Ta'limda axborot texnologiyasi Reja: Axborot texnologiyasining maqsad va vazifalari. Axborot texnologiyasini tayyorlash manbaalari. Hozirgi zamon o'qituvchisining axborot texnologiyasi. Yangi axborot texnologiyalarining tiplari. O'qituvchining kompyuterli yangi pedagogik texnologiyalari. Pedagogik oliy o'quv yurtlari va universitetlarda bo'lajak o'qituvchilarni maktab ishiga tayyorlash tizimida yangi axborot texnologiyasi bilan qurollantirish muhim o'rni egallaydi. Maktab o'qituvchisi ishlab chiqarish taraqqiyotining kelajagi, yo'l-yo'riqlari va xususiyatlarini bilishi, shu bilan birgalikda o'zi yashab turgan xalqning an'analari va urf-odatlaridan xabardor bo'lishi lozim. Aholining ruhiyatini, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy, huquqiy, maishiy, oilaviy odatlari haqida yangi axborot olib turishi va buni o'z ta'lim tarbiyaviy ishlarida foydalanishi axborot texnologiyasini vazifalaridan biridir. Bu yangicha mazmun - axborotlarni o'quvchilarga ma'lum vaqt chegarasida yetkazish jarayonini tezlashtiruvchi omillardan biridir. Asosiy e'tibor hozirgi zamon talablari asosida ishlay oladigan maktablar, bolalar bog'chalarida ijodkorlik, izlanuvchanlik bilan mehnat qilish, tajriba va sinovlar o'tkazishdan cho'chimaydigan, ta'lim sohasidagi islohotlar yo'nalishi va mohiyatini chuqur anglaydigan, o'z kasbiga sadoqatli o'qituvchi va tarbiyachilarni tarbiyalab berishga qaratilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta'lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta'minlash rivojlanadi. Axborot texnologiyasining yana bir maqsadi insonparvarlik g'oyalarini targ'ib etish bilan birga umumiy emas, aniq bir shaxs tarbiyasiga qaratilgandir. Ya'ni hozirgi har bir o'quvchining va talabaning boshqa zarur sifatlardan tashqari mustaqil, erkin, xur fikrli bo'lib voyaga yetishga butun diqqat e'tibor qaratilgan. Hozirgi yangi pedagogik texnologiya, ta'lim standartlari, ular asosida tayyorlanayotgan darsliklar va qo'llanmalar o'zining mazmun-mohiyati bilan yoshlarning ana shunday mustaqil fikrli qilib tarbiyalashga qaratilgan. SHu nuqtai nazardan «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunning yangilanishi tabiiy hol. Lekin mazkur qonunni oldingi qonundan farqli ravishda yana bir muhim hujjat «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bilan birgalikda qabul qilinishi uning ahamiyatini yana ham takomillashtirib yubordi. CHunki milliy dasturda ta'lim tizimimiz erishgan muvaffaqiyatlar, hal etilgan muammolar, ta'limni isloh qilishni unda ko'zda tutilgan barcha maqsad va vazifalarni amalga oshirish axborot berilgan. Axborot texnologiyalari va ularning ta'limda qo'llash. «Axborot texnologiyasi» haqida tushunchalarni oydinlashtirish uchun quyidagi misolga murojaat qilaylik: Respublikamizda har kuni yuzlab ro'znomalar chop etiladi. Har qanday ro'znomalarni tayyorlanishi eng avvalo turli manbalardan (malliflardan, axborot agentliklaridan) olingan axborotlarni saralash va tahlil etish chiqishdan boshlanadi. Mazkur jarayon natijasida tanlangan materiallar tahlil uchun muharrirga beriladi. Ular chop etishga tayyor bo'lgach, ro'znomalarni sahifalarga joylashtirish maqsadida yana bir bor ko'rib chiqiladi va har bir material uchun talab etilayotgan satx aniqlanadi. Endi ana shu satxlarni ro'znomaning sahifalariga joylashtirb chiqiladi va shu tariqa ro'znomalarning bo'lg'usi soni maketi tayyor bo'ladi. Bu maket chop etish uchun bosmaxonaga topshiriladi. Xarf teruvchilar mos shrift tanlab bo'lgach, ro'znoma ko'plab nusxada chop etiladi. Ko'rinib turibdiki, bir qancha jarayonlar bosqichma-bosqich bajarilmoqda. Mazkur ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:18:00
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
694.58 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:31
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:18 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
694.58 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:31 ]
Arxiv ichida: ppt