Slayd shou dasturlar

Slayd shou dasturlar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Slayd shou dasturlar - rasmi

Material tavsifi

Slayd shou dasturlar Reja: 1. Slayd shou dasturlar. dasturi haqida tushuncha; 2. Dastur yordamida amalga oshirilishi mumkin bo'lgan ishlar; 3. Slayd shou dasturi menyulari va ular bajaradigan ishlar; 4. Maxsus effektlarni o'rnatish; 5. Slayd shou dasturidagi ko'shimcha elementlar bilan ishlash. Tayanch so'z va iboralar: 1. taqdimot 2. Slayd 3. Prezentatsiya 4. Ko'rgazmalar 5. Animatsiya 6. Multimedia 7. muloqot darchasi 8. Belgilar 9. Namoyish 10. Dizayn 11. Sarlavxa 12. Struktura Power Point dasturi haqida tushuncha Power Point dasturi MICROSOFT OFFICE firmasining WINDOWS kobigi yordamida yaratilgan bo'lib, dastur prezentatsiyalar bilan ishlash (tanishtirish, taqdimotlar qilish) uchun eng kulay dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali xilma-xil turdagi ko'rgazmali qurollarni yaratish mumkin va ayrim joylarda esa uni ma'lumotlar bazasi sifatida xam ko'llash mumkin. Ayrim xollarda esa bu dasturda multimedia vositalarni boshqarish va ularni ko'llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini xam bajarish mumkin. Bu yerda asosiy tushunchalar: slayd va prezentatsiyalar hisoblanadi. Slayd - malum bir o'lchamga ega bo'lgan muloqot varakalari hisoblanadi. Ularda yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi. Prezentatsiya - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentatsiya1-PowerPoint dasturi ochilganda, sarlavxalar katori paydo bo'lib, unda yaratilayotgan yoki yaratilgan prezentatsiyaning ayni vaqtdagi nomi hosil bo'ladi. Bu nomni keyinchalik o'z xoxishingizga ko'ra almashtirishingiz mumkin. Power Point dasturini ishga tushirish Bu dasturni ishga tushirishni WINDOWS ish stolidan boshlash zarur. Ish stolidagi quyidagi buyruklarni bajarish orqali dastur ishga tushiriladi. «Pusk» - «Programmi» - «Microsoft Power oint» (1-rasm) Eslatma: yuqoridagi buyruklarni bajarish sichkonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Power Point ishga tushgandan so'ng ish ko'rgazma yaratish muloqot darchasi va mavjud prezentatsiyalar bilan boshlanadi. Power Point ishga tushirilgan ekranda 2-rasmda ko'rsatilgan muloqot darchasini ko'rish mumkin. Power Point dasturi yordamida amalga oshirilishi mumkin bo'lgan ishlar yuqoridagi muloqot darchasi orqali ko'rgazmalar yaratish turini tanlab olish mumkin bo'ladi. 2-rasmda quyidagi 4 ta asosiy bo'lim berilgan, ularning xar biri haqida to'xtalib o'taylik. «Avtomundarija ustasi» («Master avtosoderjaniya») - ma'ruzachining ismi, familiyasi, mavzu nomi, ko'rgazma turi, uslubi, rangli chizmasi kiritilib, bir necha slayddan iborat bo'lgan tayyor ko'rgazmani olish mumkin. «Takdim etish koliplari» («Shablon prezentatsii») - ko'rgazmani jihozlash turini tanlash va ularda ish olib borish imkonini beradi. «Bo'sh prezentatsiya» («Pustuyu prezentatsiyu») - mustaqil ravishda ko'rgazma tuzish imkonini beradi. «Prezentatsiyalarni ochish» («Otkrit prezentatsiyu») - kompyuter xotirasida diskda mavjud bo'lgan ko'rgazmali fayllarni ochish imkonini beradi. xar bir foydalanuvchi bu dasturda ish olib borish uchun yuqoridagi bo'limlaridan birini o'z maqsadiga ko'ra tanlashi mumkin. Dastur ishini bo'sh ko'rgazmadan xam boshlash mumkin. Bunda xam rang sxemasi, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:29 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga