Qism dasturlar - rasmi

Material tavsifi

Qism dasturlar R e j a: 1.Kirish. 2.Protseduralar. 3.Funksiyalar. 4.Ayrim nostandart protsedura va funksiyalar. 5.Nazorat savollari. 1.Kirish Dasturlash jarayonida shunday holatlar bo'ladiki, bir xil operatorlar ketma-ketligini dasturning bir necha joylarida takroran yozishga to'g'ri keladi. Bunday takrorlanishni yo'qotish maqsadida dasturlashning ko'pgina tillarida qism dastur tushunchasi kiritilgan. Ular mustaqil dastur bo'lagi sifatida dasturning bosh qismida bir marotaba yoziladi. Paskal tilida qism dastur protsedura yoki funksiya ko'rinishida beriladi. Asosiy dastur bilan protsedura orasida o'zgaruvchilar qiymat almashuvi formal va faktik parametrlar yordamida amalga oshiriladi. Protsedura ichida yana bir necha protsedura yoki funksiya ishlatilishi mumkin. Dasturda elon qilingan o'zgaruvchilar, shu dasturdagi protsedura va funksiyalarga nisbatan global deyiladi. Protsedura va funktsilar ichida elon qilingan o'zgaruvchilar lokal deyiladi. Ularning ta'sir doirasi shu qism dastur ichida bo'ladi. 2.Protseduralar Protseduralarni elon qilish quyidagicha bo'ladi. Procedure (); Begin End; Formal parametrlarni shu protsedura bosh qismida yoki sarlavhada elon qilish mumkin. Masalan. Procedure AB (x,y: Real); Har qanday protsedurani kichik bir dastur deb qarash mumkin. Protsedura ham dasturga o'xshab bosh va asosiy qismlardan toshkil topadi. Bosh qismda protsedura nomi va uning parametrlari elon qilinadi. Asosiy qism operatorlar ketma-ketligidan tashkil topgan bo'lib, ular Begin - End ichiga olinadi. Protsedura nomi foydalanuvchi tamonidan beriladi. Misol. Procedure Dr(Var x,h1,h2,z1,z2 : Real); Var h,z: Real; Begin h:=h1z1+h2z2; z:=z1z2; x:=(h+z)2; End; Bu protsedurada h1,z1,h2,z2 parametrlar qiymati protseduraga murojat qilinganda aniqlangan bo'lishi kerak. Natijani esa x- parametr uzatadi. h va z o'zgaruvchilar ichki o'zgaruvchilardir. Bu protseduraga dasturdan quyidagicha murojaat qilinadi Dr(x,h1,h2,z1,z2). Protseduraga murojaat qilinganda mos parametrlar qiymati bir biriga uzatiladi. Beriladigan formal va faktik parametrlar soni teng va ular turlari bir xil bo'lishi shart. Lekin parametrlar nomlari har xil bo'lishi mumkin. 3.Funksiyalar Funksiyalardan foydalanish va ularni tashkil qilish xuddi protsedura kabi bo'lib, u quyidagicha bo'ladi: Function ():; Begin End; Funksiyaning protseduradan farqi, unga murojat qilinganda natija faqat bitta bo'lib, u shu funksiya nomiga uzatiladi. Misol 1. Quyidagi hisoblashni funksiyani ishlatgan holda dasturini tuzing. . Program Kol; Var ncm:Real; n,m,i: Integer; Function Fact (k: Integer): Integer; Var P,i: Integer; Begin P:=1; For i:=1 to k do P:=P*i; Fact:=P; End; Begin Read(n,m); l:=n-m; ncm:=Fact(n)Fact(m)Fact(i); Write('ncm=',ncm); End. Misol 2. Quyidagi hisoblashni protsedurani ishlatgan holda dastursini tuzing. . Program Fun1; Var a,b,z,c,d,t1,t2,t3: Real; Procedure Th(Var x,r: Real); Var c: Real; Begin c:=exp(2.0*x); r:=(c-1)(c+1); End; Begin Read(a,b); th(a,t1); c:=a-b; th(c,t2); d:=Sqr(a)-Sqr(b); th(d,t3); z:=(t1+Sqr(t2))Sqrt(t3); Write('z=',z:10:3); End. 4.Ayrim nostandart protsedura va funksiyalar Paskal tilida bir ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.6 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.6 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga