Sistema platasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Sistemali yoki bosh (maotherboad) plata Sistemali plata turlari Sistema platasining asosiy komponentalari, ularning joylashishi Sistemali platani tanlash Sistemali yoki bosh (maotherboad) plata Sistema platasi komp'yuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprocessor, tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan bo'ladi. Bundan tashqari, unda ba'zi bir qurilmalar, ishni boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo'ladi. Hozirda shinalarning PCIISA turi keng ishlatilmoqda. Bunday shinalarning ma'lumot ayirboshlashi tezligi yuqori bo'lib, u orqali komp'yuterga ko'plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin. Komp'yuterda kiritish-chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo'lib, ular sistema blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari parallel va ketma-ket bo'ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1- COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi. Tizimli platalar uchun bir nechta formfaktorlar mavjud bo'lib, ular korpus turini va platani fizik ulchamlarini aniqlaydi. Quyida tizimli platalarni hozirda ma'lum bo'lgan formfaktorlari keltirilgan. Eskirganlari: Baby - AT Full - Size AT LPX Zamonaviylari ATX Micro - ATX Flex - ATX NLX WTX 1998 yil sentyabrdan keyin tayyorlangan Dell tizimlarida qurilmalar joylashishi butunlay boshqachà sxemada bo'lgan ATX tizimli platasidan foydalaniladi. ATX konstruktsiyasi eng zamonaviy hisoblanadi. Hozirgi paytda bu plata amalda Baby - AT konstruktsiyasini siqib chiqarmoqda. Baby - AT dan farqli ravishda u 900ga burilgan, bu kengayuvchi ajratgichlarni uning qisqa tomoniga parallel o'rnatish imkonini beradi. Bunda boshqa komponentlarga ko'proq joy qoladi, ularga kengayish platasi halaqit qilmaydi. Ishlashi davomida ko'p issiqlik ajratib chiqaruvchi elementlar (masalan, protsessor va xotira mikrosxemalari) ta'minot bloki oldida joylashgan bo'lib shunday konstruktsiyalanganki uni ventilyatori havo oqimini tizimli plata bo'ylab yunaltiradi. ATX tizimli platalari portlarni yuqori darajada integratsiyalashi bilan xarakterlanadi, ammo Baby - AT formfaktorlaridan farqli ravishda ATX ning barcha tashqi portlari tizimli plataga urnatiladi va bir tomonga joylashadi. Buning natijasida sizga yirik va oson shikastlanadigan Baby - AT tizimli platasi uchun sichqoncha portini chiqarib parallel va ketma - ket portlar, shuningdek tizimli blok orqa paneliga USB portini tashib yurish kerak bo'lmaydi. ATX platasi ta'minot bloki faqat bir usulda qo'shiladigan va tizimli plataga to'g'ri keladigan 3,3 V kuchlanish manbaidan ta'minlanadigan kalitli ajratgich bilan jihozlangan. Bu plata BIOS va operatsion tizim vositasida faollashadigan ta'minotni keng boshqarishni quvvatlaydi. Formfaktor micro - ATX past darajali tizim uchun ishlab chiqilgan. Micro - ATX arxitekturasi ATX bilan teskaridir. Bu tizimli plata ATX dan kichik. Bunday tizimli platalar ATX standart korpuslariga yoki maxsus ular uchun ishlab chiqilgan korpusga o'rnatiladi. Yuqorida keltirilgan tizimli ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.98 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.98 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga