Xususiy kompyuterlarning programmaviy ta'minoti Reja: Xususiy kompyuterning programmaviy ta'minoti va uning asosiy turlari. Qo'shimcha programma (utilitalar) va ularning asosiy turlari. Xususiy kompyuter operatsion sistemalari, ularning turlari va xususiyatlari. Diskli operatsion sistemaning asosiy operatorlari va ularning ishlatilishi. Windows operatsion sistemasi va uning asosiy turlari, imkoniyatlari hamda rivojlanish bosqichlari. Lokal hisoblash tarmog'ini boshqarish uchun ishlatiladigan asosiy dasturlar Kompyuter viruslari haqida tushuncha. Ularning turlari, ularga qarshi kurash usullari va antivirus dasturlar. Xususiy kompyuterning programmaviy ta'minoti va uning asosiy turlari. Xususiy kompyuterning foydalanuvchi uchun qulay va samarador bo'lishi unda qanday programmaviy ta'minot mavjudligi bilan aniqlanadi. Lekin programmaviy ta'minotning qanday turlari foydalanuvchi uchun zarur bo'lishi uning qaysi sohada faoliyat ko'rsatishi bilan aniqlanadi. Endi o'zingizni iqtisod sohasida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassis sifatida faraz qilgan holda qaysi turdagi programmaviy ta'minot Sizning kundalik ishlarni bajarishingiz uchun kerak bo'lishini o'ylab topishga harakat qiling. Kompyuter ishlaganda uni boshqarish uchun kerak bo'ladigan programmalar bilan amaliyotda qo'llaniladigan programmalar orasida qanday farq bo'lishi mumkin? Undan so'ng programmaviy ta'minot haqidagi o'z fikringizni quyida aytilganlar bilan solishtiring. Xususiy kompyuterning programmaviy ta'minoti xususiy EHM-larni qo'llash samaradorligini oshirish, undan foydalanishni osonlashtirish va foydalanuvchilar programmalarini tayyorlashning mehnat sarfini kamaytirishi uchun mo'ljallangan programmalar sistemasidan iborat. Xususiy kompyuter programmalar ta'minotining to'plami quyidagi guruhlarga ajraladi: - Sistemaviy programmalar - xilma-xil qo'shimcha ishlarni bajarishga imkon beradi, masalan, kompyuterning ishlash jarayoni davomida nosoz qurilmalarni diagnostika va nazorat qilish vositalari, ma'lumotlarning nusxalarini olib qo'yish, kompyuter haqida ma'lumotnomalar berish, kompyuterni boshlang'ich ishga tayyorlash va xakozolar; Amaliy programmalar - foydalanuvchilarga zarur bo'lgan ishlarni bajarishga imkon beruvchi programmalar, matn taxrirchilari, jadval protsessorlari, rasmlar chizishga imkon beruvchi programmalar, informatsion massivlar va bilimlar bazalari bilan ishlashga imkon yaratuvchi programmalar va xakozolar. Programmalashtirish sistemalari yoki instrumental sistemalar - ular kompyuter uchun yangi amaliy programmalar yoki foydali ilovalar yozish uchun xizmat qiladilar. Sistemaviy programmalarga operatsion sistema, drayverlar, qobiq programmalar va operatsion qobiqlarni kiritish mumkin. Operatsion qobiqlar ishga tushiriladigan programmalar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratishi mumkin: grafik interfeys - ma'lumotlarni chiqarish va ular bilan samarador ishlashga imkon beradigan vositalar to'plamini hosil qilish mumkin, yani alohida turdagi menyular, darchalar, oynalar, ma'lumotnomalar va xakozolar; Multiprogrammalashtirish - bir vaqtning o'zida bir qancha programmalarni ishlatish imkoniyati; Programmalararo ma'lumot almashinishnig kengaytirilgan vositalarini ishlatish. Programma ta'minoti ilmiy-texnik, iqtisodiy-statistik va boshqa masalalarni yechishda, shuningdek boshqaruv ma'lumotlarini qayta ishlash uchun hisoblash sistemalari qurishda EHM texnik vositalarining imkoniyatlarini ancha kengaytiradi. EHM programma ta'minotining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: programmalashni avtomatlashtirish vositalari yordamida masalani EHM-da yechishga tayyorlash; operator bilan EHM-ning eng qulay ko'rinishlardagi aloqasini tashkil qilish; EHM-ni nazorat qilish, unga diagnoz qo'yish va yuzaga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:13:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
155.88 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:13 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
155.88 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:27 ]
Arxiv ichida: doc