Sovet davri iqtisodiy ta'limotlari shakllanishining asosiy bosqichlari

Sovet davri iqtisodiy ta'limotlari shakllanishining asosiy bosqichlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Sovet davri iqtisodiy ta'limotlari shakllanishining asosiy bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

Sovet davri iqtisodiy ta'limotlari shakllanishining asosiy bosqichlari Reja: Sotsialistik iqtisodiyot qurilishi yo'llari to'g'risida ta'limot. O'tish davri konsepsiyasi. Ishlab chiqarishni umumiylashtirish dasturi va alternativ iqtisodiy ta'limotning vujudga kelishi. 1.Sotsialistik iqtisodiyot qurilishi yo'llari to'g'risida ta'limot. Tarixda 1917 yilgi Oktyabr revolyutsiyasidan so'ng qurilayotgan tuzimning iqtisodi va ilk bor vujudga kelgan siyosiy iqtisodiy ta'limotning rivojlanishi o'ziga xos xususiyatga ega, yani bu davr Sovet iqtisodiy ta'limotlari tarixida markscha-lenincha iqtisodiy qarashlar bosqichi sifatida belgilanadi. Sotsializm deb atalgan jamiyatni qurish amaliyoti jarayonida faqatgina sotsializmga xos bo'lgan iqtisodiy qonuniyatlarning qaror topishi va rivojlanishi masalasini hal etish - sotsializm iqtisodiy nazariyasini fan sifatida shakllantirish masalalari V.I.Lenin zimmasiga tushdi. Sovet hokimiyatining birinchi yillari V.I.Lenin sotsializm iqtisodiy rivojlanishining amaliy prinsipi va metodlarini yaratish ustida ish olib bordi. U kapitalizmdan sotsializmga o'tishning, sotsialistik iqtisod asoslarini yaratishning tamoyillarini ishlab chiqdi. Dastlabki yillardagi tarixiy tajriba umumlashtirilib V.I.Lenin o'z asarlarida kapitalizmdan sotsializmga o'tish davrining zarurligini alohida takidlab o'tdi. Jamiyatning shu davrga xos bo'lgan iqtisodiy va sinfiy tuzilishini ishlab chiqdi. Proletar diktaturasi davrida iqtisod va siyosat, Oziq ovqat solig'i to'g'risida va boshqa asarlarida V.I.Lenin Rossiyada o'tish davriga xos bo'lgan ko'p ukladlilik va bu ukladlarning bir - biri bilan uzviy aloqasi mavjudligini ko'rsatib berdi. V.I.Lenin bu ukladlar ichida uchta uklad - sotsialistik, mayda tovar ishlab chiqarish va kapitalistik ukladlarga etibor berib, shu uchta uklad sotsializmga o'tmoqchi bo'lgan barcha kapialistik davlatlar uchun xos va umumiy ekanligini aytib o'tgan edi. O'tish davrining iqtisodi va sinfiy strukturasini tahlil qilish orqali bu davlatlarning keyingi yillar olib borgan iqtisodiy siyosatining mazmuni va xarakterini aniqlash mumkin. Shu davr iqtisodiy siyosatining nazariy tamoyillarini ishlab chiqish lenincha iqtisodiy qarashlarning paydo bo'lishi va rivojlanishiga olib keldi. Lenin tomonidan jahon iqtisodiy amaliyoti uchun butunlay notanish bo'lgan yangi sotsialistik xo'jalik yuritish tamoyillarini ishlab chiqish siyosiy iqtisod fanida xam butunlay yangi muammolarni hal etishni nazarda tutar edi. 1918 yilning boshlaridayoq Sovet hokimiyatining navbatdagi vazifalari, Kommunizmda bolalarga sullik kasali asarlarida iqtisodiy muammolarni hal etishning, yangi iqtisodiy siyosatning asosiy konturlari berilgan edi. Lenincha sotsialistik iqtisodiyotning asoslarini yaratishda quyidagilar ko'zda tutilgan edi: mahsulotni ishlab chiqarsh va taqsimlash ustidan umumxalq nazorati va hisobini tashkil etish, mehnat unumdorligini oshirish. Sotsializm qurilishi manfaatini ko'zlab, davlat kapitalizmi siyosatidan foydalanish, chet el kapitalizmidan va mutaxassislaridan foydalanish. Pul-kredit va moliyaviy dastaklardan keng ko'lamda foydalanish, ish haqini ishlab chiqarish natijasi bilan bog'lash, ilg'orlarni rag'barlantirish. Jahon bilan qishloq o'rtasida natural soliq va tartiblashtirilgan davlat tovar ayriboshlashni o'rnatish. V.I.Lenin sanoatning barcha tarmoqlarini to'la natsionalizatsiya qilish tarafdori bo'lgan. Faqat banklar, og'ir sanoat, transport, tashqi savdo sovet hokimiyati qo'liga olindi, qolgani xususiy qo'llarda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.97 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.97 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga