Ta'lim sohasida internet texnologiyalari

Ta'lim sohasida internet texnologiyalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ta'lim sohasida internet texnologiyalari - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim sohasida internet texnologiyalari Bugungi kunda Internet bizning hayotimizga tobora kirib bormoqda. Internetda pochta, telefoniya, biznes(savdo, bank, auksion) ishlari ko'proq amalgam oshirilmoqda. Kundan-kunga tarmoqda axborot manbalari ko'paymoqda. 2004 yilgi hisobotga ko'ra Internetdan foydalanuvchilar soni 600 mln. kishidan ortiq edi. Internet deyarli ta'lim jarayoni uchun ideal muhit vazihfasini o'taydi. Bunga Internet foydalanuvchilarining dunyoning istalgan nuqtasidan tarmoq resurslaridan foydalana olishligi muhim omillardan biri sifatida ko'rsatilmoqda. Tarmoq foydalanuvchilari va axborot sahifalari soni uzluksiz tarzda o'sib borib, ko'pchlik yoshlar uchun ermak va qulay vositaga aylanmoqda. AQSH da o'tkazilgan statistik tadqiqotlarga ko'ra Oliy o'quv yurtlarining yuqori kurs va kollejlari talabalarining 100% i Internetdan foydalanadilar. Talabalar Internetning faol foydalanuvchilari sifatida haftasiga o'rtacha 11 soatni online ga sarflaydilar. Har 10 talabadan 9 tasi kuniga elektron pochatasidan foydalanadilar. Internetdan yangilik, axborot va ish qidiradilar. Amerikalik 5 dan 17 yoshgacha bo'lgan bolalarning deyarli 90 % i kompyuterdan foydalanadilar , bu foydalanuvchilarning 59 % i Internetdan foydalanuvchilardir. 15 yoshli amerikaliklarning har to'rtinchisi Internetdan foydalanadilar, 10 yoshlilar guruhida bo'lsa 60 % ni, 16 va undan kattalarida bu ko'rsatkichlar 80 % ni tashkil etadi (bu ko'rsatkichlar ham vaqt o'tishi bilan ortib bormoqda). 1-rasm. Internetdan foydalanuvchilar (yoshi bo'yicha2004 yil) 2-rasm. Internetga ulangan kompyuterlar soni Internet birinchi navbatda axborot tarmog'idir. Katta hajmdagi axborotlar ichidan kerakli ma'lumotlarni topishda maxsus Internet qidiruv mashinalari ta'lim sohasida o'qituvchi uchun ham o'quvchi uchun ham birday qulaydir. Qidiruv mashinalarida 4 mlrd.dan ortiq unikal sahifalar birlashtirilgan. O'zbek tilidagi ma'lumotlar qidirishda o'zbek qidiruv mashinalari ww.mail.o'z, ww.doda.o'z, ww.search.o'z, ww.ziyonet.o'z, ww.google.co.o'z lar millionlab hujjatlarni qamrab olgandir. O'qituvchilar va o'quvchilar qidiruv proseduralaridan ta'lim jarayonida faol foydalanishlari mumkin. Zamonaviy jamiyatda Internet orqali masofaviy ta'limning rivojlanishiga quyidagi ikki sababni ko'rsatish mumkin: Yosh avlodlarning ta'lim potensialiga bo'lgan talabning ortishi, axborot texnologiyalarini o'zlashtirish, jamiyatdagi bilimlarni tezkor almashinuvi, insonni butun umri davomida o'qishi kerakligi, uzluksiz ta'limni zaruriylashishi. Internet tarmog'ining va kompyuter texnologiyalarining rivoji, ishlarni kompyuter va kompyuter dasturlari orqali bajarilishi soddalashishi. Internetning o'qituvchi uchun qulay bo'lgan omillari qaysilar ? Bu omillarini asosiylarini sanab o'tamiz: Mustaqil ravishda tarmoqdagi axborotlar orqali o'z malakasini oshirish. Tijorat hamda notijorat tashkilotlarining Internet tarmog'idagi masofaviy ta'limini o'zlashtirishi jaroyonida o'z malakasini oshirish. Dars o'tish uchun Internet tarmog'idan materiallar qidirish. Hokimiyat serveridan normativ hujjatlar qabul qilish. Yangi pedgogik tehnologiyalarga oid axborotlar olish. Talabnomalar jo'natish, konferensiya, tanlov va grantlar, hisobot va konferensiyalarga chiqish haqidagi axborotlarni olish. Dasturiy ta'minot olish. O'z ishlarini chop qilish va o'z ishlari to'g'risida ma'lumotlar yuborish. Hamkasb va do'stlar bilan xat yozishmalar. Fikrdoshlar va hamkasblarni boshqa shaharlar va davlardan qidirish. Internet magazinlarida savdo qilish. Ish qidirish. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.4 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.4 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga