Darsning maqsadi: -Talabalarda mobil radioaloqani tashkil etish asoslari va negizlari haqida batafsil tasavvur hosil qilish; -mazkur bilimlarni mustaqil tahlil qilishga ko'maklashish; -yoshlar o'rtasida sog'lom ma'naviy va tarbiyaviy muhitni shakllantirish. Tushunchalar va tayanch so'zlar: Radioaloqa, modulyator, detektor, simpleks, dupleks va retranslyator. Asosiy savollar: 1. Radioaloqani tashkil etish asoslari 2. Radioaloqa liniyasi 3. Simpleks va dupleks aloqa turlari Radioaloqani tashkil etish tamoyillari 1.1 Radioaloqa asoslari Kirish Radioaloqa deb, xabarni simsiz elektromagnit to'lqinlarni nurlatish asosida uzatishga aytiladi. Radioni birinchi bo'lib A.S. Popov kashf qilgan va u 1895 yil 7 mayda radiouzatishni amalga oshirgan. Hozirgi kunda radioaloqa orqali kuniga juda katta axborot mambalari uzatiladi. Kemalar, samolyotlar, ekspeditsiyalar, qutb stansiyalari bilan bog'lanish uchun radioaloqaning roli juda katta, chunki bu obyektlar bilan aloqa faqat radioaloqa orqali amalga oshirilishi mumkin. Radioaloqaning eng sodda sxemasi 1.1-rasmda keltirilgan: 1.1-rasm. Bunda 1 - axborot (informatsiya) manbai; 2 - xabarni elektr signalga aylantiruvchi blok; 3 - radiouzatish qurilmasi (RAQ); 4 va 5 - uzatish va qabul qilish antenna-fider qurilmalari (AFQ); 6 - radioqabul qilish qurilmasi (RQQ); 7 - elektron signalni dastlabki xabarga aylantirish (o'zgartirish) bloki; 8 -axborot iste'molchisi (oluvchisi); Uzatgich, uzatish antennasi, to'lqin tarqalish muhiti, qabul qilish antennasi va qabul qilgichdan iborat bo'lgan to'plam (kompleks) radioaloqa liniyasini hosil qiladi. 1-rasmda keltirilgan radio liniya bir tomonlama axborot uzatish imkonini beradi. Bunday sxema orqali radio eshitirish, televizion signalni uzatish, ob-havo axborotlarini uzatish, aniq vaqt signallarini uzatish va boshqa turdagi aloqalarni amalga oshirish mumkin. Uskuna ishlatilishini yaxshilash va radio liniyani o'tkazish qobiliyatini kattalashtirish uchun zichlashtirish apparaturasi qo'llaniladi. Bunday radio liniya ko'p kanalli deyiladi va u quyidagi ko'rinishda bo'ladi (1.2-rasm): 1.2-rasm. Bunda ZA - zichlashtirish apparaturasi; KBA - kanallarni birlashtirish apparaturasi; KAA - kanallarni ajratish apparaturasi. Bir axborot manbaidan axborot iste'molchisiga xabarni uzatishni ta'minlaydigan texnik vositalarning to'plamiga radioaloqa kanali deyiladi. Ikki punkt orasida axborot almashinish uchun ikki tomonlama radioaloqa tashkil qilinadi, bu bir-biriga yo'naltirilgan bir tomonlama aloqa uskunasini ikki usul bilan amalga oshirish mumkin: simpleks va dupleks (1.3-rasm). Ikkala uzatgich bir xil chastotada ishlaydi va qabul qilgichlar ham bir xil shu chastotaga sozlangan. Bunday holatda radioliniya bir vaqtning o'zida ikkita yo'nalish bo'yicha ishlay olmaydi. Ishlash galma-gal yo'nalishlarning biri bo'yicha amalga oshiriladi. Bunday aloqa simpleks aloqa deb ataladi. Uzatgichlar har xil chastotada ishlaydi, shunga muvofiq qabul qilgichlar ham har xil chastotalarga sozlangan. Bu holatda radioliniya bir vaqtning o'zida ikkala yo'nalish bo'yicha ishlashi mumkin. Bunday aloqa dupleks aloqa deb ataladi. Retranslyator shunday qurilmaki, u radiosignalni qabul qiladi va keyingi qabul qiluvchi stansiyaga uzatadi. Koinotdagi Yerning sun'iy yo'ldoshiga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:13:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.43 MB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:23
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:13 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.43 MB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:23 ]
Arxiv ichida: ppt