Shaxsiy kompyuterlarni takomillashtirish Reja: 1. Yangilash strategiyasi 2. Kompyuter komponentlari Kompyuterni takomillashtirish uni harid qilingan vaqtdan boshlanadi. Global apgreyd (takomillashtirish) - fundamental komponentlarni ommaviy almashtirilishidan iborat. Takomillasht irishning sabablari turlicha bo'lishi mumkin - tezkor xotiraning hajmi yetarlicha bo'lmasligi, videoadapter unumdorligining pastligi, qattiq disk hajmining yetarli emasligi va boshqalar. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar modulli tizim asosida qurilgan, bu o'z navbatida takomillashtirishni olib borishni va natijada katta quvvatga ega kompyuterga erishishni ta'minlaydi. 1. Yangilash strategiyasi Yangilash strategiyasi yanada kuchli tizimlarga o'tish modelini tanlashdan iborat. Birinchi navbatda ular, kompyuterdan foydalanish ish tartibi, uning yordamida yechiladigan masalalar doirasi va foydalanuvchining texnik tayyorgarligi darajasi bilan belgilanadi. Yangi kompyuterni harid qilish yangi tizimning maksimal ishonch liligini ta'minlaydi, ayniqsa agar kompyuter ish quroli sifatida foydalanishga mo'ljallangan bo'lsa. Yangi kompyuterga qo'yiladigan asosiy talab - barqaror ishlashi. Unga xos bo'lgan kamchilik hosil qilingan tizim komponentlarining nooptimal muvozanati yuzaga kelishidir. Muntazam takomillashtirish ish tartibi kompyuterni doimiy ravishda eng ilg'or darajada saqlash imkonini beradi. Foydalanuvchi asosiy samaradorlikni amaliy masalalarni yechilishidagi yuqori unum dorlikdan emas, uning shaxsiy bilim darajasi va malakasini oshi shidan oladi. Bu strategiyani tanlashda kompyuterni yangilash jarayonini oldindan rejalashtirishga to'g'ri keladi. Byudjetli takomillashtirish agar kompyuter aniq maqsadga mo'ljallangan va u o'z vazifasini to'laqonli bajarayotgan bo'lsa, iqtisodiy jihatdan eng samarali yechim hisoblanadi. Bunday takomillashtirishdan maqsad, yangilangan kompyuterning maksimal ishlash muddatini eng minimal iqtisodiy chiqim bilan yetarli darajada unumdorligini ta'minlash. 1-jadvalda kompyuter tizimidan foydalanishning turli xil jihatlarini uni takomillashtirishning tanlangan tamoyiliga bog'liq bo'lgan sifatli baholanishi keltirilgan. 1-jadval Turli takomillashtirish ish tartiblarida kompyuterning foydalanish tavsiflari Barqarorlik talabi. Kompyuter tizimining barqarorligi unga qo' yiladigan talablarni belgilovchi asosiy omil hisoblansa, standart konfi guratsiyalar orasidan eng optimalini tanlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Kompyuterlar ishlab chiqarilayotganida yuqori haroratli muhitda, katta yuklanish ostida va uzoq vaqt uzluksiz ishlatish davrida sinchiklab testdan o'tkaziladi. Ko'pincha, to'liq moslashuv va yuqori unumdorlikni ta'minlovchi komponentlar yakka tartibda tanlanadi. Agar kompyuter xaridor tomonidan taklif qilingan ro'yxat bo'yicha yig'ilayotgan bo'lsa, uning testdan o'tkazilishi shartli ko'rinishga ega bo'ladi, ya'ni faqat uning ishlash xususiyatlari tekshiriladi. Bunday holatda, ya'ni komponentlarning bir-birlariga unchalik mos bo'lmagan holda o'rnatilishi oqibatida tizim unumdorligi ko'pincha qoniqarsiz bo'ladi. Savdo shoxobchasidan harid qilingan kompyuter apparat darajasida mustaqil xizmat ko'rsatishni talab etmaydi. Bunday kompyuterni mustaqil tarzda yangilashga urinish kutilmagan va noxush natijalarni berishi mumkin. Masalan, ayrim firmalar g'iloflarning noyob standartlarini ishlatadilar, shuning uchun kengaytirish platalarining format lari ularga mos kelmasligi mumkin. Kompyuterning apparat qism larini yakka tartibda (moslab) tanlamay almashtirish, kutilgan unumdor likning oshish ko'rsatgichlarini bermasligi mumkin. Unumdorlik talabi. Kompyuter tizimining unumdorligini belgilovchi asosiy (kalit) elementlar - ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:13:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
84.99 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:13 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
84.99 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:27 ]
Arxiv ichida: docx