RADIOTO'LQINLARNI UZATISh VA QABUL QILISh NI O'RGANISh Kirish I-BOB. RADIO TO'LQINLARINI XARAKTYeRLOVChI ASOSIY FIZIK KATTALIKLARNING TAHLILI. 1.1-§ Elektromagnit to'lqinlarning kashf etilish tarixi va fizikaviy asoslari 1.2-§ Radioto'lqinlarini uzatish va qabul qilishning tarkibiy sxemasi 1.3 § Radioto'lqinlarning tarqalishi va radioto'lqinlarning diapazonlari hamda xossalari 1.4-§ Radioto'lqinlariga oid tushunchalarning fizika o'quv dasturi va darsliklardagi holati II. BOB O'RTA MAXSUS TA'LIM TIZIMIDA RADIOTO'LQINLARGA DOIR TUShUNChALARNING ShAKLLANTIRISh. 2.-1. § O'quvchilarda radioto'lqinlarning tarqalishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni shakllantirish. 2.-2. § Radioto'lqinlarning tarqalishiga doir tushunchalarning shakllantirish yo'llari. 2.3-§ O'quvchilarning «radioto'lqinlarni tarqalishi qabul qilishi » ga oid bilimlarini o'zlashtirishini tajriba sinov natijalari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. KIRISh -Elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya istemolini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish. Iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini yanada kuchaytirish, aholi farovonligini yuksaltirish ko'p jihatdan bizning mavjud resurslardan, birinchi navbatda, elektr va energiya resurslaridan qanchalik tejamli foydalana olishimizga bog'liqdir. I. Karimov Hozirgi zamon sanoatini, xalq xo'jaligini, maishiy xizmatni radioelektron apparatlarsiz, hisoblash texnikasisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda bo'lajak fizika, astronomiya o'qituvchilarini tayyorlashda elektrotexnika, radiotexnika, radioelek-tronika, avtomatika, hisoblash texnikasi kabi fanlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday kadrlarni tayyorlashda o'rta maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida beriladigan ta'lim muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda umumiy o'rta ta'lim negizida fizikadan fundamental bilim berish, fizik hodisalarni va olamning fizik manzarasini ilmiy asosda tushuntirish orqali o'quvchilarning ilmiy dunyo qarashini va falsafiy mushohada yuritish qobiliyatini rivojlantirish, nazariya va amaliyotning dialektik bog'liqligini ochib berish, tabiatda va texnikadagi fizik jarayonlarni idrok etish salohiyatlarini oshirish, olgan bilimlari-ni ijtimoiy hayotga va xalq xo'jaligidagi faoliyatlari uchun tayyorlash orqali amalga oshiriladi. -- I. Karimov -Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari » Toshkent - O'zbekiston 2009 y. 34-b. Radioto'lqinlarining keng miqyosda qo'llanilishi o'quvchilarda radioto'lqinlarini hosil qiluvchi zanjir elementlari, qurilmalari to'g'risida fikrlash qobiliyatini shakllanishida ulkan ahamiyat kasb etadi. Radioto'lqinlariga oid tushunchalarni o'quvchilarga faqat fizika kursidan chuqur bilim berish orqali amalga oshirish mumkinligi sir emas. Fizika kursining har bir mavzusini, shu jumladan, o'rta maxsus ta'lim tizimida «radioto'lqinlarining tarqalishi» mavzusini o'tishda o'qituvchi shunday metodni qo'llashi kerakki, bunda o'quvchilar o'rganilayotgan hodisani ko'z oldilariga keltirsinlar, shundagina ular shu mavzuga doir asosiy qonunlar haqida etarlicha bilimga ega bo'lishlari mumkin. Bu esa o'qituvchidan dars materiallarini og'zaki bayon etish bilan bir qatorda shu mavzuga doir tajribalar o'tkazishni ham taqozo qiladi. Radioto'lqinlarining tarqalishiga oid mavzularni o'rganish jarayonida o'quvchilarning: -matematika, astronomiya va boshqa turdosh predmetlardan olgan tushunchalar; fizikadagi yorug'lik to'lqinlarining tabiati bilan bog'liq bo'lgan (interferensiya, difraksiya, sinish va qaytish va x.k), elektromagnit to'lqinlar shkalasi; - sindirish ko'rsatkichining tebranish ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:13:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.78 MB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:13 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.78 MB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:23 ]
Arxiv ichida: doc