StringGrid jadval komponentasi Reja: Delphi grafik imkoniyatlari Chizish sohasi StringGrid jadval komponentasi ikki o'lchovli ma'lumotlarni, masalan matritsa elementlari qiymatini ekranda jadval ko'rinishda tasvirlash, ular qiymatini kiritish va tahrirlash uchun ishlatiladi. Jadval qator va ustun numerlari nuldan boshlanadi. Jadval ustun va qatorlar sonini keraklicha o'zgartirish mumkin. Bu uning xossasi yordamida aniqlanadi. Jadvalning har bir kesishgan ustun va satri yacheyka deyilib, unga kiritilgan ma'lumot simvol qatori bo'lib aniqlanadi. Masalan, (3,5) yacheyka to'rtinchi ustun va oltinchi qatorda joylashgan. StringGrid jadval komponentasining asosiy xossalari: ColCount -jadvaldagi ustunlar sonini aniqlaydi; RowCount -jadvaldagi satrlar sonini aniqlaydi; FixedCols -fiksirlangan ustunlar sonini aniqlaydi; FixedRows -fiksirlangan satrlar sonini aniqlaydi; Options -jadvad holatini aniqlaydi (aniqlash uning pamametrlariga asosan bajariladi, masalan GoEditing parametr true qiymatga ega bo'lsa yacheykani tahrirlash mumkin, aks holda mumkin emas. Bu parametrlarni aniqlash uchun Options xossasiga o'tib u ikki marta tez-tez bosiladi); ColWidths -jadvaldagi har bir ustun kengligini aniqlaydi; DefaultColWidth -jadvalning boshlang'ich ustunlar kengligini aniqlaydi; DefaultRowHeight -jadval satrining boshlang'ich balandligini aniqlaydi; FixedColor -fiksirlangan yacheyka rangini aniqlaydi; RowHeights -jadval satri balandligini aniqlaydi; Cells -simvol qatorli ikki o'lchamli massivni aniqlaydi. M i s o l 5. Butun qiymatli A(4,4) massiv elementlari yig'indisi va o'rta armfmetik qiymati topilsin. Ye ch i sh 1.Yangi ilova yaratamiz. 2.Formaga Additional komponentalar palitrasidan StrinGrid komponentasini StrinGrid1 nom bilan, Standart komponentalar palitrasidan Memo komponentasini Memo1 nom bilan va Botton1 tugmalarini o'rnatamiz. 3.StrinGrid komponentasining xossalarini o'rnatamiz. FixedCols -0, FixedRows -0, ColCount -4, RowCount -4. Demak, hosil qilinadigan jadval 4 ta ustun va 4 ta satrga ega. Option xossasiga kiramiz va uni ikki marta tez-tez chiqillatamiz. U yerdan GoEditing parametrini True qiymatga tenglashtiramiz. 4.Botton1 tugmasining Coption xossasiga kirib uning nomini yechish nomiga o'zgartiramiz. 5.yechish tugmasini aktivlashtiramiz, yani uni ikki marta tez-tez bosib dastur kodlarini yozish oynasiga o'tamiz va quyidagi kodlarni kiritamiz. Var i,j,cod:integer; A:array[14,14] of Real; S:real; s1:String; begin For i:=1 to 4 do For j:=1 to 4 do Val(StringGrid1.cells[i-1,j-1],a[i,j],cod); S:=0; For i:=1 to 4 do For j:=1 to 4 do s:=s+a[i,j]; Str(s:7:2,s1); Memo1.Clear; Memo1.Lines.add('Summa ='+s1); s:=s44; Str(s:7:2,s1); Memo1.Lines.add('Ortacha='+s1); end; 4.Tuzilgan loyiha (proyekt) yani Project1 va Unit1 standart modul nomlarini mos nomlar bilan almashtirib saqlaymiz. 5.Yangi nom bilan saqlangan proyekt, yani ilova F9 tugmachasini bosish bilan ishga tushuriladi. Ilova ishga tushirilganda uning quyidagi ko'rinishi ekranda namayon bo'ladi. tashkil qilingan modulning to'liq ko'rinishini keltiramiz. unit j1; interface uses Windows, Messages, SysUtils, Variants, Classes, Graphics, Controls, Forms, Dialogs, Grids, StdCtrls; type TForm1 = class(TForm) StringGrid1: TStringGrid; Button1: TButton; Label1: TLabel; Memo1: TMemo; procedure Button1Click(Sender: TObject); private Private declarations ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:18:00
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.32 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:18 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.32 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:30 ]
Arxiv ichida: doc