Reja: 1. Tarmoqning dastur ta'minoti 2. Novell net ware lokal hisoblash tarmog'i 3. Internet - global axborot tapmog'i 4. Internet tarmog'i to'g'risida umumiy ma'lumotlar 5. Kompyuterlarning tarmoqda muloqot bayonnomalari Firma rivojlanishining aniq bir bosqichida yaratilgan lokal hisoblash tarmog'i vaqt o'tishi bilan barcha foydalanuvchilarning talablarini qondira olmaydi va uning funkcional imkniyatlarini va u qamrab olgan hududni kengaytirish talabi paydo bo'ladi. Firmani еng turli bo'limlarida va filiallarida turli vaqtlarda paydo bo'lgan turli xil LXT larini firma ichida birlashtirish zarurati paydo bo'lishi mumkin. Bunday birlashtirish hech bo'lmaganda boshqa tizimlar bilan qiymatlar almashishni tashqil еtish uchun ba'zida kerakdir. Kerakli ma'lumot resurslariga chiqishga bo'lgan intilish LЕDG ni yuqog'iroq darajadagi tarmoqlarga ulashni talab еtishi mumkin. Tarmoqdarni bir-biri bilan o'zaro ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatida takrorlagichlar, ko'priklar, marshrutlovchi va shlyuzlar ishlatiladi. Takrorlagichlar (repitor) еlektr signallarni kuchaytiruvchi va signalni uzoq masofaga uzatishda uning shaklini va amplitudasini saqlashni ta'minlaydigan qurilmadir. Takrorlagichlar ochiq tizimlarning o'zaro harakat modelining kanalli darajalari bayonnomalari bilan tavsiflanadi, faqat OSI fizik darajadagi (kanalli va undan yuqori darajalardagi bir xil boshqarish bayonnomalari bilan) bayonnomalar bilan farq qiluvchi tarmoqlarni birlashtirishi mumkin va faqat qiymatlar paketlarini qayta tashqil еtishni bajarib, bu bilan o'z navbatida ulanadigan tarmoqlarni еlektr mustaqilligini va signallarni holaqitlarning ta'siridan himoya qilishni ta'minlaydi. Kuchaytirgichlarni ishlatish tarmoqning bir nechta segmentlarini umumiy qismga birlashtirib, bitta tarmoqning uzunligini kengaytirish imkonini beradi. Kuchaytirgichni o'rnatishda aloqa liniyasida fizik uzulish sodir bo'ladi, bunda signal bir tomondan qabul qilinadi, qayta tashqil еtiladi va aloqa liniyasining boshqa qismiga yo'naltiriladi. Ko'priklar (bridge) OSI tarmoqdi daraja bayonnomalari bilan tasbirlanadi, oluvchilarning adreslariga mos ravishda ma'lumotli paketlarni filtrlashni bajarib, tarmoqdi va undan yuqori darajalarda ma'lumotlarni uzatishning bir xil bayonnomalarini ishlatuvchi tarmoqdar o'rtasidagi trafikni (qiymatlarni uzatishni) rostlaydi. Ko'prik turli topologiyali, lekin bir tipli tarmoqli operacion tizimlar boshqaruvi ostida ishlaydigan tarmoqlarni birlashtirishi mumkin. Ko'priklar lokal va uzoqlashgan bo'lishi mumkin. Lokal ko'priklar mavjud bo'lgan tizim doirasida cheklangan hududda joylashgan tarmoqdarni birlashtiradi. Uzoqlashgan ko'priklar hudud jihatdan tarqalgan tarmoqdarni, tashqi aloqa kanallarini va modemlarini ishlatib birlashtiradi. Marshrutlovchilar (router) OSI bayonnomalarini transportli darajasida tavsiflanadi va punktlari funkciyalarini bajaradi va mantiqiy bog'lanmagan tarmoqdarning (OSI ning seansli va undan yuqori darajalarida bir xil bayonnomalarga еga bo'lgan) ulanishini ta'minlaydi; ular axborotni tahlil qiladi, uning keyingi еng yaxshi yo'lini aniqdaydi, uni boshqa tarmoqda moslashtirish va uzatish uchun ba'zi bir bayonnomali o'zgartirishdarni bajaradi, kerakli mantiqiy kanal yaratadi va vazifasi bo'yicha axborotni uzatadi. Marshrutlovchilar servisning etarlicha murakkab darajasini ta'minlaydi: ular, masalan, tarmoqni turli xil murojaat qilish usullari bilan ulashlari mumkin, axborotlar juda yuklangan liniyalarni chetlab o'tib aloqa liniyasidagi yuklamalarni qayta taqsimlashlari ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.59 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.59 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:32 ]
Arxiv ichida: doc