Reja: Tarixchilar uchun informatika Kompyuterli manbashunoslik Kliometrika Tarix ta'limida axborot texnologiyalari 5. Tarixiy informatika, Kliometrika, Tarixiy komryuting,Kvantitativ tarix Tarixiy informatika bilimlarning alohida sohasi sifatida global axborotlashtirish sharoitida vujudga keldi. Bu vaqtga kelib, iqtisodiyot, ijtimoiy tadqiqotlar, huquqshunoslik kabi bir qator ilmiy sohalarning informatika fani bilan bog'liq yo'nalishlari ajralib chiqdi.Tarixiy informatika terminining o'zi 1990 - yillardan boshlab, ikki ma'noda ishlatila boshladi:1) tarix fani va ta'limini axborotlashtirish qonuniyatlarini o'rganuvchi fan; 2) barcha turdagi tarixiy manbalarning electron versiyalarini yaratish uchun zarur bo'lgan nazariy va amaliy bilimlar majmuasi; XX asr oxirgi o'n yilligida uzluksiz mukammallashtirilishi natijasida personal kompyuter tarixchilar intellektual mehnati uchun effektiv qurolga aylandi.Bu vaqtgacha bir necha o'n yillar davomida kliometrik tadqiqotlar olib borilib, elektron arxiv va berilganlar bazalari yaratish tajribasi to'plandi, tarixiy tadqiqotlar uchun mo'ljallangan statistik programmalar yaratildi.Shunday qilib, tarixiy informatika tadqiqotlarda matematik usullarni qo'llash sohasi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, kliometrika yoki kvantitativ tarix nomini olgan. Zamonaviy tarixiy informatikaning rivojlanish yo'nalishlari: Tarixchilar uchun informatika axborotlarni tasvirlash, to'plash, qayta ishlash va uzatish usullarini tarixiy tadqiqotlar va tarix ta'limi tizimlariga moslashtiradi. Tarixchi uchun zamonaviy kompyuter Ilmiy ishlarni yozish, tahrirlash va chop etish uchun zarur qurol; Berilganlar bazasini yaratish vositasi; Bilimlarni visual taqdim etish vositasi, ya'ni diagramma, grafik, xarita, foto, kinofragment va boshqa ko'rinishlarda taqdim etish vositasi; O'quv jarayonini faollashtirish va individuallashtirish va bilimlarni nazorat qilishning yangi shakllarini qo'llash imkonini beruvchi vosita; Hamkasblar bilan muloqot va Internetdagi axborot resurslariga murojaat vositasi; Tarixiy manbalar bilan ishlashning turli -tuman usullari quroli; Tasvirli, matnli, xarita ko'rinishidagi tarixiy manbalarni qayta ishlashning yangi usullarini ishlab chiqishga imkon beruvchi zamonaviy skanerlar tarixchilar uchun qo'shimcha imkoniyat; Statistik dasturlar paketlari tarixchilar uchun foydalanishning yangi qulay imkoniyatlari bilan boyitildi. Ushbu imkoniyatlardan foydalanish tarixchi-mutaxassisdan o'ziga yarasha malarani talab etadi. Kompyuterli manbashunoslik - tarixiy informatikaning ushbu sohasi o'tgan asrning 1980-1990 yillaridh alohida yo'nalish sifatida ajralib chiqdi. Kompyutertli manbashunoslik kvantitativ tarix usullari yordamida amalga oshirilgan taqqiqotlarning bir qismi hisoblangan berilganlar bazalari va arxivlari masalalaridan kelib chiqqan. 1980- yillarida tarixiy manbalarning yirik electron baza va banklari yaratila boshladi.Ularning paydo bo'lishiga quyidagilar asos bo'ldi: Berilganlar bazalarini boshqarish tizimlarining mukammallashuvi; Tarixiy manbalar xususiyatlarini hisobga oluvchi maxsus dasturiy ta'minotlarning yaratilishi; Ulkan xajmli optik disklarning ishlab chiqwarilishi; O'tgan asrning 80-yillarida tarixchilar tomonidan ko'plab yirik beilaganlar bazalari yaratilgan bo'lib, ularga misol sifatida Podolsk shaxridagi Ulug' Vatan urushi qatnashchilari to'g'risida ma'lumotlarni o'zida saqlovchi berilganlar bazasini(Rossiya), Filadelfiya ijtimoiy tarixi loyihasini(AQSH),manbalarga yo'naltirilgan Bakunin loyihasini(Rossiya) keltirish mumkin. Kliometrika (tarixni o'lchash) termini mutaxassislar tomonidan ikki ma'noda ishlatiladi: Tarixiy kompyuting termini kliometrika terminiga sinonim bo'sada, ma'no jihatdan torroq hisoblanadi: Tarixiy ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:18:00
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
216.94 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:18 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
216.94 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:31 ]
Arxiv ichida: doc