Taqdimotlar tarkibidagi slaydlarning tuzilishi

Taqdimotlar tarkibidagi slaydlarning tuzilishi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Taqdimotlar tarkibidagi slaydlarning tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Taqdimotlar tarkibidagi slaydlarning tuzilishi Reja: Slayd tuzilishini o'zgartirish Slaydga matn kiritish va tahrirlash Slaydda qo'llaniladigan algoritmlar Slayd tuzilishini o'zgartirish va slaydlarga matn kiritish. Yangi taqdimotni yaratishda PowerPoint dasturining asosiy oynasidagi Gorizontal menyuning «Файл»-«Создать» (Fayl-Yaratish) buyruqlari ketma-ket bajariladi. Bu buyruqlar bajarilgandan so'ng oynada bir nechta shablonlar hosil bo'ladi. Bularning ichidan birorta shablonni tanlaganimizda quyidagicha oyna hosil bo'lib, bu shablonning 4 xil variantini taqdim etadi. Bu oynada quyidagi funksiyalarni bajaruvchi buyruqlar mavjud: : 1. «Общие» (Umumiy) - yangi taqdimot yaratish qolipi; 2. «Дизайны призентаций» (Taqdimot dizaynlari) turli taqdimotlarning tasvir ranglari va qoliplarini ko'rsatish, ya'ni rang turi, harflar ko'rinishi va taqdimotning boshqa atributlarini aniqlash uchun Power Pointning dizayn shablonini tanlash mumkin. 3.«Призентация» (Taqdimotlar) - bunda turli sohalarda ish olib borishga mo'ljallangan tayyor taqdimotlar ko'rinishlari keltirilgan. Web-страницы» (Web-sahifalar) ko'rinishidagi taqdimotlar Eslatma: yuqoridagi taqdimotlarni yaratish va ularning turlarini, dizaynlarini va sarlavhalarini tanlash sichqoncha orqali amalga oshirilib, ishga tushurish uchun OK tugmasi bosiladi. Taqdimotlarni saqlash. Yaratilgan taqdimotlar fayllarda saqlanadi. Saqlash uslubi WINDOWSning boshqa dasturlari kabidir. Taqdimotlarni saqlash quyidagi usulda bajariladi: Standart uskunalar panelidagi saqlash (piktogrammasi) tugmasi bosiladi yoki gorizontal menyudan «Файл»-«Сохранить» (Saqlash) buyruqlari beriladi. Slaydlar rejimida ishlash. Bu rejimda yangi slayd yaratish, uning belgisini o'zgartirish, slayd matnini terish, tahrir qilish, slaydlarni guruhlash, rang sxemasini o'zgartirish hamda maxsus fon yaratish mumkin. Yangi slayd yaratish uchun darchaning standart uskunalar panelidagi «Создать слайд» (Slayd yaratish) tugmasi bosiladi. - Slayd belgisi, turi, ko'rinishlarini o'zgartirish uchun standart uskunalar panelidagi «Разметка слайда» (Slaydni belgilash) tugmachasi bosiladi. - slaydlarni bezash ishlarini o'zgartirish uchun shu paneldagi «Применить оформление» (Jihozlash qo'llanilsin) tugmasi bosiladi. Slaydga matn kiritish va uni tahrir qilish 2 usulda amalga oshiriladi: 1) matn uchun ajratilgan maydonga sichqoncha ko'rsatkichi olib kelib bosiladi va kursor paydo bo'lgandan so'ng matn klaviatura orqali kiritiladi; 2) sichqoncha ko'rsatkichi «A» tugma (piktogramma)siga olib kelinib bosiladi va kerakli sohaga matn kiritiladi. Slaydlarni kichraytirish uchun matn bloki tanlanadi yoki ob'yekt va tanlash markeri chegaralari tanlanadi. O'zgartirish kiritish uchun sichqonchaning o'ng tugmachasi bosiladi. Ekranda yordamchi (konteksli) menyu hosil bo'ladi. Menyudan kerakli rejim tanlab olinadi. Slaydlarni belgilash. Slaydlarni belgilashni qo'llab rasm, diagramma, jadval yoki WINDOWSning ixtiyoriy ob'yektini qo'yishni mo'ljallab slayd tanlash mumkin. Buning uchun «Файл» menyusidan «Создать» (Yaratish) buyrug'i tanlanadi.Tavsiya qilinayotgan slaydlardan kerakli ko'rinishdagi slayd tanlanadi va «OK» tugmasi bosiladi. Matnni kiritish va tahrirlash. Siz «Мастер автосодержание» dan foydalangan va prezentatsiyadagi matnlarni kiritmagan bo'lsangizda, siz Master taklif kilgan matnni o'zgartirish, tahrirlash va ba'zi joylarini foydalanuvchi matni bilan almashtirishingiz mumkin. Bu ishni har bir slayd uchun alohida yoki struktura rejimiga o'tib, alohida slaydlar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 508.51 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 508.51 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga