Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta'minoti. Dasturiy ta'minotning tasniflanishi. Amaliy dasturlar ta'minoti Reja: EХM nima? Axborot tizimlari qanday? Dasturiy ta'minot nima? Operatsion tizimlar. Grafik muxarrirlar. Ma'lumotlar bazasi. EХM nima? EХM ma'lumotlarni qayta ishlovchi unversal qurilma hisoblanib, telefon, magnitafon yoki televizordan farqli o'laroq oldindan berilgan funksiyalarga asosan ixtiyoriy hajmda ma'lumotlarni qayta ishlash imkoniga ega. Buning uchun, ya'ni ma'lumotni qayta ishlashi uchun tushinarli va aniq bir tilda buyruqlar ketma-ketligini (dasturni) tuzish kerak. Тuzilgan aniq bir dasturga asosan kompyuterning bajaradigan vazifasini o'zgartirish mumkin. Masalan, kompyuterdagi dasturlarni o'zgartirish orqali hisobchi yoki konstruktor, stajist yoki agranomning avtomatlashtirilgan ishchi o'rnini tashkil etish hamda xujjatlarini taxrirlash yoki turli xil o'yinlarni uynash mumkin. Kompyuterda dasturni bajarilishi davomida ma'lumotlarni kiritish va chiqarish uchun turli xil qurilmalardan foydalanish mumkin. Shuning uchun kompyuterdan unumli foydalanish uchun zarur dastur ta'minotlarining vazifalarini va xususiyatlarini bilish zarur. Zamonaviy axborot texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi va uni qo'llash sohasining kengayishi dasturiy ta'minotning (DТ) jadal rivojlanishiga olib keldi. Shuni ta'kidlash kerakki 1990 yilda jahon jamiyatida dasturiy ta'minotga 100 mln. AQSh dollaridan ziyot mablag' sarflandi. Bunda DТ rivojlanishi yo'nalishi shuni ko'rsatadiki harakatlar tendensiyasi yiliga 20% o'sib bormoqda. Axborot tizimlari qanday? Axborot tizimlarining DТ deganda, hisoblash texnikasi vositalari bilan ma'lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va xujjatli vositalarni jamlash tushiniladi. Dasturiy ta'minot nima? Dasturiy ta'minot tomonidan bajariladigan funksiyalarga bog'lik holda, uni ikki guruhga bo'lish mumkin: tizimli dasturiy ta'minot va amaliy dasturiy ta'minot. Тizimli dasturiy ta'minot kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me'yordagi ish muhitini ta'minlaydi. Amaliy DТ foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo'ljallangan. Тizimli DТ tarkibiga quyidagilar kiradi: -operatsion tizimlar; -servis dasturlar; -dasturlash tillari translyatorlari; -texnik xizmat dasturlari Operatsion tizimlar. Operatsion tizimlar (OТ) axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o'rtasidagi o'zaro aloqani ta'minlaydi. OТning vazifalaridan biri axborotning kirish chiqish jarayonini avtomatlashtirish foydalanuvchi hal etadigan amaliy vazifalarni bajarishni boshqarishdir. OТ kerakli axborotni EХM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to'g'ri hisoblashlarga halaqit beruvchi vaziyatlarni taxlil etadi qiyinchiliklar paydo bo'lganda nima qilish zarurligi haqida ko'rsatma beradi. Bajariladigan vazifalardan kelib chiqib OТ ni uch guruhga bo'lish mumkin. -bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi); -ko'p vazifali (ko'p kishi foydalanuvchi); -tarmoqli. Bir vazifali OТ bir foydanuvchining aniq bir paytda aniq bir vazifani bajarish uchun mo'ljallangan. Bu operatsion tizimlarning tipik vakili MS DOS dir. Ko'p vazifali OТ vaqtni multi dastur rejimida tasvirlashda EХMdan jamoa bo'lib foydalanishni taminlaydi. Bunday sinfdagi OТ ning tipik vakillari: IBM korporatsiyasining UNIX, OS ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:13:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.07 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:13 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.07 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:27 ]
Arxiv ichida: doc