SQL tili va uning tarkibi SQL tili tarixi

SQL tili va uning tarkibi SQL tili tarixi

O'quvchilarga / Informatika va AT
SQL tili va uning tarkibi SQL tili tarixi - rasmi

Material tavsifi

SQL tili va uning tarkibi SQL tili tarixi Malumki, relyatsion modelning tarixi (va bilvosita SQL tarixi ham) 1970 yil Ye,F.Koddni (bu paytda u IBM korporatsiyasining San Xosedagi tadqiqot markazida ishlagan) maqolasi chiqqan davrdan boshlanadi. 1974 yil shu laboratoriyada ishlovchi D. Chemberlen Structured English Query Language yoki SEQUEL deb nomlangan tilni elon qiladi. 1976 yil bu tilning qayta ishlangan SEQUEL2 versiyasi yaratildi va u rasmiy ravishda SQL deb atalgan. hozirgi kunda SQL qisqartmasini bazilar sikvel deb talffuz etadi. Biroq rasmiy ravishda u es-kyu-el deb o'qilishi kerak. SQL tili relyatsion algebra paydo bo'lgandan keyin paydo bo'ldi va uning birinchi prototipi IBM Research kompaniyasi tomonidan 70 yillar oxirida yaratilgan. Bu til birinchi IBM System R nomli MBBT tarkibiga kiritilgan. Keyinchalik bu til ko'pgina tijorat MBBT tarkibida qo'llanilgan va keng tarqalganligi sababli vaqt o'tishi bilan relyatsion MBBT larda ma'lumotlar ustida amallar bajaruvchi tillarning norasmiy standarti bo'lib qoldi. SQL tilining birinchi ramiy standarti 1989 yil qabul qilingan. Ko'pgina MBBT lar ushbu standartni qo'llab - quvvatlaydi. Biroq ma'lumotlar bazasi bilan bog'liq axborot texnologiyalarining rivojlanishi va bazi talablarning paydo bo'lishi birinchi SQL standartini qayta ishlash va kengaytirishni taqoza etdi. 1992 yil oxirida SQL tilining yangi xalqaro standarti (SQL92 yoki SQL2) qabul qilindi unda ham bazi kamchiliklar aniqlangan, biroq shunga qaramasdan SQL89 ga nisbatan aniq va to'liqroq hisoblanadi. hozirgi paytda ko'pgina MBBT ishlab chiqaruvchilar o'z mahsulotlarini SQL2 standartini qanoatlantiradigan qilib o'zgartirdilar. 199 yil SQL3 deb atalgan yangi standart paydo bo'ldi. Agar SQL1 va SQL2 standartlari biri -biridan miqdor jihati bilan farq qilgan bo'lsa, SQL3 standarti sifat jihatlari bilan farqlanadi. SQL3 ga murakkab strukturaga ega ma'lumotlar tipini ishlatish imkonini beradigan yangi ma'lumotlar tipi kiritilgan. Bu tipni obyektga mo'ljallanganlik darajasi yuqori hisoblanadi. SQL tilini tula qonli an'anaviy dasturlash tillari tarkibiga kiritib bo'lmaydi. Chunki unda dastur bajarilishini boshqaruvchi va boshqa ko'pgina an'anaviy operattorlar yo'q. Unda faqat ma'lumotlar bazasida saqlanayotgan ma'lumotilarga murojaat qiluvchi operatorlar mavjud. SQL tili o'rganish uchun juda oson. bu noprotsedura til. Shuning uchun unda ma'lumotni qanday olish emas, balki qanday ma'lumot olish kerakligi ko'rsatiladi. Boshqacha aytganda, SQL tili ma'lumotlarga murojaat usulini ko'rsatishni talab etmaydi. Boshqa zamonaviy tillar kabi SQL tili operatorlarning mustaqil formatiga ega. Yani operatorlarni yozishda operatorlarni alohida elementlari ekrandagi malum o'rinlarda joylashishi bilan bog'liq emas. buyruqlar ingliz tilining odatdagi so'zlaridan iborat kalit so'zlardan tashkil topgan, masalan, CREATE TABLE (jadval yaratish), INSERT (kiritish), SELECT (tanlash) SQL operatori xizmatchi so'zlar va foydalanuvchi qo'llaydigan so'zlardan tashkil topadi. Xizmatchi so'zlar SQL tili doimiy qismi bo'lib, ular aniq qiymatga ega. Ularni standartda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.92 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.92 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga