Shaxs, jamiyat va davlatning axborot-psixologik xavfsizligidagi manbalar va ularning turlari

Shaxs, jamiyat va davlatning axborot-psixologik xavfsizligidagi manbalar va ularning turlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Shaxs, jamiyat va davlatning axborot-psixologik xavfsizligidagi manbalar va ularning turlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1.Shaxs, jamiyat va davlatning manfaatlariga axborot tahdidi. 2. Shaxs axborot-psixologik xavfsizligiga tahdidning manbalari. 3. Jamiyat axborot-psixologik xavfsizligiga tahdidning manbalari. Axboriy faoliyatning subyektlari sifatida davlat tuzilmalari, ommaviy axborot vositalari, turli katta (korporatsiya, assotsiatsiya, birlashma, kontsern) va kichik (korxona, idora, vakolatxona) tashkilotlar xizmat qilishi mumkin. Zamonaviy bosqichda, ya'ni, internet paydo bo'lganidan keyin, shunday subyekt sifatida alohida shaxslar ham faoliyat ko'rsatishi mumkin, masalan, virtual makonda o'z saytini ochish yo'li bilan. Tahdid obyektlarini tasniflashda ikki yondashuv mavjud. Birinchi va keng tarqalgan nuqtai nazar bo'yicha bunday obyektlar uchta: davlat, jamiyat va shaxs. Ikkinchi qarashning tarafdorlari fikricha, tahdid obyektlari sotsiologik tasniflashga mos tushsa, to'g'riroq bo'ladi. Ya'ni, bunday obyektlarga jamiyat, ijtimoiy sinf, katta va kichik ijtimoiy guruhlar hamda shaxslarni kiritish maqsadga muvofiq, deb hisoblanadi. Ta'sir ko'rsatish yo'llari ta'sir etuvchi tomonidan obyektga mos ravishda tanlanadi, barcha obyektlar uchun bir xil usul to'g'ri kelmaydi. Davlatga ta'sir bir yo'l bilan amalga oshirilsa, shaxsga ta'sir etish uchun boshqacha usul tanlanadi. Zararning ko'lami va miqdori ham turlicha bo'lishi mumkin, juda katta darajadan uncha ahamiyatli bo'lmagan hajmgacha. Bu esa o'z navbatida ta'sir etuvchining maqsadi, moddiy, ilmiy, psixologik va texnik imkoniyatlariga bog'liq. Shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari, jamoatchilik fikri va mamlakat ma'naviy yuksalishiga axborot tahdidi. Axborot tahdidi shunday bir universal xarakterga egaki, uning barcha boshqa sohalarga jiddiy salbiy ta'sir qilish imkoniyati bor: shaxs dunyoqarashiga, jamiyat barqarorligiga, davlat tinchligiga, jam oatchilik fikrini chalg'itishga va ohiri oqibatda har bir mamlakatning ma'naviy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy yuksalishiga ham. CHunki axborotning jamiyat, tashkilot, oila, shaxs ongiga kirib kelishi uncha ham ko'zga tashlanmaydi. Ijobiy va salbiy axborotni farqlash, yaxshi ma'lumotni o'zlashtirish va zararlisini rad etish uchun inson ongi rivojlangan, uning o'zi esa mustahkam irodali bo'lishi zarur. Har bir mamlakat aholisining asosiy qismi esa bunday imkoniyatga ega emas. Shuning uchun axboriy-psixologik barqarorlikka birinchi o'rinda axborot tarqatuvchilar ega bo'lishi shart: davlat tuzilmalari xizmatchilari, jurnalistlar, pedagoglar, jamoat tashkilotlari xodimlari va boshq. Bu haqda O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov shunday degan: «Ma'rifatparvarlik biz uchun ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q, yo'qotmaydi ham. Aql-zakovatli, yuksak ma'naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo'ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. Agar shu muammoni echmasak, barcha toat-ibodatlarimiz bir pul: taraqqiyot ham, kelajak ham, farovon hayot ham bo'lmaydi» (Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T.: «O'zbekiston», 200. 23-24 b.). Davlat siyosatini ta'minlashdagi axboriy tahdid. Axboriy tahdidlarning eng xavflisi - davlat siyosatini ta'minlashga halakit berayotganlaridir. CHunki agar shaxsga salbiy ta'sir tor doiradagi odamlarni qamrab olsa, davlat va jamiyatga tahdid butun bir mamlakat, xalq ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.14 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.14 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga