylanish tezligi (spindle speed) minutiga necha marotaba aylanishi (Revolutions Per Minute, RPM) bilan o'lchanadi va qisman unumdorlik (ichki tezlik) to'g'risida fikr yuritishga imkon beradi. Keng qo'llanilgan qattiq disklar uchun bir necha yillar oldin 3600 ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 2.7 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:23 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 2.7 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga