Toshkent viloyati Quyi Chirchiq Xizmat ko'rsatish va servis kasb-hunar kolleji. Mavzu:Tarmoqlarda ma'lumotlarning xavsizligi belgilari va ularni himoya qilish. Bajardi: 3-04 guruh o'quvchisi: Muxtorov Zuhriddin BITIRUV MALAKAVIY ISHI TAQDIMOTI Reja: 1) Tarmoqda ma'lumotlarning himoyalanganligi Kriptografiya tushunchasi 2) Tarmoqdagi ma'lumotlarning xavfsizligi 3) Virusga qarshi himoya vositalar 4) Antivirus dastur Tarmoqda ma'lumotlarni himoyalaganligi Axborot himoyasi muammolari insoniyatni qadim-qadim zamonlardan beri qiziqtirib keladi. Axborotni himoyalash zarurati ham harbiy, ham diplomatik ma'lumotlarni sirli ravishda uzatish talabidan kelib chiqdi. Masalan, antik davrdagi spartaliklar o'z xabarlarini shifrlaganlari ma'lum. Xitoyliklarda esa ma'lumotlarni ierogliflar yordamida oddiy yozib olishning o'zi yo'q ularni o'zga yurtliklar uchun sirli qilar edi. Sirli (maxfiy) aloqaning butun sohalarini belgilash uchun «kriptologiya» (yunoncha «cryptos» va «logos» o'zaklaridan hosil bo'lgan) atamasi qo'llanadi. Kriptologiya ikkita yo'nalishga bo'linadi: kriptografiya va kriptotahlil. Kriptologiya ikkita yo'nalishga bo'linadi: kriptografiya va kriptotahlil. Kriptografning vazifasi uzatilayotgan xabarlarning konfidentsialligi (maxfiyligi) va autentligi (asliyligi)ni ta'minlashdan iborat. Kriptotahlilchining vazifasi esa kriptograflar ishlab chiqqan himoya tizimini «buzish»dan iborat. U shifrlangan matnni ochishga yoki qalbaki ma'lumotni asliy deb ko'rsatishga urinadi. Dastlabki aloqa kanallari g'oyat sodda bo'lgan. Ularni tashkil etishda ishonchli choparlardan foydalanilgan. Bunday aloqa tizimlarining xavfsizligi choparlarning sodiqligi hamda ularning ma'lumot ochilib qolishi mumkin bo'lgan holatlarga tushib qolmaslik qobiliyatiga bog'liq bo'lgan. Zamonaviy kompyuter tizimlarining yaratilishi va global kompyuter tamoqlarining paydo bo'lishi axborot himoyasi muammosining mazmuni va ko'lamini butunlay o'zgartirib yubordi. KRIPTOGRAFIYA . Keng ko'lamda kompyuterlashtirilgan va axborotlashtirilgan bizning jamiyatimizda real qimmatliklarga ega bo'lish, ularni boshqarish, qimmatliklarni uzatish yoki ularga kirib borish ko'p hollarda moddiylashmagan axborot bilan, ya'ni mavjudligi biron-bir jismoniy tashuvchiga yozilgan bo'lishi shart bo'lmagan axborot bilan bog'liq. Ba'zida jismoniy va yuridik shaxslarning katta ahamiyatga ega bo'lgan yoki konfidentsial (maxfiy) axborotdan foydalanish, uni modifikatsiya qilish, undan nusxa ko'chirishga bo'lgan vakolatlari ham aynan shunday belgilanadi. Shuning uchun axborot konfidentsialligi va butligini ta'minlash bilan bog'liq barcha zarur funksiyalarni ishga solish uchun samarali vositalarni yaratish va qo'llash g'oyat katta ahamiyat kasb etadi. Axborot g'oyat qimmatli yoki juda muhim bo'lishi mumkin ekan, demak bunday axborotni saqlayotgan, unga ishlov berayotgan yoki uni uzatayotgan kompyuter tizimlariga nisbatan turlicha badniyatli xatti-harakatlar sodir qilinishi mumkin. Masalan, buzg'unchi o'zini boshqa bir tizim foydalanuvchisi o'rnida ko'rsatishi, aloqa kanalini bildirmay eshitib olishi yoki tizim foydalanuvchilari o'zaro almashinayotgan axborotni tutib olishi va o'zgartirib qo'yishi mumkin. Haqiqatda o'zi tomonidan shakllantirilgan axborotdan tonayotgan yoki bo'lmasa haqiqatda yuborilmagan axborotni oldim, deb ta'kidlab turgan tizim foydalanuvchisining o'zi ham buzg'unchi bo'lishi mumkin. Bunday xatti-harakatlarni u o'ziga faqat qisman kirish huquqi berilgan axborotga kirish uchun o'z vakolatlarini kengaytirish maqsadida amalga oshirishi yoki boshqa foydalanuvchilar huquqlarini ruxsat berilmagan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
450.1 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:32
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
450.1 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:32 ]
Arxiv ichida: ppt