Siqilishni eksperimental tekshirish Reja: 1.Siqilishni eksperemental tekshirish. 2.ta'sir etuvchi va ruxsat etilgan kuchlanish. Mustahkamlikni ta'minlash koeffitsiyenti. 3.Cho'zilishga va siqilishga ishlayotgan sterjenlarning mustahkamlik sharti. 1 - Siqilishni eksperemental tekshirish. Materiallarning siqilishda mexanik xarakteristikalarini aniqlash uchun, uning sof siqilishini ta'minlaydigan razmerlarda tslindrrik, prizmatik va kub shakllarida namunalar tayyorlanadi (2,8 - shakl). Unda namunaning uzunligi diametriga nisbatan 1,5 - 4 marotaba katta qilib olinadi. (hq(1,54)d). Agar namuna ortiqcha uzunlikka ega bo'lsa, unda siqilish deformatsiyasidan tashqari bo'y egilish deformatsiyasi ham sodir bo'lib, aniq natijani bermaydi. Namunaning razmerlari (hd) asosan sinovchi mashinaning quvvatiga qarab tanlanadi. Masalan 50 tonna kuchga ega bo'lgan universal gidravlik sinovchi mashina uchun silindrik namunaning diametri dq20 - 25 mm uzunligi l-h q 50 - 60 mm agtofida olinadi. 14-shakl 15-shakl 16-shakl 17-shakl 18-shakl Yog'och material siqilishga sinalganda, bo'yiga bir qiymatni,eniga ikkinchi qiymatni beradi. Bo'yiga nisbatan eniga kuchsiz bo'ladi, shuning uchun uning razmeri bo'yiga siqilishiga tekshirganda 40x40x40 mm yoki 50x50x50 mm razmerli kubik qilib olinsa, eniga siqilishga tekshirganda bilindligi ko'ndalang razmeridan kichik qilib olinadi (40x40x60). Namunalarning siqilishga tekshirish ham yuqorida keltirilgan uzuvchi mashinalarda olib boriladi. Buning uchun mashina namunani siqilishga tekshirish uchun mo'ljallangan moslamalari bilan sozlanadi. Shuning uchun ham sinovchi mashinalarni universal sinovchi mashina deyiladi. Namuna siqilishga tekshirganda, cho'zilishga tekshirgandagi singari, siquvchi kuch bilan siqilish deformatsiyasini ko'rsatuvchi absolyut qisqarish, grafik tarzda yozib olinadi. Siqilish diagrammasi Plastik materiallarni siqilish xarakteri va diagramasi 2, 9 - shaklda berilgan. Plastik material statik kuch ta'sirida sekinasta qisqarib, oldin bochka shakliga, so'ngra yanada pachoqlashib chalpak shakliga keladi. Bu vaqtda uning ko'ndalang kesim yuzasi ortib, yuk ko'tarish qobiliyati borgan sari ortadi. Siqilish diagrammasini aniliz qilsak, cho'zilish diagrammasi singari proportsionallik va oqish chegaralariga (bilinar-bilinmas) ega ekanligini ko'ramiz. Chunki plastik material elastik deformatsiyasi chegarasida cho'zilishga ham, siqilishga ham bir xil ishlaydi. Diagramma S nuqtadan so'ng (oqish chegarasi tugagandan so'ng) yuqoriga qarab kuch o'qiga (R) parallel bo'lishga intiladi. Mustahkamlik chegarasidagi D nuqta esa cheksizda bo'ladi. D nuqtaning cheksizda bo'lishi pachoqlangan naunaning yana yuk ko'tarishi mumkinligini ko'rsatadi. Plastik materiallarning mustahkamlik (p, oq) plastiklik va elastiklik xarakteristikalari, cho'zilishga tekshiirgandagi singari olinadi. Ular bir xildir. Mo'rt materiallarning siqilish xarakteri va diagrammasi 2, 10 - shaklda berilgan. Shakldan ko'rinishicha siqilganda bilinar-bilinmas bo'chka shakliga keladi, yani plastik deformatsiyalanadi,so'ngra sterjen o'qiga taxminan 450 burchakli tekislikda birdaniga sinadi. Mo'rt materiallarning siqilish diagrammasidan, siqilish deformatsiyasi bilan kuch oraligida proportsional bo²lanish yo'qligi ko'rinadi, Namuaning uzilish nuqtasi D da eng katta kuchlanish hosil bo'lib, unga siqilishdagi mustahkamlik chegarasi deyiladi. Bu diagrammani mo'rt materiallarning cho'zilish diagrammasi bilan solishtirib ko'rilsa, mo'rt materiallarni cho'zilishga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:18:00
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
71.35 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:18 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
71.35 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:28 ]
Arxiv ichida: doc