Taqdimotlar tayyorlash amaliy dastur paketi - PowerPoint dasturi

Taqdimotlar tayyorlash amaliy dastur paketi - PowerPoint dasturi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Taqdimotlar tayyorlash amaliy dastur paketi - PowerPoint dasturi - rasmi

Material tavsifi

Taqdimotlar tayyorlash amaliy programma paketi power point dasturi Reja: Power Point dasturi haqida tushuncha Power Point dasturi yordamida amalga oshirilishi mumkin bo'lgan ishlar Power Point dasturi haqida tushuncha Xar qanday mutaxassis o'zining ish faoliyati davomida xamkasabalariga yoki boshqa mutaxassislarga o'zining qilayotgan ishi yoki faoliyati haqida, rejalari va takliflari haqida so'zlab berish uchun ma'ruza qilishiga to'g'ri keladi. Bunday paytlarda u ma'ruzani tez, yaxshi, sifatli, tushunarli va chiroyli qilib tayyorlashi zarur bo'ladi. Ushbu muammoni xal qilish uchun u qanday programmaviy ta'minot turlaridan foydalanishi mumkin? Matn muharriri uning barcha muammolarini xal qilib bera oladimi? Bir necha xil programmalardan foydanish va ularning natijalarini umumlashtirish tezda kerakli yechimga olib kelishi mumkinmi? Nega xa va nega yo'q javobini berganingizni asoslab bering. Power Point dasturi MICROSOFT OFFICE firmasining WINDOWS qobig'i yordamida yaratilgan bo'lib, dastur prezentatsiyalar bilan ishlash (tanishtirish, taqdimotlar qilish) uchun eng qulay dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali xilma-xil turdagi ko'rgazmali qurollarni yaratish mumkin va ayrim joylarda esa uni ma'lumotlar bazasi sifatida ham qo'llash mumkin. Ayrim xollarda esa bu dasturda multimedia vositalarni boshqarish va ularni qo'llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Bu yerda asosiy tushunchalar: slayd va prezentatsiyalar hisoblanadi. Slayd - malum bir o'lchamga ega bo'lgan muloqat varaqalari hisoblanadi. Ularda yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi. Prezentatsiya - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentatsiya 1-PowerPoint dasturi ochilganda, sarlavhalar qatori paydo bo'lib, unda yaratilayotgan yoki yaratilgan prezentatsiyaning ayni vaqtdagi nomi hosil bo'ladi. Bu nomni keyinchalik o'z hohishingizga ko'ra almashtirishingiz mumkin. Power Point dasturini ishga tushirish Bu dasturni ishga tushirishni WINDOWS ish stolidan boshlash zarur. Ish stolidagi quyidagi buyruqlarni bajarish orqali dastur ishga tushiriladi. «Pusk» - «Programmi» - «Microsoft Power Point» (1-rasm) Eslatma: Yuqoridagi buyruqlarni bajarish sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Power Point ishga tushgandan so'ng ish ko'rgazma yaratish muloqot darchasi va mavjud prezentatsiyalar bilan boshlanadi. Power Point ishga tushirilgan ekranda 2-rasmda ko'rsatilgan muloqot darchasini ko'rish mumkin. Power Point dasturi yordamida amalga oshirilishi mumkin bo'lgan ishlar Yuqoridagi muloqat darchasi orqali ko'rgazmalar yaratish turini tanlab olish mumkin bo'ladi. 2-rasmda quyidagi 4 ta asosiy bo'lim berilgan, ularning har biri haqida to'xtalib o'taylik. «Avtomundarija ustasi» («Master avtosoderjaniya») - ma'ruzachining ismi, familiyasi, mavzu nomi, ko'rgazma turi, uslubi, rangli chizmasi kiritilib, bir necha slayddan iborat bo'lgan tayyor ko'rgazmani olish mumkin. «Taqdim etish qoliplari» («Shablon prezentatsii») - ko'rgazmani jihozlash turini tanlash va ularda ish olib borish imkonini beradi. «Bo'sh prezentatsiya» («Pustuyu prezentatsiyu») - mustaqil ravishda ko'rgazma tuzish imkonini beradi. «Prezentatsiyalarni ochish» («Otkrit ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 813.5 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 813.5 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga