Sinf hodisalari (dasturlash) Reja: Komponentlar. Komponentli sinflarni e'lon qilish. Xususiyatlarni e'lon qilish. Voqealar ishlatgichlarining e'lonlari. C++Builder, nafaqat ANSI C++ standarti kiritayotgan yangiliklarni qo'llab-quvvatlaydi, balki tilni yangi imkoniyatlar bilan boyitadi. Shuni tushunib olish muhimki, tilni kengaytirish xech qachon quruq maqsad bo'lib qolmagan, va xamon standart C++ doirasida yozilgan mantlarni kompilyatsiya qilish mumkin. Biroq ilovalarni tez ishlab chiqish texnologiyasi (RAD) uchun C++Builder taqdim etgan imtiyozlardan to'liq foydalanish uchun, kiritilgan til kengaytirishlarni qabul qilishga to'g'ri keladi. Kengaytirishlarning ayrimlari (maslan, classid) ni C++Builder asosan ichki foydalanish uchun rezervlaydi. Boshqa kengaytirishlar(int8,int6 va h.k.) ochiq-oydin tushunarli bo'lib turibdi, shuning uchun bu yerda ular ko'rib chiqilmaydi. Quyida C++ning eng ahamiyatli kengaytirishlari ko'rib chiqiladi. Ular asosan tarkibli sinflarga mansub bo'lib, C++Builder muhitida ishlab chiqilayotgan ilovalarda muttasil uchrab turadi. Komponentlar (tarkibiy qismlar) Komponentlar ko'p o'rinda, C++standart sinflariga qaraganda, yuqoriroq darajadagi Inkapsulyatsiyalashga erishadilar. Buni tugmachaga ega bo'lgan dialogni ishlab chiqish kabi oddiy misolda ko'rib chiqamiz. Windows uchun namunaviy C++dasturida tugmachani «sichqoncha» bilan bosish natijasida WMLBUTTONDOWN xabarining generatsiyasi sodir bo'ladi. Bu xabarni dastur yo switch operatorida, yoki chaqiriqlar jadvali (RESPONCETABLE) ning tegishli satrida «tutib olish»i, keyin esa ushbu xabarga javob protsedurasiga uzatishi kerak. C++Builder o'zlashtirilishi qiyin bo'lgan bu kabi dasturlash o'yinlariga chek qo'ydi. Komponenta tugmachasi avvaldanoq unga OnClick voqeasi bilan bosishga javob beradigan qilib dasturlangan. Bu o'rinda talab qilinayotgan narsa - tayyor metodni tanlab olish (yoki o'zinikini yozish) hamda obyektlar Inspektori yordamida berilgan voqea-hodisaga ishlov bergichga kiritish. Komponentli sinflarni e'lon qilish C++Builder tarkibiga kiradigan Vizual Komponentalar Kutubxonasi - VCL sinflarining ilgarilovchi e'lonlari declspec modifikatoridan foydalanadi: declspec() Bu kalit-so'z, nafaqat bevosita modifikatsiyalanayotgan e'lon oldidan, balki e'lonlar ro'yxatining to'g'ri kelgan yerida paydo bo'lishi mumkin, bunda spetsifikator quyidagi qiymatlardan birini qabul qiladi: delphiclass - u TObject sinfiga tegishli VCL ning bevosita yoki bilvosita hosilalarining ilgarilovchi e'loni uchun qo'llanadi. U VCL ning RTTI ,konstruktorlar, destruktor va istisnolar bilan muomalasida muvofiqlik qoidalarini belgilaydi. delphireturn - u Currency, AnsiString, Variant, TDateTime va Set sinflariga tegishli VCL ning bevosita yoki bilvosita hosilalarining ilgarilovchi e'loni uchun qo'llanadi. U VCL ning parametrlar va a'zoqfunksiyalarning qaytarilayotgan qiymatlari bilan muomalasida muvofiqlik qoidalarini belgilaydi. Pascal implementation tarkibli sinf obyektli Pascal tilida ishga tushirilganini ko'rsatadi. VCL sinf quyidagi cheklanishlarga ega: Virtual bazaviy sinflarga vorislik qilish man etilgan. Tarkibli sinflarning o'zlari vorislik uchun bazaviy sinf sifatida xizmat qila olmaydi. Tarkibli obyektlar uyumning dinamik xotirasida new operatori yordamida yaratiladi. Xususiyatlarni e'lon qilish C++Builder tarkibli sinflar xususityalarini identifikatsiya qilish uchun property modifikatoridan foydalanadi. Xususiyatni tavsiflash sintaksisi quyidagi ko'rinishga ega: property =; ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:18:00
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.35 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:18 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.35 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:28 ]
Arxiv ichida: doc