IQTISODIYOTDA AXBOROT-KOMUNIKATSIYA texnologiyaLAR VA TIZIMLARI FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZU; Tarmoq tushinchasi va uning ahamiyati IQTISODIYOTDA AXBOROT-KOMUNIKATSIYA texnologiyaLAR VA TIZIMLARI FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZU; Tarmoq qurilmalari Bajardi: Nabieva Nargiza Tekshirdi: KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARNING AHAMIYATI Reja: 1. Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati 2. Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar 3. Manzil tushunchasi Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati. Kompyuterlar orasida ma'lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog'lash ehtiyoji paydo bo'ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog'lashda ikki xil usuldan foydalaniladi: Kabel yordamida bog'lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o'ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog'lanadi. Simsiz bog'lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya'ni radio to'lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog'lanadi. Bir-biri bilan bog'langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmog'ini tashkil etadi. Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma'lumot almashishni ta'minlaydigan aloqa kanallari bilan o'zaro bog'langan majmuasi. Kompyuterlararo ma'lumotlarni almashishni ta'minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan: Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni o'zaro bog'lagan tarmoq. Mintaqaviy tarmoqlar - mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarni va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikasiya kanallari orqali o'zaro bog'lagan tarmoqlar. Global tarmoqlar - o'ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikasiya (kabelli, simsiz, sun'iy yo'ldosh) aloqalari tarmog'i orqali bog'lagan yirik tarmoq. Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati vujudga keldi. Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma'lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan (ma'lumotlari, xotirasi) birgalikda foydalanish, hamda butun dunyo kompyuterlarini o'zida birlashtirgan Internet tarmog'iga bog'lanish mumkin. Savol va topshiriqlar ❓❓ Axborot muhitida tezlik tushunchasi nima ? 2. Axborotlarni qidirish tizimlaridan nimalarni bilasiz ? Mintaqaviy tarmoqlar haqida gapiring Axborot texnologiyalarining bugungi kundagi ahamiyati Foydalanilgan adabiyotlar 1. M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik. T.: TDYuI, 2004 y. 2. S.S.G'ulomov va boshqalar. Axbotor tizimlari va texnologiyalari. Darslik. Toshkent, Sharq, 200 y. 3. M.Mamarajabov, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi va Web-dizayn. Darslik. T.: Cho'lpon, 2013 y. 4. U.Yuldashev, M.Mamarajabov, S.Tursunov. Pedagogik Web-dizayn. O'quv qo'llanma. T.: Voris, 2013 y. 5. M.Aripov, M.Fayziyeva, S.Dottayev. Web texnologiyalar. O'quv qo'llanma. T.: Faylasuflar jamiyati, 2013 y. 6. B.Mo'minov. Informatika. O'quv qo'llanma. T.: Tafakkur-bo'stoni, 2014 y. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
618.91 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:32
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
618.91 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:32 ]
Arxiv ichida: pptx