Radioaloqa reglamentiga ajratilgan chastotalar diapazonlari

Radioaloqa reglamentiga ajratilgan chastotalar diapazonlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Radioaloqa reglamentiga ajratilgan chastotalar diapazonlari - rasmi

Material tavsifi

Darsning maqsadi: Talabalarda radioaloqa Reglamentiga asosan ajratilgan chastotalar diapazonlari haqida batafsil tasavvur hosil qilish; mazkur bilimlarni mustaqil tahlil qilishga ko'maklashish; yoshlar o'rtasida sog'lom ma'naviy va tarbiyaviy muhitni shakllantirish. Tushunchalar va tayanch so'zlar: Reglament,chastota diapazoni Asosiy savollar: 1. O'ta uzun to'lqinlar 2. Radio chastotalar klassifikatsiyasi Radioaloqa Reglamentiga ajratilgan chastotalar diapazonlari. Har bir radioaloqa liniyasiga malum radio chastota polosasi ajratiladi. Bu polosaning o'rtacha chastotasi nominal chastota hisoblanadi. Radioaloqani xalqaro tartiblanishiga binoan radio chastotalar 9ta diapazonlarga bo'linadi va 4dan 12gacha nomerlanadi. N nomerli diapazon pastdan 0,310N Gts va yuqoridan 310N Gts chastota bilan chegaralangan. Diapazon nomeri oshishi bilan uni kengligi (polosasi) kengayishiga etibor qaratish lozim, u quyidagicha bo'ladi: № 4 uchun 30 - 3 = 27 kGts; № 12 uchun 300 - 300 = 2700 GGts. Yangi radioaloqa liniyasini ochish uchun, har bir alohida holat uchun malum talablarni hisobga olgan holda ishchi chastota tanlanadi. Xabarni uzatish joyidan qabul qilish joyiga ko'chirish uchun tanlangan chastota ishlatiladi va u tashuvchi chastota deyiladi. Radioto'lqinlar tarqalishinig asosiy qonunlari Bir jinsli (izotrop) muhitda to'lqin to'g'ri chiziq bo'ylab va o'zgarmas tezlik bilan tarqaladi: V q const. Har xil dielektrik doyimiylikli muhitlarning, biridan ikkinchisiga radio to'lqin o'tayotganda muhitlar chegara chizig'ida to'lqin akslanishi va uning sinishi yuz beradi (1.1-rasm). Ixtiyoriy qabul qilish joyiga to'lqinlar ikki yo'l bilan kelishi mumkin: yer yoki sirt to'lkini va fazoviy yoki osmon to'lqini (1.2-rasm). Radioto'lqinlar difraksiya qonuniga bo'ysunadi, yani to'lqin uzunliklari o'lchamiga yaqin bo'lgan to'siqlarni aylanib o'tishi mumkin. Radioto'lqinlar tarqalayotganda refraksiya qonuniga bo'ysunadi, yani to'lqin har xil dielektrik singdiruvchanlikka ega bo'lgan muhitlardan o'tishida uning traektoriyasi (izi) egilishi yuz beradi. Radioto'lqinlar tarqalayotganda, ularda interferensiya yuz berishi mumkin, yani har xil fazali tebranishlar bir-biriga qushiladi. Radioto'lqinlar ionosfera qatlamidan sochilib qisman qaytadi, bunda energiyani malum qismi nurlanish manbaiga qaytadi (Kabanov effekti). Radioto'lqinlar difraksiya qonuniga bo'ysunadi, yani to'lqin uzunliklari o'lchamiga yaqin bo'lgan to'siqlarni aylanib o'tishi mumkin. Radioto'lqinlar tarqalayotganda refraksiya qonuniga bo'ysunadi, yani to'lqin har xil dielektrik singdiruvchanlikka ega bo'lgan muhitlardan o'tishida uning traektoriyasi (izi) egilishi yuz beradi. Radioto'lqinlar tarqalayotganda, ularda interferensiya yuz berishi mumkin, yani har xil fazali tebranishlar bir-biriga qushiladi. Radioto'lqinlar ionosfera qatlamidan sochilib qisman qaytadi, bunda energiyani malum qismi nurlanish manbaiga qaytadi (Kabanov effekti). Nazorat savol va topshiriqlar: 1. Qisqa radio to'lqinlar diapazoni 2. O'ta uzun to'lqinlar diapazoni 3. Metrli to'lqinlar diapazoni 4. O'rta to'lqinlar diapazoni 5. Millimetrli to'lqinlar diapazoni 6. Detsimillimetrli to'lqinlar diapazoni Mustaqil ish topshiriqlari: 1. «Radio-reley liniyalarini qurish» mavzusida referat 2 « Radio chastotalar klassifikatsiyasi » mavzusida referat Tavsiya etiladigan qo'shimcha adabiyotlar: 1. L.G. Morduxovich. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 82.33 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:23 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 82.33 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga