So'rovlar hosil qilish. ma'lumotlarni so'rovlarda gruppalash. Funksiyalardan foydalanish Reja: So'rovlar hosil qilish. ma'lumotlarni so'rovlarda gruppalash. Funksiyalardan foydalanish. So'rovlar. So'rovlarni loyhasilash So'rovlar ko'rish, tahlil qilish va berilganlarni o'zgartirish orqali berilgan mezonlarni qondirishga mo'ljallangan. Access da so'rovlar parametrlari so'rov konstruktori oynasida beriladgan so'rovlar va so'rovlar tashkil qilishda SQL tilining buyruqlari va funksiyalari qo'llaniladigan SQL-so'rovlar (Structured Query Language - so'rovlarning strukturali tili) ga bo'linadi. Access QBE - so'rovlarni osongina SQL-so'rovlarga va teskarisiga o'tkazadi. QBE-so'rovlar QBE - so'rovlarning eng ko'p tarqalgan turlaridan biri tanlanma so'rovidir. Vid menyusining obyektq baza dannix buyrugini aktivlashtiring, ochilgan qism menyudan Zaprosi buyrugini bajaring (yoki ma'lumotlar bazasining Zaprosi obyektidagi qo'yilmani sichqon yordamida ikki marta bosing). Sozdat tugmasini bosing. Monitor ekranida Novqy zapros muloqat oynasi ochiladi va bu oynada dastur so'rovlar tanlash usullaridan birini tanlashni taklif etadi: Konstruktor- so'rovlarni usta yordamisiz tuzish; Oddiy so'rovlar - tanlangan maydonlar asosida oddiy so'rov tuzish; Qamrovchi so'rov - ma'lumotlar elektron jadvallardagi kabi kompakt formatga ega bo'lgan so'rov tuzish; Takrorlanuvchi yozuvlar - jadvaldagi takrorlanuvchi yozuvlarni yoki oddiy so'rovni tanlovchi so'rov tuzish; Bo'ysinmaydigan yozuvlar - jadvaldagi boshqa jadvallar yozuvlari bilan aloqada bo'lmagan yozuvlarni tanlovchi so'rov tuzish. Konstruktor usulini tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. Natijada konstruktor so'rovining bo'sh oynasi va Dobavlenie tablitsq muloqat oynasi paydo bo'ladi. Dobavlenie tablitsq muloqat oynasi uchta qo'yilmadan tashkil topadi - Tablitsq, Zaprosi va Tablitsq i Zaprosi. Ular asosida so'rov yaratishda ishlatiladigan jadval va so'rovlarni yangilash amalga oshiriladi. Tablitsq qo'yilmasiga o'tib, SPISOK SDAChI EKZAMYeNOV jadvalini belgilaymiz va Dobavit tugmasini bosamiz. So'ngra SPISOK UChAЩIXSYa jadvalini belgilaymiz va yana Dobavit tugmasini bosamiz. Zakrqt tugmasini bosib muloqat oynasini yopamiz. Jadvallar nomlari so'rovlarni loyhasilash oynasida paydo bo'ladi. So'rovlar konstruktori oynasi So'rovlar konstruktori oynasi ikki qismga bo'lingan bo'ladi. Yuqori yarmida maydon ro'yxati bilan jadval oynasi joylashadi. Xar bir jadvalning nomi bunday oynaning sarlavxalar qatorida aks ettiriladi. Bir nechta jadvallar asosida so'rov yaratayotganda maydonlar orasidagi munosabatlarni ko'rsatib, ular orasidagi zarur aloqalar o'rnatiladi. Aks holda so'rovlarni qayta ishlash natijalari nokorrekt bo'lishi mumkin. Qaralayotgan misoldagi kabi ikkita jadval o'rtasidagi munosabatlar berilgan, ikkita jadval maydonlari orasidan chiziq o'tkazilgan. Undan tashqari, sxemada aloqaning birdan ko'plikka xarakterdaligi xam ko'rinib turibdi. Bu holda eng asosiysi SPISOK UChAЩIXSYa jadvalidir. Shuni takidlash lozimki, agar xatto munosabatlar oldindan aniqlanmagan bo'lsa xam, jadval o'rtasidagi aloqa baribir o'rnatiladi. So'rov yaratish bir necha bosqichlarda bajariladi: So'rovga maydonlar qo'shish. Yozuvlarni tanlash mezonlarini o'rnatish. Yozuvlarni saralash. So'rovga maydonlar qo'shish So'rovga tanlangan jadvalning barcha maydonlarini kiritish shart emas. Masalan, ko'rilayotgan misolda bizni «Nomer gruppq», «Nomer uchashegosya», «Kod predmeta» va «Otsenka» lar qiziqtiradi. So'rov faqat shu ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:18:00
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
304.96 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:18 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
304.96 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:29 ]
Arxiv ichida: doc