Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan dasturiy vositalar

Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan dasturiy vositalar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan dasturiy vositalar - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan dasturiy vositalar Reja: Ta'limda qo'llaniladigan elektron o'quv vositalari turlari va tavsifi. iSpring dasturi va uning imkoniyatlari. iSpring Free dasturi. SCORM va TinCan tizimlari haqida tushuncha. iSpring Suite asbob uskunalari orqali elektron darslik va videoma'ruzalar yaratish. QuizMaker orqali elektron nazorat testlari, so'rovnomalar yaratish. iSpring DialogTrainer - tarmoqlangan dialogli elektron kurslarni va onlaynprezentatsiyalarni yaratish. Elektron o'quv vositalarini yaratish uchun dasturiy vositalar. Elektron darsliklar yaratish dasturiy vositalari. CoursLab dasturlari va uning imkoniyatlari. Test yaratish va o'tqazish dasturlari: Mytest, EasyQuizzy. iSpring Sute paketi dasturlari bo'lmish iSpring Kinetics, iSpring PRO, iSpring Quiz Maker, iSpring Sute dasturlari kiradi. TTa'lim resurslari qog'oz qorinishida va electron bo'ladi: kitoblar, darsliklar, qo'llanmalar va boshqalar. Elektron ta'lim resurslariga electron kitoblar, taqdimotlar, animatsiyalar, virtual laboratoriyalar, virtual modellar, testlar kiradi. Video-darsni ko'rib chiqqan talaba darsni to'liq qaytarishi mumkin, biror sabab bilan darsga kelmagan talabaga ham bu darsni o'zlashtirish zarur. Video-darslarni yaratish uchun kerakli kompyutyer dasturlarini o'rganish, shuning uchun ham dolzarb masalalardan hisoblanadi, chunki bugungi kunda multimediali o'qitish ham rivojlanishi zarur. Internetga rus tilida biror mavzuni qidiruvga bersangiz, yonida video-darslari ham chiqadi, lekin o'zbek tilida biror mavzuni qidirsangiz, mavzular, ular qatorida shu mavzuni yoki dasturni zo'r o'rgatuvchi videolarni topib bo'lmaydi, shu muammoni bartaraf qilish uchun biz video-materiallarni tayyorlash uchun nima qilish kerak, qanday dasturlarni o'rganish lozim va qanday o'rganmoq kerak degan savollarga javob berishni o'zimizga maqsad qilib quydik. Yuqoridagi fikrlarga ko'ra, biz aniqlagan muammo quyidagicha ifodalanadi. Internet manbalarni tahlil qilib, rus tilida qidiruvga biror mavzuni bersangiz, uning oldida bu mavzuga oid qator materiallar va ularga oid video-darslarni ko'rish mumkin. Lekin o'zbekcha materiallarni qidirsangiz ziyonet.o'z saytidan kerakli materiallar topiladi, lekin mavzuga doir video-darslar yo'q. Bo'lsada juda kam topiladi. O'zbek tilida yaratilgan fanlarga oid video-darslar va video-ta'lim resurslari yo'q. Bu muammoni yechish uchun quyidagi vazifani qo'yamiz: Aniq fanlarga, xorijiy tilni o'rganishga oid milliy saytlarni, ta'lim resurslarini, video-darslarni va videoli ta'lim resurslarini yaratish uslubiyotini ishlab chiqish zarur. Buning uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur: Video-darslarni yaratish uchun tasvirlarni qamrab oluvchi va videolarni, video-ta'lim resurslarini yaratuvchi kompyutyer dasturlari va dasturlar paketlarini ajratib olish. Videolarni kompyutyer dasturlarida yaratisni o'rganish va o'rgatish uslubini ishlab chiqish. Kompyuter dasturlarining ishlash prinsipi, videoni olish, yozish, tasvirni qamrab olish jarayonlarini o'rganish va amaliy bajarib chiqish. Kompyutyer dasturlarida ishlash jarayonlarini uslubiy jihatdan bosqichmabosqich yozib chiqish. Boshqa ta'lim resurlarini (misol uchun, virtual laboratoriyalarni) yaratuvchi dasturlarda ishlashni o'rganish. Dasturlarning asosiy menyusi, ishlash jarayoni bilan tanishish va ta'lim resurslarini yaratishni o'rganish va ta'lim resursini yaratish uslubini ishlab chiqish. Mavzuga oid ma'ruza, amaliy topshiriqlar ishlanmasi, mustaqil ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 4.59 MB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 4.59 MB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga