Ta'lim tizimida excel dasturining grafik imkoniyatlarini o'qitish mavzusidagi MUNDARIJA Kirish……. 3 I bob. Informatika va uni o'qitish metodlari…… 5 I.1-§. Axborot va uning turlari5 I.2-§.Elektron jadvallar tayyorlash dasturi Microsoft Excel mavzusi bo'yicha keys……. 10 I.3-§.O'quvchi uchun o'quv uslubiy ma'lumot……15 I.4-§. Elektron jadvallar tayyorlash dasturi Microsoft Excel mavzusini o'qitish texnologiyasi……23 II.bob EXCELning grafik imkoniyatini o'qitish26 II.1. Excelda diagramma tushunchasi…….26 II.2. EXCELda tekslikda ikkinchi tartibli chiziqlar…….32 Xulosa…… 40. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……41 KIRISH Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotga mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko'tarish, unga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish hamda ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasida ko'tarildi. Ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi bilan uzluksiz ta'lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. Ishning dolzarbligi. Ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish, ta'lim oluvchilarning mustahkam nazariy bilim, faoliyat, ko'nikma va malakalarini shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga aylanishini ta'minlash maqsadida o'quv tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyadan foydalanish davr taqozosi hamda ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo'yilmoqda. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Krimovning 2012 yil 28 maydagi Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta'minlash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida qabul qilgan Qarorida zamonaviy fikrlovchi pedagogik kadrlar tayyorlashga, ta'lim jarayonida ilg'or pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek electron ta'lim resurslari va mul'tmedia taqdimotlaridan foydalanishni yo'lga qo'yishga alohida e'tbor qaratilishiga urg'u berilgan. Shu munosabat bilan bugungi kunda yuqorida aytilgan bilimlarni pedagoglar tomonidan o'rganish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Uzluksiz ta'lim-chuqur, har taraflama asosli ta'lim-tarbiya berish, mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli-tuman shakl, usul, vosita, uslub va yo'nalishlarining mukammal uyg'unligidan iboratdir. Uning turli komponentlari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik, muayyan usul va uslublarning ta'lim sharoitiga oqilona tadbiq etilishi uzluksiz ta'lim sifatini ta'minlaydi. Hozirgi kun talabalari axborot texnologiyalari bo'yicha zamonaviy amaliy dasturlar bilan ishlashni bilishlari davr talabidir. MS Excel kabi elektron jadval dasturlarini ishlatish ,undan ongli foydalanishni o'rganishlari lozim. Shu jihatdan olganda BMIning muammosi dolzarb hisoblanadi. BMIning obyekti. Litsey va kasb -hunar kollejlarida MS Excel amaliy dasturining grafik imkoniyatini o'qitish jarayoni. BMIning predmeti. o'quv jarayonida MS Excel amaliy dasturining grafik imkoniyatidan o'qitishda foydalanish muammolari va istiqbollari. BMIning asosiy maqsadi: MS Excel amaliy dasturining grafik imkoniyatini o'qitish yo'l-yo'riqlarini aniqlashdan iborat. Buning uchun quydagi vazifalarni amalga oshirish lozim: - MS Excel amaliy dasturining grafik imkoniyatini o'qitish bo'yicha ishlarni tahlil etish; - MS Excel amaliy dasturining grafik imkoniyatini o'qitish jarayoni bo'yicha ko'rsatmalar tayyorlash. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:18:00
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
829.26 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:18 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
829.26 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:31 ]
Arxiv ichida: doc