Reja: Tarmoqning asosiy xizmatlari Internet ulanish usullari Internet avvalambor uning foydalanuvchilariga informatsion xizmat ko'rsatish uchun yaratilgandir. Internet xizmat turlari nihoyatda ko'p va xilma-xil bo'lib, ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: -ww- elektron sahifa xizmati: E-mail- elektron pochta xizmati; Usenet- telekonferentsiya; FTR - fayllarni uzatish ; DNS- domen nomlari xizmati; Telnet xizmati; IRC- xizmati yoki Chat konferentsiya; Ma'lumotlarni izlash xizmati. World Wide Web (jahon axborot tarmog'i) ww- Internetning eng ommalashgan axborot xizmatlaridan biri sanaladi. ww xizmatining asosiy tushunchalari: Html-formati; «Gipermatn bog'lanish; Http Gipermatn uzatish protokoli; Web hujjatlar; Web uzel va saytlar; Web sahifalarning aktiv imkoniyatlari. Html formati tushunchasi Kompyuterda formatlashtirilgan elektron hujjat matn (taxrirlagichlar) muharrirlar Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint hakozalar yordamida yaratiladi. Ammo biz ushbu elektron hujjatni internet yordamida e'lon qila olmaymiz. Sababi, uni o'qimoqchi bo'lgan boshqa bir internet mijozining kompyuterida biz foydalangan matn taxrirlagich programmasi yoki shriftlar o'rnatilmagan bo'lishi mumkin. SHunng uchun ham, kompyuterda foydalaniladigan matn tahrirlagichlar va ularning formatlash usullaridan internetda foydalanib bo'lmaydi. Bunday noqulayliklarni oldini olish maqsadida yangi Html (Hypertext Mark-up Language)- Gipermatnlarni belgilash tili pratokoli, standarti yarataldi. Bu standart bir qancha maxsus operatorlar majmuasidan iborat bo'lgan Html programmalashtirish tili bo'lib, uning yordamida elektron hujjatlarni internetda bevosita e'lon qilish mumkin. Html formatda tayyorlangan elektron hujjat Html hujjat, Web hujjati yoki Web sahifa deb atash mumkin. Bitta muallif yoki ww ga tegishli bo'lgan bir guruh o'zaro «giperbog'lanishlar bilan aloqador bo'lgan Web sahifalar majmuasi Web uzel (tugun) yoki satr deb ataladi. Html Ginermatn uzatish protokoli Http (Hypertext Transfer Protocol) - Gipermatnlarni uzatish protokoli - tarmoq protokollari ichida eng sodda va qulay hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi Giperbog'lanish dan hosil bo'lgan URL - adresli elektron hujjatlarni o'qishga oid so'rov (zaproc) ni serverga jo'natish va so'ralayotgan hujjat olib bo'lingandan so'ng server bilan aloqani uzishdan iborat. Elektron pochta (E-mail). Elektron pochta (E-mail - Electronic mail) oddiy pochta vazifasini bajaradi. U bir manzildan ikkinchisiga ma'lumotlarni junatilishini ta'minlaydi. Uning eng asosiy afzalligi vaqtga bog'liq emasligidir. Elektron xatlar jo'natilgan zaxotiyoq manzilga boradi va egasi olguncha qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Elektron xatlar bir vaqtning o'zida bir necha adreslar bo'yicha jo'natilishi mumkin: MS DOS dan foydalanuvchilar uchun btm programmasi kengroq tarqalgan. Unix- tizimlar uchun elm programmasi kengroq tarqalgan. Windows operatsion tizimida edektron pochta bilan ishlashni Microsoft Outlook Expess ilovasi ta'minlaydi. Internet bir-biriga bog'langan kompyuterlar yagona tarmog'idir. Internetga bog'lanishning bir necha usuli mavjud. Bog'lanish turlari o'zaro imkoniyatlari va ma'lumotlarni uzatish tezligi bilan farqlanadi. Sifat va tezlik oshishi bilan narx ko'tariladi. To'g'ridan-to'g'ri kirish (ajratilgan liniya bo'yicha); SLIP va RR ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.3 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.3 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:32 ]
Arxiv ichida: doc