Tarmoqlar haqida ma'lumot

Tarmoqlar haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Tarmoqlar haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

tarmoqlar haqida ma'lumot Reja tarmoqlarni tashkil etish ahamiyatlari. ma'lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirish. tarmoqlar tasnifi. tarmoqning dasturiy ta'minoti. hozirda kompyuterlarni qo'llashda kupgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta'riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmogi hisoblanmish Internet misolida yakkol ko'rish mumkin. Uzatish kanallari orqali o'zaro boglangan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmogi deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmogi resurslaridan jamoa bo'lib foydalanishni ta'minlaydi. Kompyuterlarning tarmoqka birlashishi kimmatbaho asbob-uskunalar - katta xajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma'lumotga ega bo'lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni kamrab olib, axborot tarkatish va kabul qilish jarayonini butunlay uzgartirib yubordi, xizmat ko'rsatishning eng keng tarkalgan tarmogi - elektron pochta orqali axborot almashuvini amalga oshirishdir. tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taksimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, kulay va ishonchli himoyalangan holda axborotdan jamoa bo'lib foydalanishni tashkil etish. Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o'rtasida ma'lumotlarni uzatishning kulay va ishonchli vositasini ta'minlash. Umumiy axborotlash davrida katta xajmdagi axborotlar lokal va global kompyuter tarmoqlarida saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchilar ishlashi uchun ma'lumotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi. Global tarmoqlarda yagona ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi. ma'lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirishda, umumiy ma'lumotlarni markazlashtirishda, ma'lumotlarni malum masofaga uzatishda va ularni taksimlab qayta ishlash borasida kupgina vazifalar mavjud. Bularga bir kancha misollar keltirish mumkin: bank va boshqa moliyaviy tuzilmalar; bozorning ahvolini aks ettiruvchi tijorat tizimi (talab-taklif); ijtimoiy ta'minot tizimi; solik xizmati; oralik masofadan turib kompyuter ta'limi; avia chiptalarni zaxira qilib kuyish tizimi; uzoqdan turib tibbiy tashxislash; saylov tizimi. ko'rsatilgan ushbu barcha qo'shimcha ma'lumotlar tuplanishi, saqlanishi va undan foydalana olish (kirish) noto'g'ri ma'lumotlar bo'lishidan va ruxsat berilmagan kirishdan himoyalangan bo'lish kerak. Ilmiy, xizmat, ta'lim, ijtimoiy va madaniy hayot sohasidan global tarmoq millionlab kishilar uchun yangi xil dam olish mashg'ulotini yaratdi. tarmoq kundalik ishni va turli sohadagi kishilarning dam olishini tashkil etish quroliga aylandi. tarmoqlar tasnifi. Kompyuter tarmoqlarini kupgina belgilar, xususan hududiy ta'minlanishi jihatidan tasniflash mumkin. Bunga ko'ra global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi. Global tarmoqlar butun dunyo bo'yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni kamrab oladi va kupincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi kompyuter va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yuldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi. mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo'lmagan mamlakat shaharlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. aloqa kanallari sifatida kupincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-100 km ni tashkil etadi. Kompyuterning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.56 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.56 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga