Real va virtual xotiralarni boshqarish

Real va virtual xotiralarni boshqarish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Real va virtual xotiralarni boshqarish - rasmi

Material tavsifi

Real va virtual xotiralarni boshqarish Reja: Real xotirani taqsimlanishi Xotira himoyasini amalga oshirish Virtual xotira va uni boshqarish Sahifa uzilishi Bittdan ortiq foydalanuvchi bir vaqtda qayta ishlovchi har bir OS markaziy xotirani birgalikda ishlovchi jarayonlar o'rtasida taqsimlash mexanizimiga ega bo'lishi kerak. Aksariyat multiprogrammali tizimlarda xotira bo'laklarga bo'linib, har bir jarayonga bittasi mos qo'yiladi. Bu bo'lak o'lchami fiksirlangan yoki jarayonni bajarilishda dinamik ravishda aniqlanishi mumkin. quyida xotira taqsimotining jarayonlar uzunliklarining ayrim usullarini ko'ramiz. Faraz qilaylik 8ta jarayon va ularning uzunliklari berilgan bo'lsin. OSning multiprogrammalik darajasi, ya'ni bir vaqtda ishlashi mumkin bo'lgan topshiriqlar soni operativ xotiraga bir vaqtda yuklanadigan topshiriqlar soni bilan cheklanadi. Markaziy xotira o'lchami 500 bayt, OS 100 bayt joy egallaydi. Birinchi bo'lak bevosita OSdan keyin boshlanadai va 1800 bayt uzunlikda 2 va 3 bo'lak 100 bayt va 4 bo'lak 800 bayt joy egallaydi. Oddiy usul bo'yicha OS yuklanayotgan topshiriqni uning o'lchamiga mos keluvchi eng kichik o'lchamdagi bo'lakka joylashtiradi. Agar bo'lak uzunligi topshiriq uzunligidan katta bo'lsa, bo'lakning bu qismi ishlatilmaydi. Bizning misolimizda 1-topshiriq 2-bo'lakka, 2-topshiriq 1-bo'lakka, 3-topshiriq 3-bo'lakka, 4-topshiriq 4-bo'lakka joylashtiriladi. Har bir topshiriq to tugaguncha shu bo'lakda qoladi. Bu hol yuqridagi rasmda keltirilgan. Bo'shagan bo'lak navbatdagi topshiriq uchun ajaratiladi va yuklanadi. Ta'kidlash zarurki, bo'laklar o'lchami o'zgarmasdir. Bo'laklar o'lchamlarini qanday qilib olish juda muhimdir. Katta bo'laklar ko'p bo'lsa, topshiriqlpr uchun joy yetarli, biroq xotiraning ko'p qismi bo'sh qolib ketadi. Bu usul topshiriqlpr uzunliklari konkret o'lchamlar chegarasida bo'lgan hollarda samarali hisoblanadi. Keyingi rasmda bo'laklar o'lchami topshiriqlar o'lchamiga mos ravishda tanlash usuli keltirilgan, ya'ni bo'lak o'lchami topshiriq o'lchami bilan mos keladi. Birinchi taqsimlashdan keyin markaziy xotira bo'laklarga qayta bo'linmaydi, 1-topshiriq yuklanganda 1 bo'lak o'lchami aniqlanadi va ketma-ket 2,3,4,5-topshiriqlar yuklanib bo'laklarga ajratiladi. 2-topshiriq tugagandan keyin bu bo'lakka 6-topshiriq yuklanadi. 2-topshiriq ishlatgan xotiraning ma'lum bir qismi bo'sh qolib ketadi, u joyga birorta topshiriq ham sig'maydi. Navbatda turgan topshiriq sig'adigan xotira bo'lagi paydo bo'lishi bilan u xotiraga yuklanadi. Bu narsa bo'sh xotiralar ro'yxati orqali boshqariladi. Xotiraning qanday taqsimlanishidan qat'iy nazar OS xotira himoyasini ta'minlashi kerak. Bir bo'lakdagi topshiriq boshqa bo'lakdagi xotira kataklariga o'zgartirish qila olmasligi kerak. Ayrim tizimlarda bir bo'lakdan tashqaridagi xotiradan o'qish va faqat o'z bo'lagiga yozishi mumkin. Boshqa tizimlarda o'qish-yozish faqat o'z bo'lagida mumkin qilib aniqlanadi. Xotira himoyasini samarali amalga oshirish uchun apparat tomonidan qo'llab-quvvatlash zarur. Misol uchun, topshiriq bo'lagining boshalnish va tugashining adresini saqlovchi chegara registrlari juftligin kiritish mumkin. Bu registrlarga murojaat foydalanuvchi uchun man qilinadi va uni faqat markaziy protsessorning supervizor holatidagina ishlatish mumkin. OS registrlar qiymatlarini topshiriq bo'lakka yuklanganda o'rnatadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 90.86 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 90.86 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga