Relyatsion ma'lumotlar modeli, tushunchalar, munosabatlar

Relyatsion ma'lumotlar modeli, tushunchalar, munosabatlar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Relyatsion ma'lumotlar modeli, tushunchalar, munosabatlar - rasmi

Material tavsifi

Relyatsion ma'lumotlar modeli tushunchalar munosabatlar ma'lumotlarning relyatsion modeli 1970 yil IBM firmasining xodimi Edgar Kodd tomonidan taklif etilgan. Relyatsion ma'lumotlar bazasining asosiy g'oyasi ma'lumotlar bazasi strukturasini soddalashtirishga qaratilgan. Unda ierarxik modeldagi kabi avlod va ajdodlarga yaqqol ko'rsatgichlar yo'q, barcha ma'lumotlar star va ustunlarga bo'lingan oddiy jadvallarda tasvirlanadi. Relyatsion modeldagi asosiy tushuncha munosabat (relation) hisoblanadi Relyatsion modelda o'ziga xos atamalar ishlatiladi, biroq bu model mohiyatini o'zgartirmaydi. Masalan, mantiqiy darajada element atribut deb ataladi. Bundan tashqari u uchun kolonka, ustun va maydon atamalari ham ishlatiladi. Atributlar to'plami kortejni (qator, yozuv, satr) hosil qiladi. Kortejlar to'plami munosabatni (MB jadvali yoki faylini) hosil qiladi. Relyatsion modelda fayllar o'rtasidagi bog'lanishlar yaqqol tarzda tavsiflanmasligi ham mumkin. Bu bog'lanishlar ma'lumotlarni qayta ishlash vaqtida dinamik ravishda mos maydonlarning qiymatlari bo'yicha o'rnatiladi. Relyatsion MB da yozuvlar chiziqli strukturaga ega. Har bir munosabat kalitga, yani kortejni bir qiymatli identifikatsiyalovchi atributga (oddiy kalit) yoki atributlar to'plamiga (tarkibiy kalit) ega. Qaralayotgan munosabatda kalit bo'lmagan atribut yoki atributlar guruhi boshqa munosabatda kalit bo'lsa, bu atribut yoki atributlar guruhi tashqi kalit deb ataladi. Agar biror jadval tashqi kalitga ega bo'lsau holda u: a) mos birlamchi kalitga ega bo'lgan jadval bilan mantiqan bog'langan; b) bu bog'lanish birga ko'p xarakterga bo'ladi. Atribut munosabat sxemasi Xodimlar Atribut, maydon domen, ustun qiymati satrli sonli Kortej, yozuv, satr ma'lumotlar tipi Xodimlar obyekti haqidagi jadval. Shunday qilib relyatsion model 1969 - 70 yillarda Kodd tomonidan munosabatlarning matematik nazariyasi asosida yaratilgan bo'lib, quyidagi asosiy tushunchalarga asoslanadi jadval, munosabat, satr, ustun, birlamchi kalit, tashqi kalit. ma'lumotlarning shunday modeliga relyatsion model deyiladi, unda barcha ma'lumotlar foydalanuvchiga jadval shaklida havola etiladi va ma'lumotlar bazasi ustidagi barcha amallar jadvallar ustiga amallarga olib kelinadi. Har bir jadval ma'lumotlar bazasi tarkibida o'z nomiga ega bo'ladi, hamda satr va ustunlardan iborat bo'ladi. Har bir jadval real dunyodagi obyektlar (mohiyat) tipini aks ettiradi, har bir satri esa obyektning konkret nusxasini bildiradi. Relyatsion modelning har bir tushunchasini Xodim - mohiyati (obyekti) misolida ko'rib chiqamiz: Har bir ustun o'z nomiga ega bo'ladi va ustun nomi odatda jadvalning ustki qismida ko'rsatiladi. Uning nomi joriy jadvalda boshqa ustun uchun takrorlanmasligi kerak, biroq bu nom boshqa jadvalning ustun nomi sifatida ishlatilishi mumkin. Yani turli jadvallar bir xil nomli ustunga ega bo'lishi mumkin. Ixtiyoriy jadval kamida bitta ustunga ega bo'ladi; ustunlar jadvalda ularni yaratish tartibida joylashadi. Satrlar ustunlardan (atributlar) farqli ravishda nomga va joylashish tartibiga ega emas. Ularning miqdori chegaralanmagan. Ixtiyoriy jadval shunday ustunga yoki ustunlarga (kalitga) ega bo'ladi, undagi qiymatlar har bir satrni takrorlanmas ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 65.88 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 65.88 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga