Sonli elementlarning klassifikatsiyasi. Integral mikrosxemalar, ularning belgilanishi va asosiy parametrlari

Sonli elementlarning klassifikatsiyasi. Integral mikrosxemalar, ularning belgilanishi va asosiy parametrlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Sonli elementlarning klassifikatsiyasi. Integral mikrosxemalar, ularning belgilanishi va asosiy parametrlari - rasmi

Material tavsifi

Sonli elementlarning klassifikatsiyasi. integral mikrosxemalar, ularning belgilanishi va asosiy parametrlari Reja: 1. Integral mikrosxemalar va ularning turlari Integral mikrosxemalarning belgilanishi Integral mikrosxemalarning uzatish xarakteristikalari Ayrim mikrosxemalarning taqqoslash xarakteristikalari Integral mikrosxemalarning tarmoqlanish koeffitsiyenti 1. Integral mikrosxemalar va ularning turlari Integral mikrosxema - elektrik birlashgan elementlarning yuqori zichligiga ega bo'lgan va signallarni o'zgartirish hamda qayta ishlash bo'yicha malum funksiyalarni bajaruvchi mikroelektron mahsulotdir. Hozirgi kunda sanoatda yuzlab turdagi integral mikrosxemalar ishlab chiqariladi. Shuning uchun ularni quyidagi ko'rsatgichlari bo'yicha klassifikatsiyalash maqsadga muvoffiqdir. Ishlab chiqarish texnologiyasi bo'yicha mikrosxemalar uchga bo'linadi: yarim o'tkazgichli, plenkali, gibritli. Yarim o'tkazgichli integral mikrosxemalarda barcha elementlar va elementlar orasidagi bog'lanishlar mikrosxema ichida hamda yarim o'tkazgichning ustki qismida mujassamlashgan. Plenkali integral mikrosxemalarda barcha elementlar va ular orasidagi bog'lanishlar plenka ko'rinishida tayyorlanadi. Gibritli mikrosxemalar elementlardan (tranzistorlar, diodlar, kondensatorlar) shuningdek oddiy va murakkab komponentalardan (masalan, yarim o'tkazgichli mikrosxemalar kristallari) tashkil topadi. Funksional belgilanishi bo'yicha integral mikrosxemalar ikkiga bo'linadi: analogli, raqamli. Bunday mikrosxemalar mos ravishda uzluksiz (analogli) va diskret (raqamli) signallarni qayta ishlash uchun xizmat qiladi. Qullanilish darajasi bo'yicha integral mikrosxemalar quyidagilarga bo'linadi: - umumiy qo'llaniladigan mikrosxemalar; - yarim buyurtmali mikrosxemalar; - buyurtmali mikrosxemalar. Umumiy qo'llaniladigan mikrosxemalar malum funksiyalar uchun belgilangan va radio-elektron apparatlarga xizmat qiladi. Yarim buyurtmali mikrosxemalar bazali kristallar asosida ishlab chiqiladi va aniq radio-elektron apparatlar uchun yaratiladi. Buyurtmali mikrosxemalar standart yoki maxsus buyurtmalarning funksional sxemalari asosida yaratiladi. Integratsiya darajasi bo'yicha integral mikrosxemalar quyidagilarga bo'linadi: - kichik integratsiya darajasi (MIS- 10-tagacha elementlar); - o'rtacha (SIS- 100-tagacha elementlar); - katta (BIS- 100-tagacha elementlar); - o'ta katta (SBIS- 100-dan yuqori elementlar). Asosiy mantiqiy elementlarnineg tiplari bo'yicha integral mikrosxemalar quyidagilarga bo'linadi: - tranzistor-tranzistor mantiqi (TTL); - emiterli-bog'liqli mantiq (ESL); - metall-dielektrik-yarim o'tkazgich (MDP). Integral mikrosxemalarning belgilanishi Integral mikrosxemalarni belgilash asosan to'rt qismdan iborat. 1) Birinchi raqam-konstruktiv texnologik guruhni belgilaydi (1,5,6,7-yarim o'tkazgichli, 2,4,8-gibritli, 3-plenkali). 2) Ikkinchi qism- ikki yoki uchta raqam (00-dan 99-gacha) mikrosxemaning tartib rakamini belgilaydi. 3) Uchinchi- ikkita harf, mikrosxemaning funksional belgilanishi ( G-generatorlar, L-mantiqiy elementlar, F-formirovatellar, R-xotira elementlari va q.k.). 4) To'rtinchi- mikrosxemaning mazkur seriyadagi funksional belgi bo'yicha shartli nomeri. Masalan: 155 LA 3 Seriyaning nomeri oldida qo'shimcha harflar bo'lishi mumkin: K- keng qo'llaniladigan mikrosxema (K 561 IR 1); M- keramik korpusli mikrosxema ( KM 155 IM 3) va h.k. Integral mikrosxemalarning uzatish xarakteristikalari Bazali mantiqiy elementlar yoki ventillarning asosiy xarakteristikasi - bu invertorning uzatish xarakteristikasidir: Uvix = f(Uvx). Integral mikrosxemaning uzatish xarakteristikasida quyidagi belgilashlar kiritilgan. Uvix1Uoh - mantiqiy birga mos 1 bo'lgan mantiqiy elementning chiqish yo'lidagi kuchlanish. Uvix1porUoht - hali 1-ga mos bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.59 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.59 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga