Shaxsiy kompyuterlar va ularning rivojlanish bosqichlari

Shaxsiy kompyuterlar va ularning rivojlanish bosqichlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Shaxsiy kompyuterlar va ularning rivojlanish bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

Shaxsiy kompyuterlar va ularning rivojlanish bosqichlari Reja: 1. Tarixga bir nazar. 2. Elektron hisoblash texnikasi vositalari, ularning rivojlanishi asosiy bosqichlari. 3. Shaxsiy kompyuterning turlari, asosiy va qo'shimcha qurilmalari. 4. IBM PC kompyuteri tarkibiy qismlarining vazifalari: mikroprotsessor,opreativ xotira, klaviatura, disketalar, qattiq disk, monitor, printerlar. Tarixga bir nazar Tarixiy manbalarga ko'ra insoniyatning hisoblash ishlarida ish unumdorligini oshirish vositasi sifatida hisoblash texnikasi vositalariga bo'lgan ehtiyoji juda oldin paydo bo'lgan. Qadimgi Xitoy va Rusiya yurtlarida sodda hisoblash vositasi sifatida idora schyotlari qo'llanilganligi ham bizga tarixiy manbalardan ma'lumdir. XVII asrda nemis olimlari V.Shikkard, G.Leybnits va fransuz olimi B.Paskallar arifmetik amallarni bajaruvchi dastlabki mexanik qurilmalarni yaratdilar. Mexanik hisoblagichlarni rivojlantirishda shuningdek russiyalik olimlar shved millatiga mansub V.T. Odner hamda P.L.Chebishevlar katta hissa qo'shdilar. Ular yaqin davrlargacha (1980 yillargacha) keng qo'llanib kelgan arifmometrni yaratdilar. Biroq yuqorida zikr etilgan hisoblash qurilmalari ham hisob-kitoblarni mexanizatsiyalashtira olmadi, chunki axborotlar mashinaga qo'lda kiritilar edi. Hisoblash texnikasi taraqqiyotida angliyalik matematik Ch.Bebbidjning ishlari alohida ahamiyatga sazovordir. Uning tomonidan yaratilgan analitik mashina istalgan darajadagi murakkab hisoblash algoritmini bajara oladigan mashina edi. Ushbu mashinada birinchi marta zamonaviy mashinalarning asosiy bloklariga mos keluvchi qurilmalar: xotira, arifmetik qurilma, kiritish-chiqarish qurilmalaridan foydalanilgan edi. Ch.Bebbidj o'z ishlarida hozirgi zamon EHMlarining asosini tashkil etadigan hisoblashlarni programmali boshqarish prinsipini taklif etadi. Biroq uning o'z zamonasidan o'zib ketgan, katta ahamiyatga molik loyiha-g'oyalarini o'sha davrning texnik sabablariga ko'ra amalga oshirib bo'lmadi. Uning ishlari o'limidan so'ng 188 yilda e'lon qilindi va yuqori baholandi. 1854 yil Dj.Bul e'lon qilgan va ishlab chiqqan keyinchalik mantikiy algebra deb nomlangan mulohazalar algebrasi EHMning yaratilishi va rivojlanish tarixida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Mantiqiy algebra hozirgi zamon EHMlari tuzilgan ko'pchilik mantiqiy elementlarni ishlash tartibini belgilab beruvchi matematik apparat sifatida foydalaniladi. Amerikalik G.Xolleriz 1890 yil aholini ro'yxatga olish uchun ma'lumotlarni qayta ishlashni avtomatlashtiradigan mashinani yaratdi va mashinaga axborot tushuvchi sifatida perfokartadan foydalandi. 1896 yil perfokarta va perforatsion sanoq mashina ishlab chiqaradigan firmani tuzdi. Keyinchalik u hozirgi paytda zamonaviy EHMlar ishlab chiqaradigan jahondagi eng yirik IBM (International Business Mashines) firmasiga aylandi. 1918 yil rus olimi M.A.Bonch-Bruyevich tomonidan ikki turg'unlik holatiga ega bo'lgan trigger deb ataluvchi elektron sxema yaratilishi hisoblash texnikasining taraqqiyotida katta burilish yasadi. Qaysiki u EHMlarni asosiy elementlaridan biri bo'lib, axborotlarni - ma'lumotlarni tasvirlash shaklini va uni qayta ishlash qonun-qoidalarini aniqlab beradi. Elektron hisoblash texnikasi vositalari, ularning rivojlanishi asosiy bosqichlari 1937 yil AQSHning Ayova shtatidagi universitet professori, bolgar millatiga mansub Dj.Atanasov bir guruh xodimlari bilan EHM yaratish ustida ishladi. Uning g'oyasiga ko'ra hisoblagich-arifmetik qurilma ikkilik sanoq tizimida ishlashi kerak edi. Biroq ikkinchi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.05 KB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.05 KB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga