Shaxsiy kompyuter qurilmalari. Kompyuterning yuklanish jarayoni undagi asosiy tushunchalar

Shaxsiy kompyuter qurilmalari. Kompyuterning yuklanish jarayoni undagi asosiy tushunchalar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Shaxsiy kompyuter qurilmalari. Kompyuterning yuklanish jarayoni undagi asosiy tushunchalar - rasmi

Material tavsifi

Reja: Zamonaviy komp'yuterlar sinfi Asosiy qurilmalar Qo'shimcha qurilmalar Taktli impulslar generatori va uzilishlar nazoratchisi Dasturiy ta'minot Kiritish-chiqarish bazaviy tizimi (BIOS) Drayverlar Operacion tizimning yuklovchisi DOS bazaviy bloki Buyruqli processor Konfiguraciya fayli Jarayonlarni avtoyuklash fayli DOS ning tashqi buyruqlari va utilitalari Operacion tizimni yuklash Zamonaviy komp'yuterlar sinfi Komp'yuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma'lumotlarning razryad to'rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo'lish mumkin: - super komp'yuterlar (Super Computer); - katta komp'yuterlar (Manframe Computer); - mini komp'yuterlar (Minicomputer); - shaxsiy komp'yuterlar (PC-Personal Computer); - bloknot(noutbook) komp'yuterlar. Super komp'yuterlar - (TOR 500 komp'yuterlar) - juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni echish uchun mo'ljallangan bo'ladi. Bunday masalalar sifatida ob-havoni global prognoziga oid masalalarni, uch o'lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o'rganish masalalari, global informatsion sistemalar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu komp'yuterlar bir sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi. Superkomp'yuterlar bahsida AQSH energetika vazirligining Sandia laboratoriyasida o'rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red komp'yuter sistemasi karvonboshlik qilmoqda. Katta komp'yuterlar (Manframe Computer)- fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni echishga mo'ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi superkomp'yuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog'ona past. Bularga misol sifatida AQSHning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES Ғ 900, Frantsiyaning Borrous 600, Yaponiyaning M 1800 rusumli komp'yuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Minikomp'yuterlar (kichik komp'yuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta komp'yuterlardan kamida bir pog'ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy komp'yuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday komp'yuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor - dasturiy boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli komp'yuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 900 va boshqalar minikomp'yuterga misol bo'la oladi. Shaxsiy komp'yuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o'quv yurtlarida keng tarqalgan bo'lib, ularning aksariyati IBM rusimiga mos komp'yuterlardir. IBM rusimiga mos komp'yuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab chiqarilishiga qaramay ham texnik, ham programma ta'minoti mosligi, ya'ni bir-biriga to'g'ri kelishi nazarda tutiladi. Bunday komp'yuterlar hajmi jihatidan kichik (bir stol ustiga joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan PENTIUM-3 MMX protsessori o'rnatilgan komp'yuterlarida, hozirgi kunda 750-100 megagertsni, xotira hajmi esa, 64-128 megabaytni tashkil qiladi. Bu ko'rsatgichlar o'ta tez o'zgarib, har ikki yilda komp'yuterlar imkoniyati ikki baravar oshishi, ularning narxi esa shunchaga arzonlashishi tendentsiyasini kuzatilmoqda. Bugungi kunda Pentium IV komp'yuterlari ham jahon bozorida keng tarqalmoqda. IBM PC moslik komp'yuterlarini komp'yuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda. Bular IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.14 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.14 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga