Tarmoqli modellar va ularning xususiyati

Tarmoqli modellar va ularning xususiyati

O'quvchilarga / Informatika va AT
Tarmoqli modellar va ularning xususiyati - rasmi

Material tavsifi

Tarmoqli modellar va ularning xususiyati Ma'lumotlarning ierarxik va tarmoq modellari Mashina muhitidagi ma'lumotlarning murakkabroq modellari - tarmoqli va ierarxik modellar bo'lib hisoblanadi. Bu modellar ularning o'zlariga xos turdagi ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimida ishlatiladi. MBBTda ma'lumotlarni mantiqiy tashkil etish usuli ma'lumotlarning tarmokli yoki ierarxik modeliga mos holda ko'rsatiladi. Bunday model o'zaro bog'liq ob'ektlarning majmuidir. Ikki ob'ektning aloqasi ularning bir-biriga tobeligini aks ettiradi. Tarmokli yoki ierarxik modelida ob'ekt bo'lib, MBBT kiritilgan ma'lumotlar tuzilmasining asosiy turlari hisoblanadi. Turli MBBTlarda bu turdagi ma'lumotlarning tuzilmasi turlicha aniqlanishi va nomlanishi mumkin. Modellarda ma'lumotlarning tuzilmalari. Ma'lumotlarning namunaviy tuzilmalariga quyidagilar kiradi: ma'lumotlarning elementi, ma'lumotlarning agregati, yozuv, ma'lumotlar bazasi va h.k. Bu elementlar va agregatlai o'zaro aloqada bo'lgan tuzilma bilan tavsiflanadi. SHuning uchun yozuvning tuzilmasi ierarxik xarakterga ega bo'lishi mumkin. Bir xil tuzilmaga ega bo'lgan yozuv nusxalari to'plamining hammasi yozuv turini tashkil etadi. Turli predmet sohalari uchun ma'lumotlarning tarmokli modeli ierarxik modeliga nisbatan mashinaning ish muhitida axborot tuzilmalarini aks ettiruvchi umumiy vosita hisoblanadi. Ko'plab predmet sohalarining maьlumotlari o'rtasidagi aloqalar tarmoqli ko'rinishga ega. Bu esa ma'lumotlarning ierarxik modeliga ega bo'lgan MBBTdan foydalanishni cheklab qo'yadi. Tarmoqli modellar, ma'lumotlarning ierarxik aloqasini ham aks ettirishga imkon beradi. Bundan tashqari, tarmoqli modellar bilan ishlash texnologiyasi foydalanuvchi uchun qulaydir, chunki ma'lumotlarga kirishni amalga oshirishda hech qanday cheklashlar yo'q va bevosita ixtiyoriy pog'onadagi ob'ektlarga kirish imkoni mavjud. Ierarxik ma'lumotlar bazasida - ma'lumotlar ierarxiya (daraxt) ko'rnishida saqlanadi. Uning ko'rinishini quyidagicha tasvirlash mumkin. Ma'lumotlarning elementi - bu ma'lumotlar tuzilmasining nomlangan minimal birligi (faylli tizimlardagi maydonning o'xshashi). Ma'lumotlar agregati - bu ma'lumotlar elementlarning quyi to'plami yoki yozuvlar ichidagi boshqa agregatlarning nomlangan quyi to'plami. YOzuv - umumiy holda agregat bo'lib, u boshqa agregatlarning tarkibiga kirmaydigan tarkibli agregatdan iborat. Ob'ektlarning modellardagi aloqasi. Ma'lumotlar modeli bir necha turidagi yozuvlarni (obьektlarni) o'z ichiga olishi mumkin. Ma'lumot modeli ob'ektlar o'rtasida aloqalar o'rnatadi. Qandaydir bir predmet sohasi uchun modelning o'zaro bog'langan muayyan ob'ektlar to'plami ma'lumotlar bazasini tashkil qiladi. Ikki turdagi yozuvlarning (model ob'ektlari) o'rtasidagi aloqalar, ularning nusxalari o'rtasidagi guruh munosabatlari bilan aniqlanadi. Guruh munosabati - bu ikki turdagi yozuvlar o'rtasidagi kat'iy ierarxik munosabat bo'lib, ular asosiy yozuvlar to'plami va tobe yozuvlar to'plamidan iboratdir. Ierarxik modellarda kalit bo'yicha bevosita kirish odatda, faqat boshqa ob'ektlarga tobe bo'lmagan eng yuqori pog'onadagi ob'ektgagina mumkin. Boshqa ob'ektlarga kirish modelning eng yuqori pog'onasidagi ob'ektdan aloqalar bo'yicha amalga oshiriladi. Tarmoqli modellarda esa kalit bo'yicha bevosita ixtiyoriy ob'ektga kirish (uning modelda joylashgan pog'onasidan qa'tiy nazar) ta'minlanishi mumkin SHuningdek, aloqalar bo'yicha har qanday nuktadan kirish ham mumkin. Tarmokli modellarda ob'ekt (yozuv, fayl)ning tuzilmasi ko'pincha ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 977.25 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:32 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 977.25 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga