Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta'minoti

Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta'minoti

O'quvchilarga / Informatika va AT
Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta'minoti - rasmi

Material tavsifi

Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta'minoti Reja: Zamonaviy kompyuterlar sinfi Qo'shimcha qurilmalar Dasturiy ta'minot Zamonaviy kompyuterlar sinfi Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma'lumotlarning razryad to'rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo'lish mumkin: - super kompyuterlar (Super Computer); - katta kompyuterlar (Manframe Computer); - mini kompyuterlar (Minicomputer); - shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer); - bloknot(noutbook) kompyuterlar. Super kompyuterlar - (TOR 500 kompyuterlar) - juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni echish uchun mo'ljallangan bo'ladi. Bunday masalalar sifatida ob-havoni global prognoziga oid masalalarni, uch o'lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o'rganish masalalari, global informatsion sistemalar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi. Superkompyuterlar bahsida AQSH energetika vazirligining Sandia laboratoriyasida o'rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red kompyuter sistemasi karvonboshlik qilmoqda. Katta kompyuterlar (Manframe Computer)- fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni echishga mo'ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog'ona past. Bularga misol sifatida AQSHning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES Ғ 900, Frantsiyaning Borrous 600, Yaponiyaning M 1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog'ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor - dasturiy boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 900 va boshqalar minikompyuterga misol bo'la oladi. Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o'quv yurtlarida keng tarqalgan bo'lib, ularning aksariyati IBM rusimiga mos kompyuterlardir. IBM rusimiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab chiqarilishiga qaramay ham texnik, ham programma ta'minoti mosligi, ya'ni bir-biriga to'g'ri kelishi nazarda tutiladi. Bunday kompyuterlar hajmi jihatidan kichik (bir stol ustiga joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan PENTIUM-3 MMX protsessori o'rnatilgan kompyuterlarida, hozirgi kunda 750-100 megagertsni, xotira hajmi esa, 64-128 megabaytni tashkil qiladi. Bu ko'rsatgichlar o'ta tez o'zgarib, har ikki yilda kompyuterlar imkoniyati ikki baravar oshishi, ularning narxi esa shunchaga arzonlashishi tendentsiyasini kuzatilmoqda. Bugungi kunda Pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida keng tarqalmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda. Bular IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. Shuni aytish joizki, yuqorida nomlari zikr etilgan firmalar ishlab chiqargan kompyuterlar (bradename) - «Oq yasalgan», Janubiy-SHarqiy mamlakatlarda: Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya va boshqa mamalakatlarda yuqorida nomlari keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.47 MB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:28 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.47 MB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga