Tarmoqlarning ishonchliligini hisoblash usullari

Tarmoqlarning ishonchliligini hisoblash usullari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Tarmoqlarning ishonchliligini hisoblash usullari - rasmi

Material tavsifi

Tarmoqlarning ishonchliligini hisoblash usullari Aloqa tarmoqlarining tuzilmaviy ishonchliligi Biror bir obyekt (tizim, inshoat, qurilma)ning ishonchliligi deb malum ekspluatatsiya sharoitlarida malum vazifani bajarish qobiliyatiga aytiladi. obyektni meriy-texnik hujjatlashtirishda, asosiy parametr-larini saqlagan holda berilgan funksiyalarini bajara olish qobiliyati - ishga yaroqliligi deyiladi, obyekt ko'rsatilgan talablarni qoniqtira olish qobiliyati uning-sozligi deyiladi. obyektning ishga yaroqlilik qobiliyati-ning buzilishi - rad etish deyiladi. Ekspluatatsiya shartlari va bajarila-digan funksiyalariga qarab ishonchlilikka bog'liq bo'lgan bir qator obyekt-ning xususiyatlarini ajratish mumkin: a) rad etishsizlik - ishga yaroqlilik holatini uzluksiz saqlash xususi-yati; b) uzoq davriylik - ishga yaroqlilikni malum holatgacha saqlash; v) tamirga yaroqlilik - texnik xizmat va ta'mirlash ishlarini amalga oshirish imkoniyati; g) qayta tiklanuvchanlik- rad etishdan so'ng ishga yaroqlilik holatini qayta tiklanish xususiyati; d) xizmat muddati. Muhim ko'rsatkichlardan biri sifatida tayyorgarlik koeffitsiyenti hisoblanadi. Bu obyektni ekspluatatsiya jarayoni o'rnatilgan holda vaqtning ihtiyoriy onida ishga yaroqlilik holatida bo'lishi tushiniladi. Aloqa tarmog'i uchun butun ko'p funksional tizimlar sifatida, holatlar bo'yicha turli bo'lgan elementlardan tuzilgan tizim tushiniladi. Apparatli yo'nalish deganda apparatura alohida qurilmalar va ularning elementlari, shuningdek kanallar va liniyaviy traktlar, yani tarmoq tuguni va qirralariga kiruvchi alohida elementlar ishonchligi muammosi tushiniladi. Tarmoqning ko'p funksionalligini etiborga olib, chunki unda N tugunlar mavjud bo'lganda N (N-1) aloqalar tashkil etilishi, turli hildagi (telefon, tovushli yoki televizion eshittirish va hokazo) axborotni uzatish-ni tashkil etish zarur bo'lganda, tarmoqni rad etishligi tushunchasini aniqlash, yani tarmoq umuman olganda amalda o'z funksiyalarini bajara olmasligini aniqlashimiz zarur. Bazida tarmoqning rad etishligi deganda, yani bog'lanishning yo'qotilishi tushiniladi, biroq bu ko'rsatkich bazi xususiy hollarda qo'lla-nilishi mumkin, chunki u ayrim bog'lanishlarning muhimligini hisobga olmaydi. Boshqa hollarda berilgan juft tugunlar uchun tarmoqdagi yo'llar yoki bog'lanishlarning tayyorlik koeffitsiyenti kattaligining o'rtacha qiymati-ni xarakterlaydigan tarmoqning ishonchliligini tushunishadi. Tarmoqning ishonchliligini tarmoq qirralari (liniyalar, kanallar) ishonchliligi ro'yxati yoki matritsa, vektor yoki tarmoqning bir juft punktlari uchun - eng qisqa yoki mumkin bo'lgan yo'llar (bog'lanishlarning real ishonchliligi) yoki barcha imkon bo'lgan yo'llarning (potentsial ishonchlilik) ishonchlilik ko'rsatkichlari bilan ham xarakterlash mumkin. Va nihoyat, tarmoq ishonchliligini qirralar, kanallar va bog'lanishlarning umumiy uzunligi yoki yo'llari yoki bog'lanishlaridan, qirralarning umumiy sonidan malum bir qismi saqlanib qolish ehtimolligi funksiyalari (grafiklari) bilan xarakterlanishi mumkin. Ishonchlilik tushunchasini umuman butunlay tarmoqqa emas, balki yo'llar yoki berilgan juft punktlar o'rtasidagi yo'llar majmuasiga (tugun-lar) qaratish mumkin, yani qirralar va tugunlarning ishonchlilik ko'rsatkichlari malum deb hisoblab, shu punktlar o'rtasidagi bog'lanish-larning ishonchliligini ko'rib chiqamiz. Ishonchlilikka talablar bu manoda turlicha bo'lishi mumkin: ko'rilayotgan punktlarning muhimligiga, ular o'rtasidagi masofaga, ularning o'zaro bog'liqligiga hamda bog'lanishning turi va vazifasiga bog'liq bo'lishi mumkin. Shu takidlash lozimki, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.26 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.26 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga