Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta'minoti. Operatsion tizimlar va ularning tasniflanishi Reja: Operatsion tizim (OT) tushunchasi. OT ning tasniflanishi. OT lar rivojlanishining an'analari. Operatsion tizim (OT) - bu EXM zaxiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o'zaro aloqasini amalga oshirish uchun, shuningdek, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini taminlovchi dasturiy vositalar yig'indisidir. OT foydalanuvchiga hisoblash tizimi bilan kulay muloqot qilish usuli (interfeys)ni takdim etadi. Interfeyslar ikkiga bulinadi, yani dasturiy va foydalaniladigan interfeyslarga bulinadi. Dasturiy interfeys - hisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar o'zaro ta'sirini taminlovchi vositalar yig'indisidir. Foydalaniluvchi interfeys - foydalanuvchining dasturiy yoki EXM bilan o'zaro ta'siridagi dasturiy va apparat vositalaridir. Kupgina operatsion tizimlar xatolarni tuzatish va yangi imkoniyatlarni kiritish yo'nalishida modifikatsiyalashadi va takomillashadi. Vorislikni saqlash maqsadlarida operatsion tizimning yangi modifikatsiyasi qayta nomlanmaydi , balki versiyalar (taxmin) nomini oladi. OT versiyalari odatda 6.00, 2.1., 3, 5, va xokazo ko'rinishida unli kasrni anglatadi.Bunda rakamlarni nuqtagacha oshib borishi OT ga kiritiladigan jiddiy o'zgarishlarni nuqtadan keyin turuvchi rakamning oshib borishi esa uncha ahamiyatsiz o'zgarishlarni aks ettiradi. (masalan xatolarni tugirlash). Versiyaning tartib nomeri kancha ortik bulsa sistema shuncha imkoniyatga ega bo'ladi. 2. OT ning tasniflanishi. OT lar quyidagi omillar bo'yicha asniflanadi: bir vaqtda ishlaydigan foydalanuvchilar: bir kishi, ko'p kishi (soniga ko'ra); tizim boshqaruvi ostida bir vaqtda foydalaniluvchi jarayonlar: bir vazifali, ko'p vazifali (soniga ko'ra); kullab-quvvatlovchi jarayonlar: bir protsessorli, ko'p protsessorli; OT kodi razryadliligi: 8 razryadli, 16, 32,64 razryadlilar. Interfey turi: buyruk (matnli) va obyektli- yo'naltirilgan (grafik)liligiga ko'ra; Foydalanuvchining EXM ga kirish turi: paketli qayta ishlash, vaqt bilan bo'linish i, riyal vaqtga ko'ra; Zaxiralardan foydalanish turi: tarmoqli, lokalliligiga ko'ra; hozirgi paytda OT larning DOS, OS2, UNIX, WINDOWS oilalari keng tarkalgan. DOS oilasining birinchi vakili - MS DOS tizimi - 1981 yilda IBM PC kompyuteri paydo bo'lishi munosabati bilan chikarilgan. DOS oilasining OT lari bir vazifali bo'lib quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega: EXM li interfeys foylanauvchi kiritadigan buyruk yordamida amalga oshiriladi; Tizimni EXM ning boshqa turlariga utishini soddalashtiradigan tuzilma mavjudligi; Operativ (tezkor) xotiraga kirish xajmining uncha katta emasligi (640 Kbayt). DOS OT oilalarining jiddiy kamchiligi ShK va OT zaxiralariga beruxsat kirishdan muhofaza vositalarining yukligidir. (DOS OT Assembler tilida yozilgan) OS2 (Operating System2) OT lari IBM firmasi tomonidan 1987 yilda ShK larning yangi RS2 yaratilishi munosabati bilan ishlab chikarildi. OS2 ikkinchi avlod ko'p vazifali OT dir. U bir vaqtda 16 tagacha dasturni bajarishi mumkin. U IBM PS - mos kompyuterlari uchun 32 razryadli grafik ko'p vazifali OT sifatida bir necha amaliy dasturlar parallel ishini tashkil etish imkonini ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:18:00
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.21 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:18 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.21 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:28 ]
Arxiv ichida: doc