Standart shablon sinflar kutubxonasi

Standart shablon sinflar kutubxonasi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Standart shablon sinflar kutubxonasi - rasmi

Material tavsifi

Standart shablon sinflar (STL) kutubxonasi (dasturlash) Reja: STL tarkibi Sinf-konteynerlar Konstruktorlar Iteratorlar Xotirani taqsimlovchilar, predikatlar va solishtirish funksiyalari Assotsiativ konteynerlar (massivlar) Konteyner usullari STL tarkibi Biblioteka yadrosi uchta elementdan iborat: konteynerlar, algoritmlar va iteratorlar. Konteynerlar (containers) - bu boshqa elementlarni saqlovchi obyektlar. Masalan, vektor, chiziqli ro'yxat, to'plam. Assotsiativ konteynerlar (associative containers) kalitlar yordamida ularda saqlanadigan qiymatlarni tezkor olish imkonini yaratadi. Xar bir sinf - konteynerida ular bilan ishlash uchun mo'ljallangan funksiyalar to'plami aniqlangan. Masalan, ruyxat elementlarni kiritish, chiqarish, va qo'shish funksiyalarni o'z ichiga oladi. Algoritmlar (algorithms) konteyner ichidagilar ustidan operatsiyalar bajaradi. Konteyner ichidagilarni initsializatsiyalash, qidirish, saralash va almashtirish uchun algoritmlar mavjud. Ko'p algoritmlar konteyner ichidagi elementlarni chiziqi ro'yxatini ifodalaydovchi ketma-ketlik (sequence) bilan ishlash uchun mo'ljallangan. Iteratorlar (iterators) - bu konteynerga nisbatan ko'rsatkich sifatida bo'lgan obyektlar. Ular massiv elementlariga ruxsat oluvchi ko'rsatkichlar kabi, konteyner ichidagiga ruxsat olish imkoni beradi. Sinf-konteynerlar STL da quyidagi sinf-konteynerlar aniqlangan: Asosiy konteynerlar vector dinamk massiv list chiziqli ro'yxat deque ikki tarafli dvustoronnyaya tartib set to'plam multiset xar bir elementi noyob bo'lishi shart emas to'plam map kalit qiymat juftlikni saqlash uchun assotsiativ ro'yxat. Bunda xar bir kalit bitta qiymat bilan bog'langan. multimap xar bir kalit bilan ikkita yoki ko'proq qiymatlar bog'langan hosila konteynerlar stack stek queue tartib priorityqueue birinchi o'rindagi tartib Konstruktorlar Ixtiyoriy sinf-konteyner ko'rsatilmagan holda konstruktor va destruktorni nusxalovchi konstruktorga ega. Masalan, vektor sinf-konteynerning konstruktori va destruktori: Ixtiyoriy obyekt uchun ko'rsatilmagan holda konteynerda saqlanuvchi konstruktor mavjud bo'lishi shart. Undan tashqari, obyekt uchun va == operatorlar aniqlanish lozim. Iteratorlar Itaratorlar bilan ko'rsatkichlar kabi ishlash mumkin. Ularga *, inkrement, dekrement operatorlarni qo'llash mumkin. Iterator tipi sifatida har xil konteynerlarda aniqlangan iterator tip elon qilinadi. Itoratorlarning beshta tipi mavjud: 1. Kiritish iteratorlar (inputiterator) tenglik, nomini o'zgartirish va inkrementa operatsiyalarni qo'llaydi. ==, !=, *i, ++i, i++, *i++ Kiritish iteratsiyasining maxsus holati istreamiterator iborat. 2. Chiqarish iteratorlar (outputiterator) o'zlashtirish operatorning chap tarafidan imkon bo'lgan isimning o'zgartirish va inkrementa operatsiyalar qo'llanadi. ++i, i++, *i=t, *i++=t Chiqarish iteratsiyasining maxsus holati ostreamiterator. 3. Bitta yo'nalishdagi iteratorlar (forwarditerator) kiritishchiqarish operatsiyalarning barchasini qo'llaydi, bundan tashqari chegarasiz o'zlashtirishning imkonini beradi. ==, !=, =, *i, ++i, i++, *i++ 4. Ikki yo'nalishdagi iteratorlar (biderectionaliterator) forward-iteratorlarning barcha xususiyatlariga ega, bundan tashqari, konteynerni ikkita yo'nalishi bo'yicha o'tish imkonini beradigan qo'shimcha dekrementa (--i, i--, *i--) operatsiyasiga ega. 5. Ixtiyoriy ruxsatga ega bo'lgan iteratorlar (randomaccessiterator) biderectional-iteratorlarning barcha xususiyatlariga ega, bundan tashqari solishtirish va manzil arifmetikasi operatsiyalarni qo'llaydi. i+=n, i+n, i-=n, i-n, i1-i2, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.46 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.46 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga