Shaxsiy kompyuterlarning turlari, modellari va texnik ko'rsatkichlari Reja: 1. Kompyuterlar tasnifi 2. Kompyuterlarning asosiy texnik ko'rsatkichlari 3. Shaxsiy kompyuterlarning funksional bloklari 4. Shaxsiy kompyuterning konstruksiya elementlari 1. Kompyuterlar tasnifi Shaxsiy kompyuterlar (ShK) EHM tasniflanishi bo'yicha mikromashinalar toifasiga mansub bo'lib, hisoblash imkoniyatlari cheklangan, ammo eng ommaviy tarqalgan hisoblanadi. Bu kompyuterning ofis muhitida shaxsiy qo'llash uchun mos keladigan variantidir. ShKlar bilan bir qatorda mikrokompyuterlar toifasiga grafik, nashriy va izlanish ishlariga mo'ljallangan ishchi stansiyalar, lokal tarmoq va ma'lumotlar bazalari serverlari hamda tarmoq ishchi stansiyalari kiradi. Ular orqali tarmoq resurslaridan foydalanishga imkon yaratiladi. ShK universal va foydalanishga qulay bo'lgan bir qator afzalliklarga ega: maxsus tayyorgarlikka ega bo'lmagan foydalanuvchilarga ishlash imkonini beruvchi qulay interfeys; qo'llanilish sohasiga (ta'lim, ilmiy izlanishlar, boshqaruv) mos keluvchi arxitektura va tashqi qurilmalar to'plamiga muvofiqlashish hisobiga o'z ish joyini tashkillashtirishning qulayligi; foydalanishning soddaligi, bog'lama va qurilmalarni birgal ikda yig'ish imkoniyatining kengligi, ommaviy foydalanish uchun yuqori ishonchlilik; kompyuter va uni tashkil qiluvchi qurilmalar narxining arzonligi va modellarining ko'pligi, standartlashtirishning va bir xil shaklga keltirishning yuqori darajadaligidir. ShKlarni turli belgilari bo'yicha sinflarga ajratish mumkin. Rivojlanish davrida (ShKlarning dastlabki modellari 80-yillar ning boshlarida paydo bo'lgan) ShKlar birinchi avlodining 8 bitli mashinalaridan, to 64 bitli to'rtinchi avlod (Pentium IV) mashinal arigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. Bu vaqt ichida taktlash chastotasi yuz barobarga, tezkor xotira hajmi yuzlab Mbaytga, disklardagi jamlagichlarning hajmi o'nlab Gbaytga yetdi. Konstruktiv xususiyatlari nuqtayi nazaridan barcha ShKlarni shartli ravishda statsionar (stol kompyuterlari) va nostatsionar (mobil, noutbuk, netbuklar) turlarga ajratish mumkin. Statsionar ShKlar keng funksional imkoniyatlarga va rivojlangan tashqi qurilmalarga ega. Ular xususiy operatsion tizimga ega bo'lib, ma'lumotlarga ishlov beruvchi amaliy dasturlar bilan jihozlangan. Ularning xotirasi ko'p pog'onali, aloqa va ulanish uchun interfeys tizimi rivojlangan, ma'lumotlarni kiritish va chiqarish uchun ko'p sonli portlari mavjud. Noutbuklar, elektron planshetlar, elektron lug'atlar kabi mobil ShK turlari keng tarqalgan. Bu texnik vositalar yakka tartibda qo'llaniluvchi, imkoniyatlari cheklangan texnik vositalardir. Hozirgi vaqtda dunyo bo'ylab EXMning chorak milliardan ziyod turlaridan foydalanilyapti, bulardan 90 foizi shaxsiy kompyu terlardir. Amerikaning IBM, Apple, Hewlett Packard (HP), DEC, Compaq kompaniyalarining shaxsiy kompyuterlari ko'pchilikka ma'lum bo'lib, ular jahon bozorida juda keng tarqalgan. Ularning mahsulotlari foydalanuvchilar orasida anchagina taniqlidir. ShKni ishlab chiqarish bo'yicha eng katta kompaniya IBM (Internationale Business Machina) hisoblanadi. Bu kompaniya yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida yetakchi kompaniya bo'lib kelmoqda. Uning IBM PC XT, AT modellari mashhurdir. Bugungi kunda eng keng qo'llanilayotgan ShKlar IBM firmasining Pentium II, II, IV protsessorlari qo'llangan kompyuterlar hisoblanadi. IBMdan keyin ikkinchi o'rinni Apple firmasining taniqli Macintosh modelli ShKlari egallab kelmoqda. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:13:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
90.93 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:13 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
90.93 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:28 ]
Arxiv ichida: docx