O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA-MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI 5130200-Amaliy matematika va infarmatika yo'nalishi ALGARITMLAR asoslari fanidan Mavzu: Tanlash yoki ajratilgan oraliq asosida saralash usullari MUNDARIJA: I. KIRISH. II. ASOSIY QISM. 1. Tanlash va saralash tushunchasi. 2. Tanlash yoki ajratilgan oraliq asosida saralash usullariga doir masalalar. 3. Selection sort saralash algaritmi. II. XULOSA. IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA TA'LIM SAYTLARI RO'YXATI KIRISH Dastur so'zi ham komandalarning alohida blokini (berilgan kodini) aniqlovchi so'z, ham yaxlit holdagi bajariluvchi dasturiy mahsulotni belgilovchi so'z sifatida ishlatiladi. Dasturlashga talabni o'zgarishi nafaqat tillarning o'zgarishiga balki uni yozish texnologiyasini ham o'zgarishiga olib keldi. Dasturlash evolyusiyasi tarixida ko'pgina bosqichlar bo'lishiga qaramay biz bu kursimizda protsedurali dasturlashdan obyektlarga mo'ljallangan dasturlashga o'tishni qaraymiz. Keyingi yillarda amaliy dasturchilarga juda ko'p integratsion dastur tuzish muhitlari taklif etilayapti. Bu muhitlar u yoki bu imkoniyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Aksariyat dasturlashtirish muhitlarining fundamental asosi C++ tiliga borib taqaladi. Vaqt o'tishi bilan dasturchilar oldiga quyilgan masalalar o'zgarib boryapti. Bundan yigirma yil oldin dasturlar katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash uchun tuzilar edi. Bunda dasturni yozuvchi ham, uning foydalanuvchisi ham kompyuter sohasidagi bilimlar bo'yicha professional bo'lishi talab etilardi. Hozirda esa ko'pgina o'zgarishlar ro'y berdi. Kompyuter bilan ko'proq uning apparat va dasturiy ta'minoti, haqida tushunchalarga ega bo'lmagan kishilar ishlashyapti. Kompyuter odamlar tomonidan uni, chuqur o'rganish vositasi emas, ko'proq o'zlarining oldilariga qo'yilgan, o'zlarining ishlariga tegishli bo'lgan muammolarini yechish instrumenti bo'lib qoldi. Foydalanuvchilarning ushbu yangi avlodini dasturlar bilan ishlashlarini osonlashtirilishi bilan bu dasturlarning o'zini murakkabligi darajasi oshadi. Zamonaviy dasturlar - foydalanuvchi bilan do'stona munosabatni yuqori darajada tashkil qiladigan ko'p sondagi oynalar, menyu, muloqot oynalari va vizual grafikaviy muhitlardan tarkib topgan interfeysga ega bo'lishi lozim. ASOSIY QISIM 1. Tanlash va saralash tushunchasi Saralash deb , berilgan obyektlar ketma - ketligini ma'lum mantiqiy tartibda qayta joylashtirish jarayoniga aytiladi. Saralash bir necha ko'rsatkichlarga bog'liq bo'lishi mumkin. Misol uchun jismoniy tarbiya darslarida talabalar bo'ylariga qarab safda turadi, lekin o'quv jurnalida esa ularning universitetga qabul qilingan o'rni bo'yicha joylashgan. Shu yerning o'zida ikkita saralashdan foydalanilayapti. Birinchisi bo'y uzunligi bo'yicha , ikkinchisi esa o'quv jurnalidagi yozilgan o'rinlari bo'yicha. Saralash - bu berilgan to'plam elementlarini biror bir tartibda joylashtirish jarayonidir. Saralashni maqsadi tartiblangan to'plamda kerakli elementni topishni osonlashtirishdan iborat. Saralash dasturlarni translyasiya qilinayotganda, ma'lumotlar majmuasini tashqi xotirada tashkil qilinayotganda, kutubxonalar, kataloglar, ma'lumotlar bazasi yaratilayotganda tadbiq qilinadi. Ma'lumki, saralashning turli hil algoritmlari mavjud. Sababi, bitta masalani saralash uchun juda ko'plab turli hil algoritmlardan foydalanish mumkin. Berilgan masalani hal qilishda ba'zilari mukammal bo'lishi mumkin. Shuning uchun saralash ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:18:00
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
447.57 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:31
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:18 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
447.57 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:31 ]
Arxiv ichida: docx