Название презентации Логотип 7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani 4-mavzu Sanoq sistemalari haqida Tarixiy ma'lumotlar Odamlar o'rtasida muomala vositasi bo'lmish til kabi sonlarning ham o'z tili mavjud bo'lib, u o'z alifbosiga ega. Bu alifbo raqamlar va sonlarni ifodalash uchun qo'llaniladigan belgilardan iboratdir. Masalan, kundalik hayotimizda qo'llanadigan arab raqamlari 1, 2, . . ., 9, 0 yoki sizga 5sinf matematikasidan ma'lum bo'lgan Rim raqamlari I, V, X, L, C, D, M sonlar alifbosining elementlari hisoblanadi. Mayya sanoq sistemasida 0 raqami va yana 19 ta raqam kiritilgan. Mayya sanoq sistemasi gorizontal yo'nalishda emas, balki vertikal yo'nalishda yozilgan. Masalan: 20=1 . 20 + 0; 32 = 1 . 20 + 12; 429 = 1 . 202 + 1 . 20 + 9; 4805 = 12 . 202 + 0 . 20 + 5. Sanoq sistemalari turlari Sonli alifbodagi belgilardan foydalanishda ham o'ziga xos qoidalardan foydalaniladi. Bu qoidalar turli alifbolar uchun turlicha bo'lib, mazkur alifboning kelib chiqish tarixi bilan bog'liq. O'z ichiga o'nta raqamni olganligi uchun bu alifbo o'zining barcha qoidalari bilan birgalikda o'n raqamli sanoq sistemasi yoki qisqacha o'nlik sanoq sistemasi deb ataladi. Sonlar sistemasidagi raqamlar soni shu sistemaning asosi (quvvati) deb yuritiladi. Sanoq sistemalari shu xossasiga ko'ra raqamlarining pozitsiyasiga bog'liq bo'lgan va raqamlarining pozitsiyasiga bog'liq bo'lmagan (qisqacha pozitsiyali va pozitsiyali bo'lmagan) sanoq sistemalariga bo'linadi. Sanoq sistemalari ikkiga bo'linadi Pozitsiyali sanoq sistemalari Pozitsiyali bo'lmagan sanoq sistemalari Pozitsiyali sanoq sistemalari Pozitsiyali sanoq sistemalarida sonning qiymati raqamlar miqdoriy qiymatining sondagi turgan o'rni (martabasi, pozitsiyasi, razryadi)ga bog'liq bo'lgan holda, yig'indisi asosida hosil qilinadi. Barcha pozitsiyali sanoq sistemalarida manfiymas butun sonlar quyidagi qoidalar asosida hosil qilinadi: 1) raqamni surish - raqamni sanoq sistemasi alifbosida o'zidan keyin kelgan raqamga almashtirish, masalan, o'nlik sanoq sistemasida 0 ni surishda 1 ga, 1 ni surishda 2 ga, 2 ni surishda 3 ga va hokazo almashtirish; 2) eng katta raqamni surish - eng katta raqamni 0 ga almashtirish, masalan, o'nlik sanoq sistemasidagi 9 ni 0 ga almashtirish. 2 lik sanoq sistemasida faqat 0 va 1 raqamlari mavjud: 0; 1. Keyingi sonlarni hosil qilish: Yodda tuting: faqat eng katta raqam surilgandagina undan chapdagi raqam suriladi! 3 lik sanoq sistemasida faqat 0, 1 va 2 raqamlari mavjud: 0; 1; 2. Keyingi sonlarni hosil qilish: Pozitsiyali sanoq sistemasida yozilgan sonning indeksida sanoq sistemasi asosi ko'rsatiladi, Odatda, agar son 10 lik sanoq sistemasida yozilgan bo'lsa, u holda sanoq sistemasining asosi ko'rsatilishi shart emas. masalan, 196316, 10012, 10014, ADA15. Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy Hozirgi kunda ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:13:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.62 MB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:13 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.62 MB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:25 ]
Arxiv ichida: pptx