Se servisi - qidiruv tizimlari Reja: 1. SE servisning vazifasi 2. Hujjatlarning daraja mezonlari 3. Asosiy qidiruv tizimlari 4. Yandex qidiruv tizimi 5. Google qidiruv tizimi 6. Rambler qidiruv tizimi 1. SE servisning vazifasi SE servisi (Search Engine) - qidiruv tizimlari - bu maxsus Websaytlar, ularda foydalanuvchi berilgan so'rov bo'yicha shu so'rovga mos keluvchi saytlarga havola (ssilka) olishi mumkin. 85% Internet foydalanuvchilari kerakli mahsulotlar, xizmatlar va axborotlarni topish maqsadida qidiruv tizimlaridan foydalanadilar. Qidiruv tizimlari tematik kataloglardan farq qiladi. Ular katta bazaga ega URL-adreslarni ifodalaydi, bunda ular avtomatik ravishda bu adreslar bo'yicha Web -sahifalarga murojaat qiladi, sahifalarning mazmunini o'rganib chiqadi, sahifalardan kalit so'zlarni yozib oladi va shakllantiradi (sahifalarni indeksatsiyadaydi). Bundan tashqari bu serverlar sahifalarda barcha uchraydigan havolalarga murojaat qiladi va yangi sahifaga o'tayotib xudi shunday ishni bajaradi. Ixtiyoriy Websahifa boshqa sahifalarga bir necha havolaga egadir, yani bunday ishda qidiruv tizimi natijada Internet barcha saytlarini aylanib chiqadi. Qidiruv tizimi quyidagi asosiy komponentlardan iborat: O'rgimchak (spider) - Web-sahifalarni, foydalanuvchi brauzeri usulida yuklab oluvchi dastur. Ularning farqli tomoni shundaki, brauzer sahifada bo'lgan axborotlarni aks ettiradi ( tekstli, grafikli), o'rgimchak esa vizual komponentlarga ega emas va to'g'ridan-to'g'ri sahifaning html-teksti bilan ishlaydi ( ko'rish uchun brauzerda «prosmotr html-koda» qilish mumkin) Sayohat qiluvchi o'rgimchak (crawler) - sahifada mavjud bo'lgan barcha havolalarni ( ssilki) aks ettiruvchi dastur. Uning vazifasi - havolalarga asoslanib yoki oldindan berilgan adreslar ro'yhatidan kelib chiqib, o'rgimchak qaerga borishini aniqlab beradi. Krauler, topilgan havolalar bo'yicha qidiruv tizimida nomalum bo'lgan yangi hujjatlar qidiruvini amalga oshiradi. Indeksator (indexer) - sahifani tarkibiy qismlarga bo'lib, ularni tahlil qiluvchi dastur. Sahifaning turli elementlari, yani tekst, sarlavha, tarkibiy va uslubiy o'ziga xosliklari, maxsus xizmat html-teglari va b., ajratib olinib tahlil qilinadi. index-fayl tahlil natijasi hisoblanadi. ma'lumotlar bazasi (database) - bu yuklab olish jarayonida qidiruv tizimidan olingan barcha index-fayllar va Web- sahifalar tahlili ombori (xranilishe). Bazida ma'lumotlar bazasini qidiruv tizimi indeksi deyiladi. Natijalarni berish tizimi (searchengineresultsengine) - sahifalarni darajalash bilan shug'ullanadi. U qaysi sahifalar foydalanuvchi ehtiyojini qondiradi va ular qanday tartibda saralanishini hal qiladi. Bu qidiruv tizimini darajalash algoritmi asosida amalga oshiriladi. Qidiruv tizimining bu komponenti bilan optimizator aloqada bo'ladi, u chiqarish paytida sayt holatini darajalash natijalariga ta'sir ko'rsatuvchi malum bir faktorlar yordamida yaxshilashga harakat qiladi. Web-server (Web - server) - foydalanuvchi va qidiruv tizimining boshqa komponentlari orasidagi o'zaro munosabatni amalga oshiruvchi server. Odatda, serverda kirish maydonli html-sahifa bor, unda foydalanuvchi o'zini qiziqtirgan qidiruv terminini berishi mumkin. Web-server ham foydalanuvchiga html- sahifa ko'rinishida natijalarni chiqarib berishga javob beradi. Qidiruv mexanizmlarning batafsil amalga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:13:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.59 MB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:13 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.59 MB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:25 ]
Arxiv ichida: doc