Taqsimlangan ma'lumotlar bazasi Asosiy tushunchalar ma'lumotlar bazasini hisoblash tizimlarida qo'llanilishi ma'lumotlarni qayta ishlashning eski usullarini almashishiga sabab bo'ldi. Yangi usulda har bir ilova uchun alohida ma'lumotlar to'plami aniqlangan va qo'llab - quvvatlangan. Eski usulda barcha ma'lumotlar markazlashgan holda aniqlangan va qo'llab quvvatlangan.so'nggi paytlarda taromq va ma'lumotlar almashishining texnologiyalari shiddat bilan rivojlanmoqda. Bu Internet tarmog'i, mobil va simsiz hisoblash vositalari, hamda intellektual qurilmalarni paydo bo'lishi bilan bog'liq. Taqsimlangan ma'lumotlar bazasining texnologiyasi ma'lumotlarni qayta ishlashning markazlashgan turidan teskarisi bo'lgan markazlashmagan turiga o'tishga zamin yaratmoqda. Taqsimlangan ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari texnologyalari ma'lumotlar bazasi sohasidagi eng katta yutuqlardan biri hisoblanadi. Taqsimlangan ma'lumotlar bazasi bilan bog'liq muammolarni tahlil qilishdan oldin taqsimlangan ma'lumotlar bazasi nima ekanligini aniqlab olish zarur. Taqsimlangan ma'lumotlar bazasi- bu o'zaro matiqan bog'langan va kompyuter tarmog'ida fizik jihatdan tarqoq joylashgan taqsimlangan ma'lumotlar to'plamidir. Bu ta'rifdan taqsimlangan MBBT ni ta'rifi kelib chiqadi. Taqsimlangan MBBT. Taqsimlangan ma'lumotlar bazasini boshqarish uchun mo'ljallangan va foydalanuvchilarga taqsimlangan ma'lumotlarga oson murojaat usulini ta'minlab beruvchi dasturiy kompleks. Taqsimlangan ma'lumotlar bazasi. ma'lumotlarni qayta ishlashning bu kesishuvchi va xatto takrolanuvchi ma'lumotlar saqlanadigan bir nechta serverlardan foydalanshni talab etadi. Bunday ma'lumotlar bazasi bilan ishlash uchun taqsimlangan ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (TMBBT) ishlatiladi. Taqsimlangan ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (Taqsimlangan MBBT) bir qancha fragmentlarga bo'lingan va mantiqiy jihatdan yagona bo'lgan ma'lumotlar bazasidan iborat. ma'lumotlar bazasining har bir fragmenti alohida MBBT boshqaruvchi ostida va o'zaro aloqa tarmog'i orqali bog'langan bitta yoki bir nechta kompyuterda saqlanadi. Tarmoqdagi har bir tugun foydalanuvchilarning lokal saqlanayotgan ma'lumotlarga bo'lgan so'rovlarini o'zi mustaqil qayta ishlash (yani, har bir uzue malum darajadagi avtonomlikka ega), hamda tarmoqning boshqa kompyuteridagi ma'lumotlarni qayta ishlash imkoniga ega. Foydalanuvchilar taqsimlangan ma'lumotlar bazasiga dastur yordamida murojaat etadi. Dasturlar boshqa tugundagi ma'lumotlarga murojaatnitalab etmaydigan (lokal dasturlar) va talab etadigan (globbal dastrlar) dasturlarga bo'linadi. Taqsimlangan MBBT da kamida bitta global dastur bo'lishi kerak, shuning uchun ixtiyoriy TMBBT quyidagi xarakteristkalarga ega bo'lishi kerak. mantiqan bo'lingan ma'lumotlar to'plami mavjud bo'lishi kerak. saqlanadigan ma'lumotlar bir qancha fragmentlarga bo'lingan. ma'lumotlar fragmentining replikatsiyasi mavjud bo'lishi mumkin. Fragmentlar va ularning nusxalari turli tugunlarga taqsimlanadi. tugunlar bir - biri bilan tarmoq orqali bog'lanadi. har bir tugundagi ma'lumotga murojaat MBBT boshqaruvi ostida amalga oshadi. MBBT har bir tugundagi lokal dasturlarni avtonom ishlashini qo'llab - quvvatlash imkoniga ega. har bir tugundagi MBBT kamida bitta global dasturni qo'llab-quvvatlaydi. Misol tariqasida 1-rasmdagi ko'rsatilgan taqsimlangan ma'lumotlar bazasi topologiyasidagi kabi tizimning har bir tugunida o'zining xzususiy lokal ma'lumotlar bazasi mavjud bo'lishi shart emas. 1-rasm. Taqsimlangan MBBT topologiyasi Taqsimlangan qayta ishlash Taqsimlangan MBBT bilan taqsimlangan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:18:00
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
265.59 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:18 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
265.59 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:31 ]
Arxiv ichida: doc