MUNDARIJA I. KIRISH. II. ASOSIY QISM. Massivlar tushunchasi. Massiv elementlarini saralash va saralash usullari haqida. Quicksort saralash algoritmi. II. XULOSA. IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA TA'LIM SAYTLARI RO'YXATI. Kirish Dastur so'zi ham komandalarning alohida blokini (berilgan kodini) aniqlovchi so'z, ham yaxlit holdagi bajariluvchi dasturiy mahsulotni belgilovchi so'z sifatida ishlatiladi. Dasturlashga talabni o'zgarishi nafaqat tillarning o'zgarishiga balki uni yozish texnologiyasini ham o'zgarishiga olib keldi. Dasturlash evolyusiyasi tarixida ko'pgina bosqichlar bo'lishiga qaramay biz bu kursimizda protsedurali dasturlashdan obyektlarga mo'ljallangan dasturlashga o'tishni qaraymiz. Keyingi yillarda amaliy dasturchilarga juda ko'p integratsion dastur tuzish muhitlari taklif etilayapti. Bu muhitlar u yoki bu imkoniyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Aksariyat dasturlashtirish muhitlarining fundamental asosi C++ tiliga borib taqaladi. Vaqt o'tishi bilan dasturchilar oldiga quyilgan masalalar o'zgarib boryapti. Bundan yigirma yil oldin dasturlar katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash uchun tuzilar edi. Bunda dasturni yozuvchi ham, uning foydalanuvchisi ham kompyuter sohasidagi bilimlar bo'yicha professional bo'lishi talab etilardi. Hozirda esa ko'pgina o'zgarishlar ro'y berdi. Kompyuter bilan ko'proq uning apparat va dasturiy ta'minoti, haqida tushunchalarga ega bo'lmagan kishilar ishlashyapti. Kompyuter odamlar tomonidan uni, chuqur o'rganish vositasi emas, ko'proq o'zlarining oldilariga qo'yilgan, o'zlarining ishlariga tegishli bo'lgan muammolarini yechish instrumenti bo'lib qoldi. Foydalanuvchilarning ushbu yangi avlodini dasturlar bilan ishlashlarini osonlashtirilishi bilan bu dasturlarning o'zini murakkabligi darajasi oshadi. Zamonaviy dasturlar - foydalanuvchi bilan do'stona munosabatni yuqori darajada tashkil qiladigan ko'p sondagi oynalar, menyu, muloqot oynalari va vizual grafikaviy muhitlardan tarkib topgan interfeysga ega bo'lishi lozim. Massivlar tushunchasi. Ko'p hollarda, bir necha sonlarni yoki o'zgaruvchilarni bitta nom ostida tizib chiqishga to'g'ri keladi. Buning uchun quyidagicha tartibda ish bajariladi. Bu sonlar bitta to'plamga (massivga) tizib chiqiladi va unga biror nom beriladi. Bu to'plam (massiv)ga kirgan har bir o'zgaruvchi massivning elementi deb yuritiladi. Massivning elementlari massivda tizilgan o'rniga qarab nomerlab chiqiladi va bu nomerlar massiv elementlarining indeksi deb yuritiladi. Massivga murojaat qilinayotganda, massiv nomi ko'rsatiladi va uning yoniga [] qavslar ichiga bu massivning jami elementlar soni ham yozib qo'yiladi. Massivga kirgan har bir o'zgaruvchi ham massiv nomi bilan yuritiladi va nom yoniga uning bu massivdagi tartib raqami ham yozib qo'yiladi. Massivlardan dastur tuzishda foydalanish uchun ularni dastlab e'lon qilish va kerak bo'lsa massiv elementlarini initsalizatsiya qilish, ya'ni tavsiflash kerak bo'ladi. Massiv e'lon qilinganda, kompilyator elementlar soniga teng miqdorda xotiradan joy ajratadi. Masalan, char tipidagi o'zgaruvchili, m nomli massiv quyidagicha e'lon qilinadi: Massivlar dasturlashda eng ko'p qo'laniladigan ma'lumot turlari hisoblanadi. Bundan tashqari ma'lumot tuzilmalari turlicha o'zgaruvchilardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Bunday ma'lumot tuzilmasi klass deb nomlanadi. Masalan bunday tuzilmada ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:13:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
426.07 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:13 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
426.07 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:23 ]
Arxiv ichida: docx