Rasmli axborotni qayta ishlash uskunalari. Skanerlarning asosiy elementlari

Rasmli axborotni qayta ishlash uskunalari. Skanerlarning asosiy elementlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Rasmli axborotni qayta ishlash uskunalari. Skanerlarning asosiy elementlari - rasmi

Material tavsifi

Rasmli axborotni qayta ishlash uskunalari. Skanеrlarning asоsiy elеmеntlari va tuzilish prinsiplari Reja: 1. Skanerlash texnologiyasi tamoyillari 2. Skanerlarning turlari va tavsifnomalari 3. Skanеrlarning asоsiy kоnstruksiyasi va tuzilish sxеmasi 4. Skanеrlarning tuzilish printsiplari Skanerlash texnologiyasi tamoyillari: Inson ko'riladigan axborotni ko'rish organlari miyasi yordamida idrok qiladi. Barcha axborot ko'z to'r pardasiga kelib tushadi, u yerda dastlabki ishlov beriladi va qabul qilish (idrok qilish) uchun tayyorlanadi. So'nggi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ko'z bosh miyaning avtonom qismi hisoblanadi. Bu yerda axborot yig'iladi, tahlil qilinadi, o'zgartiriladi va ko'rish asab tolalari bo'yicha bosh miyaning oliy markazlariga uzatiladi. Axborotga bo'lgan ehtiyoj insonning ajralmas jihati hisoblanadi. Axborotga bo'lgan ehtiyoj tez qondiriladi va yana tezlikda yuzaga keladi hamda axborot harakatini tashkil qilish va kodlangan ma'lumotlar o?imi vositasida axborot uzatish uchun asos yaratadi. Axborot oqimini bunday tashkil qilish ochiq tizimlarga xos. Tirik organizmdar, xususan inson ochiq tizimlar hisoblanadi. Ochiq tizimlarning faoliyat ko'rsatishi uchun javob beradigan asosiy parametrlarga quyidagilaroni kiritish mumkin: axborot, jarayonlarning strukturasi, axborot almashinuvi, boshqaruvchi signallarni uzatish va qabul qilish. Bosishgacha bo'lgan jarayonda reproduksiyalashning zamonaviy tizimlari ham ochiq tizimlar sinfiga taalluqli hisoblanadi. Texnologik jarayonlar va axborotni kiritish qurilmalari asosida yotuvchi ko'plab prinsiplar tirik organizmlar va ochiq tizimlar rivojlanishining umumiy qonunlariga mos keladi. Shuning uchun, shu nuqtai nazardan so'nggi yillarda bosishgacha bo'lgan jarayonlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, ular orasidagi o'xshashliklarni ko'rish mumkin. Hozirgi kunda matbaa reproduksiyalashining barcha bosqichlarida ma'lumotlar axborot oqimini boshqarishga katta e'tibor qaratilmoqda. Biz esa reproduksiyalashning asosiy bosqichlaridan biri - axborotni kiritish vayoki skanerlashga to'xtalib o'tamiz. Skanerlash So'nggi 35-40 yil ichida aslnusxalar vayoki vizual axborotni matbaada reproduksiyalashga tayyorlashning bosishgacha bo'lgan bosqichlarida inqilobiy tavsifga ega voqealar sodir bo'ldi. Deyarli har 10-15 yilda reproduksiyalash ishlarini amalga oshirishda foydalaniladigan texnologiya va texnikalar o'zgardi. Fotoreproduksion apparatlar o'rnini elektron reproduksiyalash apparatlari (ESK) egalladi, keyinchalik ular stoldagi nashriyot tizimlari - DTP va barabanli tipdagi skanerlar tomonidan siqib chiqarildi. XXI asrning boshida planshetli skanerlar yangi bosqichga ko'tarildi. Bugunki kunda ular sifatnarx mezoni bo'yicha kiritish qurilmalari bozorida yetakchilik qilmoqda. A3 o'lchamli XY-texnolgiyasi bo'yicha ishlovchi zamonaviy planshetli skanerlar vertikal va gorizontal tipdagi barabanli skanerlarni ikkinchi darajaga tushirib qo'ydi. Lekin ularning raqobatchilari - raqamli kameralar paydo bo'ldi. Ular aslnusxalarni reprodukiyalashga tayyorlashning plenkali texnologiyasini istisno qiladi va ularni raqamli fayllar bilan almashtiradi. Shu bilan bir vaqtda kiritish texnologiyalarining va kiritish qurilmalarining ko'plab turlari mavjud - barabanli skanerlar, planshetli skanerlar, slayd-skanerlar, raqamli kameralar. Shuning uchun bu o'tish davrida shaffof va noshaffof taglikdagi aslnusxalarni skanerlash masalalari yaqin 10 yil ichida o'z dolzarbligini saqlab qoladi. Bosishgacha bo'lgan bosqichda axborotni bosishga tayyorlash jarayoni chuqur tahlil ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 735.4 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 735.4 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga