Standard komponentalar palitrasi xususiyat uslub va hodisa Reja: 1. xususiyat, uslub va hodisa 2. Standard komponentalar palitrasi 3. Komponentalardan foydalanib dastur yaratish xususiyat, uslub va hodisa obyektli dasturlash - bu tarkibida obyekt tushunchasi bo'lgan dasturlarni qayta ishlash uslubidir. Qo'yilgan masalalar obyektlar yordamida echilsa, ular obyektli dasturlar deb ataladi. Undagi asosiy dastur obyektlar ketma-ketligini o'zida saqlaydi va ularni bir-biri bilan bog'laydi. Klass - bu murakkab ko'rinishga ega bo'lib, bir joyga jamlangan funksiyalar va ma'lumotlar yozuvlarini o'zida mujassamlashtiradi. Quyidagi misolda oddiy sinfni elon qilish yo'lini ko'rib chiqaylik: class TPerson private: string fname; string faddress; public: void show(); ; Klassning o'zgaruvchilari xususiyat deb ataladi. Funksiyalari esa uslub (metod) deb nomlanadi. Yuqoridagi misolda TPerson - klass nomi, fname va faddress - xususiyatlar yoki maydonlar, show() - klassning uslubi (metodi) deb ataladi. xususiyatlar ilovalar yaratishi va boshqarilishida komponentlar tashqi ko'rinishi va amal qilishni boshqarish imkoniyatini beradi. Odatda komponenta xossasining qiymatlari ilovalarni yaratish vaqtida obyektlar inspektoriyordamida amalga oshiriladi. Keltiriladigan misollar tushunarli bo'lishi uchun xossalar qiymatlari qiymat berish operatori yordamida amalga oshiriladi. Shuni takidlash kerakki, komponentlari barcha xossaga ega bo'lmasligi mumkin.Masalan, bazi bir komponentalarda sarlavha xususiyati mavjud bo'lsa, bu xususiyat bazi bir komponentalarda mavjud emas. Bunday turdagi xususiyatlar bir yoki ikkita emas. hodisa - bu obyekt yordamida biron bir ish bajarishdan iborat. hodisa bajarilganidan so'ng shu obyekt yordamida qandaydir ma'lumotlar qayta ishlanadi. Masalan, ruchkani oladigan bo'lsak, ruchka bu obyekt, uning hodisasi biron-bir boshqa obyektning ustida harakatidir. obyektga yo'naltirilgan dasturlash tillarida hodisani ajratib olish uchun xosidaning nomi oldiga On so'zi qo'shilgan. Masalan, obyektning chertish, bosish manosini anglatuvchi Click hodisasi OnClick deb nomlangan. Standard komponentalar palitrasi Ilovalar interfeysi yaratish uchun C++Builder vizual komponentalarining keng to'plamini taqdim qiladi. Ularning asosiylari komponentalar palitrasining Standard, Additional va Win32 varaqlarida joylashgan. Standardvarag'idagi interfeys komponentalarining aksariyati Windows operatsion tizimi boshlang'ich versiyalarida ishlatilgan obyektlardan iborat: Frames - Freymlar; MainMenu -asosiy menyu. Bosh menyu komandalari panelini va ularga mos keladgan tushib qoladigan menyularni yaratadi. Barcha menyu buyruqlarining identifikatorlari menyuning har qanday konkret buyrug'iga kirish huquqiga ega bo'lgan Items xususiyati bilan aniqlanadi, AutoMerge xususiyati Merge va Unmerge metodlari bilan birgalikda turli shakldagi menyularning birlashish jarayonini boshqaradi; PopUpMenu - oqib chiquvchi menyu. Shakl yoki bironta boshqa komponenta uchun maxsus menyu yaratadi. Etiborga oling, aynan shu maqsad uchun har qanday boshqa komponenta PopUpMenu xususiyatiga ega bo'lib, bu xususiyatda siz uning bilan bog'liq menyuga iqtibos qilishingiz mumkin. Agar siz sichqonchaning o'ng tugmasini shaklga yoki berilgan komponenta mansub bo'lgan biron boshqa elementga bosish bilan maxsus menyu ekranda paydo bo'lishini xohlasangiz, ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:18:00
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.67 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:18 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.67 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:30 ]
Arxiv ichida: doc