Reja: 1.iqtisodiyotni boshqarish tizimida davlat statistikasining vazifalari, ularning xizmatlari va tashkil qilinishi. 2.Tartibga soluvchi statistik vazifalarni yechishni tashkil etish. 3. Axborot xizmatini ko'rsatish vazifalarini yechishni tashkil qilish. 4. iqtisodiy tahlil vazifalarini yechishni tashkil qilish. Davlat statistikasi-mamlakat iqtisodiyotini boshqarish tizimidagi eng muhim buginlardan biri. U jamiyat hayotidagi ommaviy hodisalarni o'rganish, ularning murakkab o'zaro aloqalari va hamkorliklarini aniqlash, hamda iqtisodiyotni faoliyat yuritish va rivojlanishiga ilmiy asoslangan baho berishga qaratilgan. Davlat statistikasining asosiy vazifalari kuyidagilar: iqtisodiyotning barcha sohalari va ularga tegishli korxonalarning faoliyati haqidagi statistik axborotlarni yigish, ishlab chiqish va turli foydalanuvchilarga takdim etish; hozirgi zamonaviy bosqichda jamiyat ehtiyojlari hamda xalqaro andozalarga mos keluvchi ilmiy asoslangan statistik uslubiyotini ishlab chiqish; Barcha rasmiy statistik axborotlar tulikligi va ilmiy asoslanganligini kafolatlash; iqtisodiyotni boshqarish idoralarning statistik faoliyatini muvofiklashtirish va ular tomonidan sohaviy (muassasaviy) statistik kuzatishlarini o'tkazishni ta'minlash; Barcha foydalanuvchilarga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holati, iqtisodiyotning sohalari va sektorlari haqidagi rasmiy ma'ruzalarni tarkatish yo'li bilan ochiq statistik axborotlarga teng kirishni takdim etish. Davlat statistikasi mamlakatda statistik axborot tizimini yaratish uchun baza bo'lib xizmat qiladi. Davlat statistika idoralari o'z faoliyatini O'zbekistonda hisob va statistika tizimida iqtisodiyotni rivojlantirishning davlat tomonidan boshqarishning muhim tayanchi ekanligiga rioya kilgan holda amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi boshqaruv idoralariga iqtisodiyot sohalari va ularga qarashli karxonalar va tashkilotlar faoliyati haqidagi barcha zarur statistik axborotlarni bergan holda, ularga nisbatan teskari aloqa vazifasini bajaradi. iqtisodiy kibernetika iqtisodiyotni boshqarish tizimida davlat statistika idoralari vazifalarini ko'rgazmali takdim etishga imkon beradi. boshqaruv obyektlari deganda tizimning me'yoriy faoliyat yuritishi uchun muntazam nazorat qilish va tartibga solishni talab kiladigan element tushiniladi. Statistik axborot tizimi murakkab tizimlarning oldiga qo'yilgan quyidagi barcha talablarga javob beradi: Umumiy maqsadga erishish uchun tizim elementlarining muvofik o'zaro hamkorligi nuqtai nazaridan birligi; Katta o'lchamlik; holatning murakkabligi va boshqalar. O'zbekiston Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga karovchi davlat statistika idoralari o'z ishini umumiy tamoyillar, davlat statistikasining yagona uslubiyoti va ularni tashkil qilinishi asosida bajaradi. Ularning asosiy vazifasi-mamlakatda hisob va statistika ishiga markazlashtirilgan holda rahbarlik qilishdir. Statistik axborotlar turli-tumanligi, ommaviyligi va kelib tushishining davriyligi bilan farqlanadi. Kursatib utilgan barcha obyektlardan kelib tushgan barcha statistik hisobotlarni ishlab chiqish yiliga bir necha miliard hisoblash operatsiyalarini bajarishni talab qiladi. Bunday katta ishlarni bajarish uchun vazirlik axborotlarni yigish va ishlab chiqish bo'yicha zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarining tarmogiga ega. Vazirlikka statistik axborotlarni o'z vaqtida obyektiv(to'g'ri) va ishonchli ishlab chiqish, ularni ko'rsatilgan idoralar va keng jamoatchillikka yagona ilmiy uslubiyot asosida yetkazib berish vazifasi yuklangan. Statistikaning viloyat idoralari korxonalar va tashkilotlar bilan bevosita va doimiy axborotli muloqotda bo'lib, ular hisob ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:18:00
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.02 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:18 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.02 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:30 ]
Arxiv ichida: doc