Shaxsiy kompyuterlarning arxitekturalari Reja: Shaxsiy kompyuterlarning ichki apparatli vositalari. Tashqi qurilmalar Shaxsiy kompyuterlarni tashqi apparatli vositalari IBM PC tipidagi shaxsiy kompyuter MP sistemani an'anaviy arxitekturasiga ega va odatdagi hamma funksional uzellardan iborat: protsessor, doimiy va operativ xotira qurilmalari, kiritishchiqarish qurilmasi, sistemali shina, manba bloki (3.1-rasm). Shaxsiy kompyuterlarni arxitekturasini asosiy xususiyatlari, apparatlarni kompanovka qilish prinsipiga hamda apparatli vositalarni sistemalarini tanlangan to'plamga keltiradi. Kompyuterni asosiy uzellarini funksiyalari quyidagilardan iborat [1,8,12]: - Markaziy protsessor - bu mikroprotsessor o'z ichiga kerakli bo'lgan yordamchi mikrosxemalarni hamda tashqi KESh xotirasi va sistemali shinani kontrolleridan iborat. Ko'pchilik paytda markaziy protsessor sistemani shina bilan almashishni ta'minlaydi. - Operativ xotira - protsessorni xotirasini adreslashtiriladigan kengligini hammasini egallashi mumkin. Lekin hozirgi shaxsiy kompyuterlarda sistemali xotirani standart hajmi 64 Mbaytdan 512 Mbayt oralig'ida. Kompyuterni operativ xotirasi dinamik xotirali mikrosxemalarda bajariladi, shuning uchun regeneratsiya qilishni talab qiladi. - Doimiy xotira (ROM BIOS) -(BASE INPUTOUTPUT SYSTEM) katta bo'lmagan hajmga ega (64 Kbaytgacha), ishga tushirish, sistemali konfiguratsiyasini tushuntirish xati hamda sistemali qurilmalar bilan ќamkorlik uchun past satќdagi programmalarga ega. - Uzilish kontrolleri sistemali magistralni apparatli uzilishini protsessorli apparatli uzilishiga o'zgartiradi va vektorli uzilishni adresini beradi. Uzilish kontrollerini bajaradigan rejimlari (rejimi funksionirovaniya) ish boshlanishidan avval protsessordan programmali beriladi. - Xotiraga to'g'ri kirishiga imkoniyati bor kontroller PDP. PDP kontrolleri sistemali magistraldan so'rov qabul qiladi, uni protsessorga uzatadi va protsessor magistralini taklif etgandan keyin kiritishchiqarish qurilmasi va xotira oralig'ida qiymatlarni uzatishni amalga oshiradi. PDP kontrollerini hamma ishlash rejimlari, ish boshlanishidan avval protsessordan programma beriladi. Kompyuterga o'rnatilgan uzilish va PDP kontrollerlari qo'llaniladigan kengaytirish platalarini apparatlarini sezilarli soddalashtiradi. - Regeneratsiya kontrolleri. Shina bo'yicha maxsus regeneratsiya siklini o'tkazish usuli bilan operativ dinamik xotiradagi ma'lumotlarni davriy yangilab turish vazifasini bajaradi. - qiymatlar baytini o'rnini almashtirish (o'rniga qo'yish) 16 va 8 - razryadli qurilmalar orasida qiymatlarni almashinishiga yordam beradi, aloќida baytlarni yoki butun so'zni uzatishni tashkil qiladi. - haqiqiy vaqt soati va taymeri (schyotchik) - bu ichki vaqtni va kunlarni nazorat qilish qurilmasidir, bulardan tashqari vaqt oraliqlarini programmali ushlash, chastotani programmali berish va boshqa vazifalarni bajaradi. - Sistemali kiritishchiqarish qurilmasi - bu qurilma kompyuterni ishlashi hamda standart bo'lgan tashqi paralel va ketma-ket interfeyslar bilan muloqot qilish uchun qo'llaniladi. - Kengaytirish platalari - bu platalar sistemali magistralni slotlariga o'rnatiladi va kompyuterni OXq hamda kiritishchiqarish qurilmasi bo'lishi mumkin. Bu platalar programmali almashish, uzilish va PDP rejimlarida boshqa qurilmalar bilan shina bo'yicha qiymatlarni almashishi mumkin. Boshqa turdagi shaxsiy kompyuterning strukturali sxemasi, 3.3-rasmda keltirilgan. Taktli impulslar generatori elektr impulslari ketma-ketligini ishlab chiqaradi. Shaxsiy kompyuterning asosiy bloklari ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:13:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.08 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:13 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.08 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:27 ]
Arxiv ichida: doc