Stabilizatorlar, ularning Ishlash prinsipi va strukturasi. amplitudali modulyatorlar. mikrosistemalar texnikasi prinsiplari Reja: 1. Stabilizatorlar, ularning turlari Kirishdan boshqariluvchi stabilizatorlar Chiqishdan boshqariluvchi stabilizatorlar 1.Stabilizatorlar, ularning turlari Elektron stabilizatorlar murakkab stabilizator bo'lib, ularda chiziqli bo'lmagan element vazifasini elektron asboblar-tranzistorlar bajaradi. Sodda stabilizatorlarda bo'lgani kabi elektron stabilizatorlarda ham chiziqli bo'lmagan element nagruzka rezistoriga nisbatan ketma-ket va parallel ulanishi mumkin. Parallel ulanganda avtomatik shunt, ketma-ket ulanganda esa, so'ndiruvchi qarshilik vazifasini bajaradi. Sodda stabilizatorlarda chiziqli bo'lmagan element nagruzka rezistori bilan ketma-ket ulanganda tok kuchini, parallel ulanganda esa, kuchlanishni stabillar edi. Elektron stabilizatorlarda bunday chegaralanish bo'lmaydi. Ularda tok kuchi va kuchlanishni stabillash ulash xiliga bog'liq emas. U tartibga soluvchi tranzistorning bazasiga beriladigan boshqaruvchi kuchlanish deb ataladigan kuchlanishning xarakteri bilan aniqlanadi. Agar stabillash sxemesida boshqaruvchi kuchlanish nagruzkadan o'tadigan tokka mutanosib bo'lsa, qurilma tok stabilizatori deb, agar u nagruzkadagi potentsial tushuviga mutanosib bo'lsa kuchlanish stabalizatori deyiladi. 2. Kirishdan boshqariluvchi stabilizatorlar Kirishdan boshqariluvchi stabilizator tranzistordan, uchta rezistordan va sig'imdan tashkil topgan. Unda R1 rezistoridagi kuchlanish T tranzistorning bazasiga uzatiladi. Uning kattaligi U1 kirish kuchlanishiga mutanosib bo'lib, boshqaruvchi kuchlanish bo'lib hisoblanadi. Agar kirish kuchlanishi ortsa, R1 rezistorda ajraladigan kuchlanish ham ortadi. U teskari ishora bilan bazaga uzatilgani uchun T tranzistor yopila boshlaydi. Bu o'zgarmas tokka nisbatan tranzistor qarshiligining ortishiga ekvivalentdir. Natijada boshqaruvchi element -tranzistorda kuchlanish tushuvi ortadi. Aksincha, kirish kuchlanishining kamayishi tranzistor qarshiligining kamayishiga olib keladiki, undagi kuchlanish tushuvi ham kamayadi. Shunday qilib, R1 rezistor tufayli sxemada manfiy teskari bog'lanish jarayoni sodir bo'ladiki, u emitter va baza kuchlanishlarining qarama-qarshi fazada o'zgarishini ta'minlab turadi. Shuning uchun sxema parametrlarini tanlash yo'li bilan tranzistorda shunday ish rejimi hosil qilish mumkinki, undagi kuchlanish tushuvining o'zgarishi son jihatdan kirish kuchlanishi o'zgarishiga teng bo'lsin. U holda chiqish kuchlanishi o'zgarishsiz bo'ladi. Sxemaning sezgirligini ortirish uchun boshqaruvchi kuchlanishni katta qilib olish kerak. Buning uchun R1 rezistor qarshiligini kattalashtirish kerak. Lekin R1-ning ortishi bilan undagi o'zgarmas kuchlanish ham ortadi va tranzistorning ishchi nuqtasini uning ishchi sohasidan chiqarib yuboradi. Ishchi nuqtani ishchi sohaga siljitish uchun sxemaga ko'shimcha Yes manba ulanadi. 3.Chiqishdan boshqariluvchi stabilizatorlar Chiqishdan boshqariluvchi stabilizatorlarning ishlash prinsipi, kirishdan boshqariluvchi stabilizatorlar deyarli farq qilmaydi. Haqiqatdan ham chiqishdan boshqariluvchi stabilizatorning ketma-ket sxemasida boshqaruvchi kuchlanish Rn nagruzka rezistorining klemmalaridan kuchlanishga mutanosibdir. Chiqish kuchlanishi ortsa, R1 rezistordagi kuchlanish ham ortadi va u tranzistorning bazasidagi manfiy kuchlanishni kamaytiradi. Natijada tranzistorning o'zgarmas tokka bo'lgan qarshiligi ortadi va undagi potentsial tushuvi ko'payadi. Bu chiqish kuchlanishining kamayishiga olib keladi. Aksincha, chiqish kuchlanishi kamaysa, yuqorida ko'rilgan jarayon teskari yo'nalishda sodir bo'ladi va chiqish kuchlanishi ortadi. Amalda chiqishdan boshqaruvchi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:18:00
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.29 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:18 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.29 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:30 ]
Arxiv ichida: doc